Superliga. "Mashal" "Bunyodkor" mehmoni, Jizzaxda Baqoev - Qosimov to'qnashuvi va Hasan Ro'ziev sobiq klubiga qarshi
07 mar 2020 09:06
Yangiliklar


Superliga. "Mashal" "Bunyodkor" mehmoni, Jizzaxda Baqoev - Qosimov to'qnashuvi va Hasan Ro'ziev sobiq klubiga qarshi
“Bunyodkor” - “Mashal”
7 mart 2020 yil. Toshkent. "Jar" stadioni. 16:00
Hakamlar: Akobirxo'ja SHukurullaev, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Sultonmurod Ulfatov, Ibrohim Ismoilov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Ramil Ilyasov
Dastlabki turda 3 ochko qo'lga kiritgan jamoalar o'rtasidagi to'qnashuv. Vadim Abramov boshchiligidagi "qaldirg'ochlar" 2019 yil Termizda faqat bir marta mag'lub bo'lgan "Surxon"ni safarda 3:1 hisobida mag'lub etib qaytishgan bo'lsa, Superliga debyutanti "Mashal" o'z muxlislari qarshisida o'tgan mavsum 4-o'rinni egallagan Jizzaxning "So'g'diyona" klubini 3:0 hisobida taslim qildi. "Bunyodkor" tarkibida Nurillo To'xtasinov, Humoyun Murtozaev va Farruh Ikromov gol urishdi. "Gazchilar" safida Mo'min Meliev, Nikita Pavlenko va Najmiddin Normurodov to'p kiritishdi.
"Bunyodkor" va "Mashal" klublari O'zbekiston chempionatida bugunga qadar 20 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Natijalar "qaldirg'ochlar"ning kattagina ustunligini ko'rsatmoqda. 16ta bahsda Toshkent klubi 3 ochko sohibi bo'lgan. Ikkita uchrashuvda durang kuzatilgan va yana ikkita bahsda "Mashal" ushbu raqibni taslim qilgan. "Bunyodkor" o'zaro o'yinlarda 41ta gol urgan va 6ta gol o'tkazib yuborgan.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi oxirgi o'zaro bahs 2017 yilgi mavsumda kuzatilgan. O'shanda Muborakda "Mashal" 1:0 hisobida zafar quchgan bo'lsa, Toshkentda "Bunyodkor" yirik 4:0 hisobida muvaffaqiyatga erishgan.
Toshkentdagi 10ta uchrashuvda "Mashal" faqat bir marta durang o'ynagan (2016 yil) va 9 bor mag'lub bo'lgan. Bu o'yinlarda Muborak klubi atigi 1 marta "Bunyodkor" darvozasini ishg'ol qilgan (2014 yil).
Bunyodkor ZHasur ZHaloliddinov - 10' |
Superliga. 2-tur 07/03/2020, 16:00 0
:
1
Tugadi
|
Mash’al |
“So'g'diyona” - AGMK
7 mart 2020 yil. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 18:15
Hakamlar: Aziz Asimov, Ruslan Serazitdinov, Rishat Nugmanov, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Aleksandr Davidenko
Dastlabki turda ijobiy natija qayd eta olmagan klublarning o'zaro o'yini. "So'g'diyona" Superligaga qaytgan "Mashal" mehmoni bo'lib "sovuq dush" qabul qilib oldi - 0:3. AGMK esa principial raqibi hisoblangan Bekobodning "Metallurg" klubini o'z maydonida enga olmadi - 1:1. Olmaliqliklar safida yangi legioner futbolchi Mate Vatsadze gol urdi.
Bu jamoalarning o'zaro 22ta o'yinidan 9tasida Jizzax, 8tasida Olmaliq klubi g'olib bo'lgan. Qolgan 5ta bahsda tomonlar bir ochkodan bo'lishib olishgan. AGMK gol urish borasida kichik ustunlikka ega: 35:31.
O'tgan yil ikkala o'yinda ham "So'g'diyona" g'olib bo'lgan. Baqoev shogirdlari Olmaliqda 2:0 hisobida, Jizzaxda esa 1:0 hisobida zafar quchishgan.
Umuman olganda oxirgi 3ta o'yinda "So'g'diyona" bu jamoani 3 marta mag'lub etgan.
AGMK o'z tarixida bir martagina Jizzaxdan g'alaba bilan qaytgan (2018 yil). Qolgan bahslarda "So'g'diyona" o'z uyida 7ta g'alaba va 3ta durang qayd etgan.
So'g'diyona Elyor Orifov - 54' |
Superliga. 2-tur 07/03/2020, 18:15 1
:
1
Tugadi
|
OKMK Igor Zonich - 85' |
“Qizilqum” - “Surxon”
7 mart 2020 yil. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 18:15
Hakamlar: Asker Najafaliev, Timur Gaynullin, Andrey Capenko, Naim Qosimov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Erkin Baxtiyorov
Birinchi turda o'z maydonida bir xil 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchragan ikki klub o'rtasidagi bahs. "Qizilqum" Navoiyda Qarshining "Nasaf" klubiga imkoniyatni boy berdi. Mezbonlar safida namibiyalik hujumchi Makkartni Navaseb gol urdi. "Surxon" esa Toshkentning "Bunyodkor" klubiga yutqazdi. Termizliklar safida bitta golni Aziz Ibragimov penaltidan urdi.
Mazkur klublar O'zbekiston chempionatlarida shu kunga qadar 12 bor to'qnash kelishgan. "Surxon" 6 marta, "Qizilqum" 4 marta muvaffaqiyat qozongan. Yana ikki uchrashuvda durang qayd etilgan.
2019 yilgi mavsumda har ikkala o'zaro uchrashuvda ham "Surxon"ning qo'li baland kelgan. Navoiyda 3:1 hisobida g'alabaga erishgan mehmonlar Termizda 2:0 hisobida zafar quchishgan.
"Surxon" o'zaro o'yinlarning so'nggi 3tasida faqat g'alabaga erishgan. "Qizilqum" o'z maydonidagi 6ta o'yinning faqat bittasida mag'lub bo'lgan (2019 yil) va bir bor durang o'ynagan (2000 yil).
1-turda "Surxon" bosh direktori bo'lgan Hasan Ro'ziev 2-turdan avval "Qizilqum" klubi prezidentiga aylandi.
Qizilqum Ruslan Margiev - 12' |
Superliga. 2-tur 07/03/2020, 18:15 2
:
1
Tugadi
|
Surxon Aleksandr Kasyan - 3', Sherzod Karimov - 44' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar