So’nggi yangiliklar

12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  1 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  1 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  9 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  24 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  4 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0

Superliga. 2 ta chetlatish, gol urilmagan penalti - "Metallurg" "Buxoro" bilan murosa ko'chasini tanladi Yangiliklar

Superliga. 2 ta chetlatish, gol urilmagan penalti - "Metallurg" "Buxoro" bilan murosa ko'chasini tanladi

Coca Cola Superligasi 22-turi doirasidagi "Metallurg" – "Buxoro" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superligasi

22-tur

20 oktyabr, juma

METALLURG – BUXORO 0:0 

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 16:30

Gol urilmagan penalti: Zabihillo O'rinboev 49' (darvozabon)

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Maruf Tilloev

VAR hakami: Akobirxo'ja SHukurullaev

AVAR: Husan Xudoyberdiev 

Nazoratchi: Timur Abdullaev

Komissar: SHerzod Rajabov

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov, 3.Danial Mahini, 4.Kerim Palich, 8.Iskandar SHaykulov, 9.Zabihillo O'rinboev (s), 14.Abrorbek Toshqo'ziev (19.Ergash Ismoilov, 83), 15.Sardor Abduraimov (7.Husniddin G'ofurov, 71), 17.Rizo Yazdando'st, 22.SHahzodbek G'ofurbekov (20.Daler SHaripov, 86), 77.SHahzod Ubaydullaev (23.Behruz SHodmonov, 86), 97.Muhammadali Aliqulov.

Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 11.Damir Temirov, 21.Muhammadaziz Ibrohimov, 70.Alisher Xayrullaev.

"Buxoro": 50.Luka Kukich, 2.Izzatillo Po'latov, 5.Dilshod Jo'raev (s) (88.Vsevolod Nixaev, 68), 10.Humoyunmirzo Iminov (9.Jasur Xolto'raev, 46), 15.Diyorbek Ortiqboev, 22.Mahmud Jo'raboev, 70.Aleksandar Stanisavlevich (8.Asliddin Tursunpo'latov, 60), 77.Asilbek Qayumov (7.Muhammadjon Rahimov, 46)80.Farruhjon Ibrohimov, 91.Asiljon Begimqulov, 94.Frane Ikich.

Zaxira: 20.Sardor Qobuljonov, 4.Mirjalol Jumaev, 6.Behzod Kamolov, 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 29.CHingizxon Qoirov.

OgohlantirishlarSHahzod Ubaydullaev (45+3), Muhammadjon Rahimov (47), Asiljon Begimqulov (70), Husniddin G'ofurov (90+1), Vsevolod Nixaev (90+3).

CHetlatishlar: Iskandar SHaykulov (18), Mahmud Jo'raboev (39).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. Bu gal Nixaev qo'polligi uchun ogohlantirildi. 

90+1. Husniddin G'ofurov qoida buzgani uchun sariq kartochka oldi. 

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

86. "Metallurg"da 2 ta o'zgarish: Ubaydulalev o'rniga SHodmonov, G'ofurbekov o'rniga SHaripov tushdi. 

83. "Metallurg"da almashtirish: Toshqo'ziev o'rniga Ismoilov bahsni davom ettiradi. 

81. Zarbaaa! Zabihillo O'rinboevning to'xtatmasdan, havolatib bergan zarbasi sal noaniq ketdi. 

78. Uuux! Jasur Xolto'raev qulay vaziyatga ega bo'ldi, ammo uning zarbasi yo'liga Rizo Yazdando'st g'ov bo'ldi.

77. Jasur Xolto'raev hujum vaqtida fol ishlatdi, u Rizo Yazdando'stni yiqitishga majbur bo'ldi. 

74. Muhammadali Aliqulovning kuchli zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi, hatto to'p maydonda qoldi, uni Kukich ilib oldi.

71. "Metallurg"da o'zgarish: Abduraimov o'rniga G'ofurov maydonga tushdi.

70. Asiljon Begimqulov "Metallurg"ning potencial hujumini buzib qo'ygani uchun ogohlantirildi. 

68. "Buxoro"da almashtirish: Jo'raev o'rniga Nixaev tushirildi. 

66. "Metallurg" tinimsiz hujum uyushtirmoqda, biroq bundan hali samara chiqqani yo'q. 

60. "Buxoro"da almashtirish: Stanisavlevich o'rniga Tursunpo'latov o'yinga qo'shildi.

59. Jamoalar navbatma-navbat hujum qilishmoqda, ammo hozircha yakuniy nuqta yo'q.  

55. Uuuux! Zabihillo O'rinboev bir himoyachini, so'ng darvozabonni ham aldadi, ammo o'tkir burchakdan to'pni darvozaga kirita olmadi.

54. Zarba! Abror Toshqo'zievning chap oyoqda yo'llagan zarbasidan keyin to'p rikoshet orqali darvozabonning qo'llariga borib tushdi. 

53. SHahzod Ubaydullaevni qo'pollik evaziga to'xtatib qolgan Frane Ikich ogohlantirildi. 

51. Uuux! SHahzod Ubaydullaev birga-bir holatga chiqib borib, darvozani aniq nishonga ololmadi, unga himoyachilar xalaqit qilib qolishdi. 

49. Zabihillo O'riboevning penaltidan tepgan zarbasini Luka Kukich qaytardi! 

48. Penalti! Aliqulovning pasidan keyin to'p Farruhjon Ibrohimovning qo'liga tegib ketdi. 

47. Rahimov G'ofurbekovga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi!

46. "Buxoro"da 2 ta o'zgarish: Iminov o'riga Xolto'raev, Qayumov o'rniga Rahimov maydonga tushdi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilmadi – 0:0. Tanaffus! 

45+3. SHahzod Ubaydullaev Asiljon Begimqulovga nisbatan qo'pollik ishlatgani bois ogohlantirildi. 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi. 

42. Izzatillo Po'latov hujum chog'ida Rizo Yazdando'stgi nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

39. Mahmud Jo'raboev maydondan chetlatildi! U akrobatik usulda zarba bermoqchi bo'lib, Danial Mahinining yuziga tepib yubordi. Endi jamoalar 10 kishidan bo'lib qolishdi. 

36. Mahmud Jo'raboev Sardor Abduraimovga nisbatan qoidani buzdi.

33. Zarbaaa! Humoyunmirzo Iminovning chamasi 13 metrdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

32. Aleksandar Stanisavlevichning chap qanotdan oshirgan to'pi himoyachilarga tegib, maydondan chiqib ketdi, burchak zarbasi. 

26. Asiljon Begimqulovga nisbatan qoida buzildi – belgilangan jarima to'pi ichkariga oshirildi, Farruhjon Ibrohimov bosh bilan noaniq zarbaga mualliflik qildi. 

23. "Buxoro" hujumni kuchaytirishdi, ammo ish zarbaga qadar etib bormayapti.

20. Izzatillo Po'latovga tibbiy yordam ko'rsatildi va u bilan hammasi joyida. Buyog'iga bekobodliklar bir kishi kam o'ynashadi. 

18. Iskandar SHaykulov Izzatillo Po'latovga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va qizil kartochka oldi. 

17. Abrorbek Toshqo'ziev jamoasini oldinga boshlamoqchi bo'ldi, ammo uning himoyadan turib oshirgan pasidan so'ng to'p Izzatillo Po'latovga tegib, maydonni tark etdi. 

14. Buxoroliklardan "zarbalar yomg'iri" – har bir zarba himoyachilarga tegib qaytdi. Yakunda Asiljon Begimqulov darvozani poylashda adashdi. 

12. Zarba! SHahzod Ubaydullaevning erlatib bergan zarbasiga aniqlik etishmadi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.  

11. Zarbaaa! Mahmud Jo'raboev o'ng qanotda faollik ko'rsatib, Akmal Ortiqovning mahoratini sinovdan o'tkazib ko'rmoqchi bo'ldi, erdan kelgan to'p bekobodliklar posboniga qiyinchilik tug'dirmadi. 

6. "Buxoro" bugun ikkinchi raqamli jamoa sifatida harakat qilmoqda. 

3. Ubaydullaevning uzatmasidan so'ng Zabihillo O'rinboev himoyachilar qurshovida deyarli birga-bir holatga chiqib bordi va zarba berdi, Luka Kukich o'z o'rnida! 

2. Abror Toshqo'zievning xatosidan keyin "Buxoro" vakili Mahmud Jo'raboev raqibni ayagan holda kuchsiz zarba yo'lladi. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

- Uchrashuv 16:30 da boshlanadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика