So’nggi yangiliklar

22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  13 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  118 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  16 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3

Superliga. "Paxtakor" "Lokomotiv"ni yirik hisobda taslim qildi, Erkinovdan xet-trik! Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" "Lokomotiv"ni yirik hisobda taslim qildi, Erkinovdan xet-trik!

O'zbekiston Superligasi 25-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Coca-Cola Superliga. 25-tur

LOKOMOTIV – PAXTAKOR - 0:3

20 noyabr 2021 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 16:15

Hakamlar: Doston Mirzaraimov, Abduhamidullo Rasulov, Aleksandr Burov, Akmal Rahimov

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Hojimat Erkinov 36, - 0:1. Hojimat Erkinov 84, - 0:2. Hojimat Erkinov 86, - 0:3.

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 3.Islom Qobilov, 5.Kaxi Maxaradze, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 17.Sanjar Qodirqulov (8.Javohir Sidiqov, 61), 19.Jasur Jaloliddinov (45.Nurmuhammad Toshpo'latov, 72), 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.G'ulomHaydar G'ulomov (54.Igor CHikrizov, 81), 28.SHuhrat Muhammadiev (27.Islom Rashidxonov, 72), 37.SHerzod Fayziev, 77.Diyor Turopov (14.Azizbek Amonov, 61).

Zaxira: 1.Abdumavlon Abduljalilov, 7.Sadriddin Abdullaev, 22.Samuel Ope, 94.Xurshidbek Muxtorov.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 88.SHahzod Azmiddinov, 23.SHerzod Azamov (16.Marlen CHobanov, 46), 5.Anzur Ismoilov, 34.Farruh Sayfiev (19.SHarof Muhiddinov, 55), 21.Abror Ismoilov (14.Humoyunmirzo Iminov, 61), 27.Sardor Sobirxo'jaev (7.Odiljon Hamrobekov, 76), 18.Hojimat Erkinov, 28.Diyor Xolmatov, 10.Dragan CHeran (42.Abbosbek Fayzullaev, 76), 11.Boyan Matich.

Zaxira: 25.Eldor Suyunov, 8.Azizbek Turg'unboev, 9.SHerzod Temirov, 17.Dostonbek Hamdamov.

Ogohlantirishlar: Islom Qobilov 22, Farruh Sayfiev 51, Abror Ismoilov 54, Kaxi Maxaradze 60, SHahzod Azmiddinov 60, G'ulomHaydar G'ulomov 68, Jasur Jaloliddinov 70.




YANGILASH

 


90+3. Uchrashuv yakunlandi, "Lokomotiv" - "Paxtakor" 0:3

90+2. ZARBAA! Sidiqovning zarbasi noaniq ketdi!

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi

87. ZARBAAA! Abduholiqovning zarbasidan keyin Quvvatov to'pni qaytardi!

86. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! HOJIMAT ERKINOV! 0:3. Fayzullaevning uzatgan to'pi Qobilovga tegib Erkinovga bordi, Hojimat xet-trikka erishdi!



84. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! HOJIMAT ERKINOV! 0:2. CHap qanotdan Muhitdinov to'pni uzatdi, Matichning zarbasidan keyin Ilyosov to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Erkinov o'tkir burchakdan darvozaga yo'lladi! 



82. ZARBAAAAAAA! Matichning qulay vaziyatdan tepgan to'pi noaniq ketdi

81. O'zgarish. "Lokomotiv". G'ulomov o'rniga CHikrizov tushirildi

76. O'zgarishlar. "Paxtakor". Sobirxo'jaev o'rniga Hamrobekov, CHeran o'rniga Fayzullaev tushirildi

76. ZARBAAA! SHerzod Fayzievning zarbasidan keyin Quvvatov to'pni ushlab oldi

72. O'zgarishlar. "Lokomotiv". Jaloliddinov o'rniga Toshpo'latov, Muhammadiev o'rniga Rashidxonov tushirildi

70. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Jasur Jaloliddinov

68. Ogohlantirish. "Lokomotiv". G'ulomHaydar G'ulomov

61. O'zgarish. "Lokomotiv". Qodirqulov va Turopov o'rniga Sidiqov va Amonov tushdi



61. O'zgarish. "Paxtakor".  Abror Ismoilov o'rniga Iminov tushdi

60. Ogohlantirish. "Paxtakor". SHahzod Azmiddinov

60. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Kaxi Maxaradze 



59. UXXX! Maydonda "ishkal"! Maxaradze va Ismoilov hozir dahanaki "jang"ga kirishib ketishdi!

55. O'zgarish. "Paxtakor". Sayfiev o'rniga Muhitdinov tushdi

54. Ogohlantirish. "Paxtakor". Abror Ismoilov

51. Ogohlantirish. "Paxtakor". Farruh Sayfiev

48. ZARBA! Matichning aniq zarbasidan keyin Ilyosov to'pni ushlab oldi

46. Ikkinchi taym boshlandi 

46. O'zgarish. "Paxtakor". Azamov o'rniga CHobanov tushdi


45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 0:1



45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

44. "Lokomotiv" gol o'tkazganidan keyin ko'proq hujumga o'tmoqda, ammo hozircha samara yo'q



36. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! HOJIMAT ERKINOV! 0:1. Birga bir vaziyatda Erkinov zarba berdi, Ilyosov to'pni qaytardi, qaytgan to'pni uning o'zi darvozaga yo'lladi. 



35. Xavfli vaziyat! Erkinovning o'ng tomondan uzatgan to'pini Qobilov qaytarib yubordi!

30. ZARBAAAAA! CHeranning uzatmasidan keyin Boyan Matich qulay vaziyatda noaniq zarba yo'lladi

24. ZARBA! Erkinovning birga-bir vaziyatda bergan zarbasi noaniq bo'ldi

22. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Islom Qobilov

20. Tashabbus "Paxtakor" tomonida, hujumlar aynan "sherlar" tomonidan tashkil etilmoqda

13. Dragan CHeranga nisbatan qoida buzildi, mehmonlarda jarima to'pi. Samarasiz tugadi jarima to'pi



7. ZARBA! CHeranning aniq zarbasidan keyin Ilyosov to'pni ushlab oldi

4. UXXXX! Hozir Boyan Matich Javohir Ilyosovning xatosidan keyin gol urishi mumkin edi, ammo gol bo'lgani yo'q!  



1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv 16:15 da boshlanadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика