So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Superliga. "Lokomotiv" qiyin o'yinda "Navbahor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Lokomotiv" qiyin o'yinda "Navbahor"ni mag'lub etdi

Teglar :  Navbahor Lokomotiv
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Superliga / 2-tur
30 mart, shanba
19:00 LOKOMOTIV — NAVBAHOR 1:0


Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, Elyor Tursunov.
Nazoratchi: Dmitriy Roman.
Komissar: Jahongir Raxmatullaev.

Gol: Temurxo'ja Abduxoliqov 62, - 1:0.

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Sardor Mirzaev, Temurxo'ja Abduxoliqov (Filip Rayevac, 90+3), Azizbek Amonov (Arslanmurod Amanov, 55), Husniddin G'ofurov, Islom To'xtaxo'jaev, SHuhrat Muhammadiev, Oleg Zoteev, Diyor Turopov (Jamshid Iskanderov, 89), Igor Yelich.
Zaxira: Mamur Ikromov, Davron Hoshimov, Avazbek O'lmasaliev, Bobur Ergashev.

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Oston O'runov (Abbos G'ulomov, 46), Azim Ahmedov, SHahzod SHaymanov, Ivan Solovyov, Aleksandr Kasyan, Obid Jo'raboev (Slavko Lukich, 15), Mirzohid G'ofurov, Igor Golban, Abdujamol Isroilov (Bahodir Nasimov, 72), Jahongir Mehmonov
Zaxira: Dilshod Hamroev, Aziz Ibragimov, Elman Tagaev, Mirzohid Mamatxonov, G'iyos Komilov, Zafar To'raev

Ogohlantirishlar: Oston O'runov 15, Islom To'xtaxo'jaev 30, Jahongir Mehmonov 69, Azim Ahmedov 80, O'tkir Yusupov 90+2.


Lokomotiv

Temurxo’ja Abduxoliqov - 62'

Superliga. 2-tur

30/03/2019, 19:00

0
:
1
Tugadi

Navbahor

45'
90'
30'  Islom Tuxtaxo’jayev
40'  Anzur Ismoilov
55'  Azizbek Amonov (Arslanmirat Amanov)
62'  Temurxo’ja Abduxoliqov
89'  Diyor Turopov (Jamshid Iskanderov)
90'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Filip Rayevac)
12'  Oston O'runov
15'  Obid Jo’raboyev (Slavko Lukich)
46'  Oston O'runov (Abbos G'ulomov)
69'  Jahongir Mehmonov
72'  Abduzhamol Isroilov (Bahodir Nasimov)
80'  Azim Ahmedov
90'  O’tkir Yusupov



Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH




90+4. O'YIN TUGADI. "Lokomotiv" mavsumdagi birinchi g'alabasini "Navbahor" ustidan qo'lga kiritdi

90+3. O'zgarish. "Lokomotiv". Temurxo'ja Abduxoliqov o'rniga Filip Rayevac tushdi

90+2. Ogohlantirish. "Navbahor". O'tkir Yusupov

90+2. O'tkir Yusupov raqib jarima maydoniga borib darvozabonga nisbatan qo'pol o'ynadi

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'zgarish. "Lokomotiv". Diyor Turopov o'rniga Jamshid Iskanderov tushdi

85. Temurxo'ja Abduxoliqovning zarbasini darvozabon qaytardi.

83. Husniddin G'ofurovning zarbasidan keyin to'pni darvozabon O'tkir Yusupov qaytardi.

80. Ogohlantirish. "Navbahor". Azim Ahmedov 



79. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! QANDAY VAZIYAT! Abbos G'ulomovning kuchli zarbasi birozgina noaniq ketdi!

75. Bugungi uchrashuvga 4118 tomoshabin tashrif buyurdi.

72. O'zgarish. "Navbahor". Abdujamol Isroilov o'rniga Bahodir Nasimov tushdi

71. ZARBA! Diyor Turopovning uzoqdan yo'llagan zarbasi O'tkir Yusupovga nasib etdi

69. Ogohlantirish. "Navbahor". Jahongir Mehmonov

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! TEMURXO'JA ABDUXOLIQOV! 1:0.

60. Slavko Lukichning jarima zarbasiga aniqlik etishmadi.

55. O'zgarish. "Lokomotiv". Azizbek Amonov o'rniga Arslonmurod Amanov tushdi

50. Azim Ahmedovning 20 metrlardan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

46. O'zgarish. "Navbahor". Oston O'runov o'rniga Abbos G'ulomov tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi



45+1. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob ochilgani yo'q

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi.

42. GOOOOOL! Mehmonlar hisobni ochishdi, ammo gol urilgan vaziyatda darvozabonga nisbatan qo'pol o'ynalgani uchun bosh hakam golni inobatga olmadi

41. ZARBAAA! Ivan Solovyovning kuchli zarbasi anchagina noaniq ketdi

40. Aleksandr Kasyan birga bir vaziyatga chiqib ketayotgandi, Anzur uni yiqitishga majbur bo'ldi, "Navbahor"da jarima to'pi

40. Ogohlantirish. "Lokomotiv". Anzur Ismoilov

32. Oston O'runov to'pga biroz kech qoldi. Aks holda, "Lokomotiv" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelardi.

30, Ogohlantirish. "Lokomotiv". Islom To'xtaxo'jaev

26. ZARBAAAAAAAAAAA! UXXXXXXXXXXX! "Navbahor" futbolchilai burchak to'pini amalga oshirishdi, Javohir Ilyosov bir amallab to'pni qaytardi! 

22. ZARBA! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Sardor Mirzaev boshi bilan darvozaga yo'lladi, Yusupov o'z o'rnida

21. Burchakdan uzatilgan to'pga Anzur Ismoilov boshi bilan zarba bergandi. Biroq so'nggi pallada himoyachi to'pni qaytardi.



18. ZARBAAAA! Temurxo'ja Abduxoliqovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi

16. Aleksandr Kasyan katta tezlikda oldinga o'tdi, ammo zarba bera olmadi

15. O'zgarish. "Navbahor". Obid Jo'raboev o'rniga Slavko Lukich tushdi



14. ZARBA! Diyor Turopovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini O'tkir Yusupov qaytardi

12. Ogohlantirish. "Navbahor". Oston O'runov

9. ZARBA! Oston O'runovning zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi

1. O'YIN BOSHLANDI!

Bahs boshlanishi oldidan 1-tur doirasidagi  “Navbahor” – “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan qaytishayotgan paytda avtohalokatga uchrab, vafot etgan "Navbahor" muxlislari uchun 1 daqiqalik sukut saqlandi.


- Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi.



Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика