So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  2 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  9 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  340

Superliga klublari pandemiyadan zarar ko'rdimi? CHempionat qanday davom etadi? Yangiliklar

Superliga klublari pandemiyadan zarar ko'rdimi? CHempionat qanday davom etadi?

Paxtakordan boshqa har bir jamoaning moliyaviy holati zarar ko'rishi mumkin.

O'zbekistondagi yagona xususiy klub maqomida bo'lgan «Paxtakor» shaxsiy investorlarning kapitali asosida moliyalashtirilyapti. Buni barchamiz bilamiz.

AGMK, «Qizilqum» va «Metallurg» bevosita aniq bir zavodga qarashli.

«Nasaf», «Mashal», «Bunyodkor», «Buxoro» O'zbekneftegaz qoshidagi bo'limlar tomonidan moliyalashtiriladi.

«Lokomotiv», «Surxon» jamoalari davlat tomonidan biriktirilgan o'zlarining titul homiylariga ega va boshqa daromadlari yo'q.

«Navbahor», «Andijon», «So'g'diyona». Bu erda Jizzaxliklar ham titul homiy, ham hokimiyat tomonidan moliyalashtiriladi.

Faqatgina «Qo'qon-1912» jamoasi "Qo'qon spirt" tomonidan ajratiladigan bardani sotish orqali o'zini-o'zi moliyalashtiradi. SHuningdek, yana 2-3ta daromad olib keladigan yo'nalishlari bor.

Umumiy qilib aytganda, pandemiya faqat ikkita klubga tasir qilmasligi mumkin. Bular «Paxtakor» va «Qo'qon-1912».

Bugungi kunda barcha soha vakillari koronavirusga qarshi birgalikda kurash olib boryapti. Bu vaziyatda eng katta yuk, davlat byudjetini taminlovchi tizimlar «bo'yniga» tushyapti. Ularning ichida AGMK ham bor, Navoiydagi NGMK, O'zbekiston temiryo'llari, O'zbekneftegaz va barcha hokimiyatlar. Demakki, bizda klublar homiylarining kutilmagan xarajatlari oshishi orqali 2020 yilgi byudjet qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Evropada bu boshqacha ko'rinishda bo'lyapti. Ular tomoshabinlar tashrifi, TVdan tushadigan daromad, marketing va boshqa daromadlardan mahrum. O'zbekistonda «Navbahor»ni hisobga olmasa, qolgan klublarda muxlislardan tushadigan daromad klub byudjetiga aytarli tasir qilmaydi. Marketing esa bizda yo'q, TVdan ham hali beri daromad kelmaydi.



Guvohi bo'lganingizdek, bizning klublarda ham 2020 yil uchun moliyaviy xarajatlar keskin tushib ketishi mumkin. Hali biror klub maoshlar qisqartirilgani haqida bayonot bermadi. Lekin homiylardan tushadigan mablag' kamayadigan bo'lsa, bunday bo'lishi tabiiy. Bu erda hech bir klub hech nima qila olmaydi. PFLga yozish ham foyda bermaydi. Buni avvalo futbolchilarning o'zlari tushunishi kerak. Bugungi kunda maoshi bilan maqtana olmaydigan shifokorlar barchamizning jonimizga oro kirayotganini inobatga olsak, vijdonan bu qarorga qo'shilish kerak bo'ladi.

Endi chempionat haqida. CHempionat qanday davom etadi? TVda so'nggi virus aniqlanganidan keyingi 15 kun o'tib karantin tugashi haqida ko'p gapirishyapti. Bu to'g'ri, birgina inson butun dunyoga sochilgan virusga sabab bo'ldi. Biz ham ko'chada virus yuqtirgan inson qolmaganiga aniqlik kiritilmagunicha davlatni va o'zimizni asrashimiz kerak. Futboldan ko'ra ko'proq hayit namoziga qadar karantin tugashi barchasidan muhimligini bilib turgan yurtdoshlarimiz ham millionlarni tashkil etadi.

Hozircha chempionatning 3ta turi yakuniga etib ulgurgan. Toshkent shahar chempionatida esa endigina 1ta turni o'tkazgan edik. Bizning rejaga ko'ra, Toshkent shahar chempionati may oyi so'ngida tugashi va avgust oyidan ikkinchi davra boshlanishi kerak edi. Endigi rejamiz boshqacha, avgustdan chempionat davom etadi va u faqatgina bitta davrani o'z ichiga oladi. Karantin tugagach jamoalarga 1 hafta mashg'ulot o'tkazib olish imkoniyati beriladi va keyin Toshkent shahar Kubogi o'ynaladi.



Menimcha ham PFLning rejasi shunday tartibda bo'lgani maqul. Endi 23ta tur, ikkita kubok va terma jamoalar o'yiniga joy topib berish juda mushkul ish. Qolaversa, Toshkent, Olmaliq va Namangan shahrida Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Bu boradagi echimlardan biri shundaki, jamoalar avgust oyidan chempionatni davom ettiradilar, taqvimda hech qanday o'zgarish bo'lmaydi. Faqat o'yinlar 4-turdan davom etadi. Karantin tugaganidan keyin jamoalar birdaniga maydonga tushmaydilar. Bu erda hali «Paxtakor» ishtirokidagi OCHL bor. Demak, biz O'zbekiston Kubogi guruh o'yinlarini uy-safar tizimida o'tkazish orqali iyun (to'liq) va iyul (dastlabki ikki hafta) oylarini o'tkazib olamiz. Har bir jamoada 6tadan o'yin paydo bo'ladi. Liga Kubogiga bu yil dam berib tursa ham bo'laveradi. Avgustdan 2-davra va O'zbekiston Kubogi davom etishi kerak edi. O'zbekiston chempionati o'yinlarini bitta davraga qisqartirish orqali biz avgustdagi taqvimga hech qanday o'zgarishsiz tushib olishimiz mumkin.

Buning foydali tomonlari avvalo byudjeti qisqargan klublar uchun qo'l keladi. Tabiiyki ularning safar xarajatlari kamayadi, o'yinlar soni 13taga kamayganidan keyin mukofot pullari ham shuncha o'yinga qisqaradi.

Pro ligada 8tadan jamoa 4ta davra o'ynashi kerak edi. Tabiiyki ular ham endi mavsumni to'liq o'tkaza olmasliklari mumkin. Bunday vaziyatda Pro liga jamoalari sonini 10taga oshirib, 2ta davralik turnirni yo'lga qo'yish variantini ko'rib chiqsa bo'ladi. SHunda iyun oyidan boshlanadigan Pro liga 18 turdan iborat bo'ladi. O'zbekiston Kubogiga OCHL licenziyasidan o'tgan jamoalarni qo'yish orqali, Pro liga va birinchi liga jamoalari uchun o'z Kuboklarini yo'lga qo'yib bersa bo'ladi. Bu ham bitta taklif. Takliflar aslida ko'p va eng kerakligini muhokamaga qo'ysa bo'ladi. Menda esa shular.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика