So’nggi yangiliklar

17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  1 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  7 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2

Superliga klublarida har oyda marifat va manaviyat darslari bo'lib o'tmoqda Yangiliklar

Superliga klublarida har oyda marifat va manaviyat darslari bo'lib o'tmoqda

Teglar :  Superliga
O'zbekiston futbol associaciyasi va Professional futbol ligasi milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan futbolchi va murabbiylarning nafaqat jismoniy jihatdan etuk, balki manaviy jihatdan ham barkamol bo'lishi uchun bir qator chora-tadbirlarni yo'lga qo'ygan.

Jumladan, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig'iga ko'ra har oyning dushanba kunlari Superliga klublarida manaviyat va marifat darslari bo'lib o'tmoqda.

Ushbu darslarda mamlakatimiz Prezidenti muhtaram SHavkat Mirziyoev tomonidan yurtimizda sportni, xususan, futbolni rivojlantirish maqsadida qabul qilinayotgan qarorlar mazmuni futbolchi va murabbiylarga etkazilmoqda.

SHuningdek, futbolchi va murabbiylarda Vatanga sadoqat, elu yurtga bo'lgan hurmatni yanada oshirish, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish maqsadida muqaddas tariximiz, ulug' bobokalonlarimiz, yurtimizdan chiqqan allomalar va ularning asarlari, milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz haqida maruzalar o'qilmoqda.

SHuningdek, klublardagi yosh futbolchilar bilan birgalikda futbol faxriylari, yoshi ulug' insonlar ziyorat qilinmoqda. Ularning o'tmish xotiralari, bosib o'tgan yo'llari, boy tajribalari yosh futbolchilarga ibrat sifatida ko'rsatilmoqda.

Bu kabi manaviyat va marifat darslari milliy chempionatimizda to'p surayotgan futbolchilarga xalqaro maydonlarda Vatan shani uchun maydonga tushayotganda qo'shimcha ruhiy ozuqa taqdim qilishi aniq.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика