So’nggi yangiliklar

07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2

Superliga. "Lokomotiv"dan birinchi davra yakunlari Yangiliklar

Superliga. "Lokomotiv"dan birinchi davra yakunlari

Ayni paytda Superliga klublari yozgi tanaffusga chiqqan. Bu esa mavsumning birinchi yarmini sarhisob qilish uchun qulay vaqt hisoblanadi.

Quyida "Lokomotiv"ning birinchi davradagi ishtirokini raqamlar orqali keltirib o'tamiz. O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" birinchi davrani ikkinchi o'rinda tugatdi. "Temiryo'lchilar" bo'lib o'tgan 13ta o'yinda 27 ochko to'plashdi. "Lokomtiv" 8 bor g'alabaga erishgan bo'lsa, 3 marta durang qayd etib, 2ta o'yinda mag'lubiyatga uchradi. To'plar nisbati 24-10.

Ketma-ket 5ta g'alaba

"Lokomotiv" Superliganing ilk turini mag'lubiyat boshladi. Biroq shundan so'ng qatorasiga 5ta g'alabani qo'lga kiritdi. "Temiryo'lchilar" navbati bilan "Navbahor", "Andijon", AGMK, "Buxoro" va "Qizilqum" klublarini mag'lub etishdi. Mana shu beshta uchrashuvdagi to'plar nisbati 12-2 ko'rinish oldi.

Qatorasiga 3 durang

Ketma-ket beshta g'alabadan so'ng uchta durang kuzatildi. "Lokomotiv" avvaliga o'z maydonida "Qo'qon-1912" bilan 2:2 o'ynadi. So'ngra safarda "Metallurg"ga qarshi va o'z maydonida "Bunyodkor" bilan 0:0 hisobini qayd etdi. Qatorasiga uchta durangdan so'ng jamoa azolari ikki o'yinda zafar quchishdi: "Nasaf" va "Surxon" klublari mag'lub etildi. Lekin Samarqandga safar uyushtirgan jamoa mag'lubiyat bilan qaytdi va birinchi davraning oxirgi turida o'z maydonida "So'g'diyona" ustidan 2:0 hisobida g'alabaga erishdi.

Kim nechta gol urdi?

"Loko" futbolchilari birinchi davrada raqiblar darvozasini 24 bor ishg'ol etishdi. Eng ko'p gol urgan futbolchi Temurxo'ja Abduxoliqov bo'lib turibdi. Uning hisobida 9ta gol bor. Darvoqe Temurxo'ja to'purarlar poygasida Aleksandr Kasyan ("Navbahor") va Xumoyun Murtazoev ("Nasaf") bilan birgalikda ikkinchi o'rinda boryapti. Birinchi o'rindagi Dragan CHeran ("Paxtakor") hisobida 15ta gol bor.

"Lokomotiv"dan uch nafar futbolchi - Jamshid Iskanderov, Islom To'xtaxo'jaev va Arslanmirat Amanov 3tadan gol muallifi bo'lishdi. SHuningdek, Anzur Ismoilov, Diyor Turopov, Yovan Jokich, Sardor Mirzaev, Igor Yelich va Azizbek Amanov bir martadan to'p kiritishdi.

Temurxo'ja Abduxoliqov - 9
Jamshid Iskanderov - 3
Islom To'xtaxo'jaev - 3
Arslanmirat Amanov - 3
Anzur Ismoilov - 1
Diyor Turopov - 1
Yovan Jokich - 1
Sardor Mirzaev - 1
Igor Yelich - 1
Azizbek Amanov - 1



Uch futbolchida to'liq ko'rsatkich

Birinchi davraning 13ta o'yinida to'liq harakat qilgan futbolchilar: Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov va Oleg Zoteev. Aynan shu uch nafar futbolchi "Loko" tarkibida uzluksiz to'p tepishdi. Ularning maydonda harakat qilgan daqiqasi 1170ni tashkil etdi.

Temurxo'ja Abduxoliqov bilan Jamshid Iskanderov ham 13ta bahsda maydonga tushdi. Islom To'xtaxo'jaev va Diyor Turopov 12ta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, Davron Hoshimov, Yovan, Jokich, Arslanmirat Amanov 11tadan bahsda ishtirok etishdi. Umuman olganda "Loko" safida birinchi davra o'yinlarida 20 nafar futbolchi harakat qildi.

Kim nechta o'yinda maydonga tushdi?


Anzur Ismoilov - 13 o'yin/1170 daqiqa
Javohir Ilyosov - 13 o'yin/1170 daqiqa
Oleg Zoteev - 13 o'yin/1170 daqiqa
Temurxo'ja Abduxoliqov - 13 o'yin/1039 daqiqa
Jamshid Iskanderov - 13 o'yin/803 daqiqa
Islom To'xtaxo'jaev - 12 o'yin/1048 daqiqa
Diyor Turopov - 12 o'yin/562 daqiqa
Davron Hoshimov - 11 o'yin/958 daqiqa
Yovan Jokich - 11 o'yin/854 daqiqa
Arslanmirat Amanov - 11 o'yin/753 daqiqa
Sardor Mirzaev - 10 o'yin/855 daqiqa
Filipp Rayevac - 9 o'yin/130 daqiqa
Igor Yelich - 8 o'yin/559 daqiqa
Husniddin G'ofurov - 8 o'yin/471 daqiqa
Azizbek Amonov - 8 o'yin/369 daqiqa
Aziz Haydarov - 7 o'yin/445 daqiqa
Avazbek O'lmasaliev - 4 o'yin/180 daqiqa
SHuhrat Muhammadiev - 3 o'yin/212 daqiqa
Vladislav Fomin - 2 o'yin/53 daqiqa
Javohir Alijonov - 1 o'yin/11 daqiqa


Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика