So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

Superligaga kim chiqadi? "Andijon", "Mashal", "Surxon" yoki "Istiqlol", balki "Dinamo"? Yangiliklar

Superligaga kim chiqadi? "Andijon", "Mashal", "Surxon" yoki "Istiqlol", balki "Dinamo"?

2019 yil quyi ligadan elit ligaga to'g'ridan-to'g'ri chiqadigan jamoa nomini bilishimizga ham oz qoldi. Yana 6ta turdan so'ng PRO Liga g'olibiga oydinlik kiritamiz.

Hozircha bu erdagi kurash juda ham qizg'in kechayapti. Ochkolar deyarli bir xilda. "Surxon", "Mashal" hamda "Andijon" birinchi o'rin uchun kurash olib borayotgan bir pallada, ancha ortda qolib ketgan "Istiqlol", yuqoridagi trioni ko'plab ochkolarni yo'qotishidan unumli foydalanib qoldi. Hozir ular 48 ochko bilan to'plar nisbatiga ko'ragina uchinchi o'rinda turibdilar. Bu to'rtlik keyingi 6ta tur davomida o'zaro o'ynashlarini inobatga olsak, intriga hali davom etishini bashorat qilishimiz mumkin. Taqvimning qolgan qismi "Surxon" va "Istiqlol" uchun qulayroq. Ularni 2ta jiddiy o'yin kutib turibdi. SHulardan biri o'z uylarida, biri safarda bo'ladi. "Mashal" va "Andijon" esa 3ta jiddiy raqib bilan to'qnash keladilar. "Andijon"ga biroz osonroq bo'ladi. 2tasi bilan uyda o'ynaydi. "Mashal" esa aksincha qiyin 6 ochkoni Farg'ona va Surxondaryoda yutib olishi lozim bo'ladi.

Bu o'yinlarda murabbiylar katta planga chiqadilar. Qay bir murabbiy jamoani o'yinga jiddiy tayyorlay olsa marraga birinchi bo'lib etib kelishi aniq. Agar PFL o'z principiga sodiq qolsa! Hamma gap shu erda. PFL va O'FA tomondan uchriyotgan gap so'zlardan keyin "Mashal" va "Istiqlol" jamoalari o'yga tushdilar. Agar Samarqand va Andijonga katta futbol qaytarish niyati rostan amalga oshsa, "Mashal"ni yil bo'yi qiynalib turnir jadvalida yuqori o'rinni egallashi bir pul bo'ladi. Poytaxtga uchta jamoa ortiqchalik qilayotgan bir paytda, Farg'ona viloyatiga ham uchta jamoa sig'masa kerak, bu esa "Cementchi"ning taqdiri "Istiqlol"ga ham tushishidan dalolat. Balki "Dinamo" kuchlilar ligasiga qaytar, garchand to'rtlikka kirmasada. CHunki yil boshida ular mag'lublar qatorida bo'lmasalarda kuchlilar safini tark etgan edilar.

SHuning uchun ham PFL o'z principida qattiq turishi kerak va reglamentga amal qilishi lozim. Agar bu yil ham reglamentga amal qilinmasa, kelasi yili biron klub Pro Ligaga qiziqish bildirmasligi mumkin.

SHahsan bizga bu yilgi PRO Liga juda yoqayapti.


PRO Liga 26-turdan keyingi holat


Viloyat jamoalarida bo'layotgan qiziq yangiliklarni ommaga taqdim etishni istaganlar TELEGRAM kanalimizga murojaat qiling - CHAMPIONAT.ASIA


Quyida Superliga harakatida bo'lgan jamoalarning keyingi o'yinlarining taqvimini taqdim qilaman.


«Andijon» jamoasining qolgan o'yinlari
«Andijon» - «Orol»
«SHo'rtan» - «Andijon»
«Andijon» - «Surxon»
«Xorazm» - «Andijon»
«Andijon» - «Istiqlol»
«Mashal» - «Andijon»

«Mashal» jamoasining qolgan o'yinlari
«Surxon» - «Mashal»
«Istiqlol» - «Mashal»
«Mashal» - «Xorazm»
«Mashal» - «Dinamo»
«Norin» - «Mashal»
«Mashal» - «Andijon»

«Surxon» jamoasining qolgan o'yinlari
«Surxon» - «Mashal»
«Dinamo» - «Surxon»
«Surxon» - «Norin»
«Andijon» - «Surxon»
«Surxon» - «Orol»
«SHo'rtan» - «Surxon»

«Istiqlol» jamoasining qolgan o'yinlari
«Xorazm» - «Istiqlol»
«Istiqlol» - «Mashal»
«Dinamo» - «Istiqlol»
«Istiqlol» - «Norin»
«Andijon» - «Istiqlol»
«Istiqlol» - «Orol»


Andijondan Jasur Haydarov "CA" uchun

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика