So’nggi yangiliklar

14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  0 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   0 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  4 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  4 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  1 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   7 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  13 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  8 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  4 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  3 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  19 07:38Санчо Европанинг ТОП клубига кўчиб ўтиши мумкин  1

Superliga: Hakamlar xatosisiz o'tgan tur sharhi va laureatlar Yangiliklar

Superliga: Hakamlar xatosisiz o'tgan tur sharhi va laureatlar

Ananamizga muvofiq Superliga 9-tur yakunlari va laureatlari bilan tanishtirib chiqamiz.

Superliganing 9-turida muxlislar kutilgan samaradorlikning guvohiga aylanishmadi. O'tkazilgan 7 uchrashuvda jami 11ta gol kiritildi. Yani o'tkazilgan 9 tur ichida eng kam gol joriy haftada urildi. Qizig'i, 7 uchrashuvning faqatgina bittasida mezbonlar g'alaba qozonishdi. "Nasaf" Qarshida "Qo'qon-1912" ustidan zafar quchdi. Uch to'qnashuvda esa safarda o'ynagan jamoalar ("Paxtakor", "Surxon", "So'g'diyona") g'alaba nashidasini surishdi va qolgan 3 o'yinda nursiz durang qayd etildi.

Andijon

Superliga. 9-tur

16/05/2019, 18:30

3
:
0
Tugadi

Paxtakor

Dragan CHeran - 45', Marat Bikmayev - 81', Marat Bikmayev - 85'

45'
90'
42'  Shahzod Ubaydullayev
45'  Ildar Mamatkazin
59'  Abdullo Olimov (Abbos Otaxonov)
64'  Radosav Aleksich
74'  Abduraxmon Abdulxaqov (Ro’zimboy Ahmedov)
79'  Shahzod Ubaydullayev (Shahboz Jumaboev)
45'  Dragan CHeran
67'  Marko Simich
76'  Sardor Sobirxo’jayev (Vladimir Kozak)
78'  Dostonbek Hamdamov (Marat Bikmayev)
81'  Marat Bikmayev
85'  Marat Bikmayev
90'  Odiljon Hamrobekov (Farrux Sayfiev)

Lokomotiv

Superliga. 9-tur

17/05/2019, 18:45

0
:
0
Tugadi

Bunyodkor

45'
90'
33'  Davron Hoshimov
46'  Arslanmirat Amanov (Azizbek Amonov)
61'  Azizbek Haydarov (Diyor Turopov)
80'  Jamshid Iskanderov (Filip Rayevac)
90'  Diyor Turopov
55'  ZHasur ZHaloliddinov (Suhrob Izzatov)
59'  Mirzhahon Mirahmadov (Vladislav Nuriyev)
79'  Xurshid G’iyosov (Abdulla Abdullaev)
90'  Suhrob Izzatov

Qizilqum

Alisher Sanayev - 78'

Superliga. 9-tur

18/05/2019, 20:00

3
:
1
Tugadi

Surxon

Darko Stanoyevich - 19', Abdulaziz Yusupov - 38', Abdulaziz Yusupov - 65'

45'
90'
30'  Elguzha Grigalashvili
31'  Salim Mustafoyev
58'  Xurshid Olimov (Alisher Sanayev)
63'  Muhsin Ubaydullaev (Fayzullo Qambarov)
75'  Sherali Jo’rayev (Azizbek Usmonov)
78'  Alisher Sanayev
19'  Darko Stanoyevich
38'  Abdulaziz Yusupov
38'  SHavkat Salomov
65'  Abdulaziz Yusupov
65'  SHavkat Salomov
71'  A’zam Aliyev (Mirzakamol Kamolov)
79'  Abdulaziz Yusupov (Ravshan Khursanov)
80'  Ravshan Khursanov
90'  SHavkat Salomov (Najmiddin Normurodov)

Nasaf

Humoyun Murtozaev - 54', Humoyun Murtozaev - 56'

Superliga. 9-tur

18/05/2019, 20:00

0
:
2
Tugadi

Qo’qon-1912

45'
90'
17'  G'olib G'aybullaev
54'  Humoyun Murtozaev
56'  Humoyun Murtozaev
76'  Doniyor Narzullayev (Oybek Bozorov)
77'  Sharof Muhitdinov (Akmal Mozgovoy)
82'  Humoyun Murtozaev (Bobir Abdixoliqov)
64'  Oybek Rustamov
67'  Jamshid Hasanov (Temur Usmonov)
86'  Shahboz Erkinov (Temur Hakimov)

OKMK

Superliga. 9-tur

19/05/2019, 17:45

2
:
0
Tugadi

So'g'diyona

SHahboz Jo'rabekov - 4', Kaxi Maxaradze - 89'

45'
90'
65'  Sanat Shixov (Jasur Hakimov)
72'  Mirg’iyos Sulaymonov (Murodjon Toshmatov)
84'  Kamron Saidazimov (Shahzodbek Nurmatov)
88'  Jasur Hakimov
4'  SHahboz Jo'rabekov
41'  Oybek Nurmatov
51'  Oybek Nurmatov (Siroj Meliyev)
71'  Sanjar Rashidov (Jamshid Boltaboev)
79'  Daniel Nasriddinov (Sahob Rashidov)
87'  Nikola Milinkovich
89'  Kaxi Maxaradze
89'  Siroj Meliyev

Navbahor

Superliga. 9-tur

19/05/2019, 18:40

0
:
0
Tugadi

Metallurg

45'
90'
69'  Abbos G'ulomov (Aziz Ibragimov)
69'  Mirzohid G’ofurov
81'  Ivan Solovyov (Bahodir Nasimov)
85'  Aleksandr Kasyan
27'  Bahrom Abdurahimov
40'  Muhammad Isaev
70'  Muhammad Isaev (Sergey Tumasyan)
74'  Ibrohim Yo'ldoshev
80'  Ibrohim Yo'ldoshev (SHavkat Mullazhonov)
89'  Islombek Isoqjonov (Doniyor Usmonov)
90'  Akbar Ismatullayev
90'  Aleksandr Lobanov

Buxoro

Superliga. 9-tur

19/05/2019, 20:00

0
:
0
Tugadi

Dinamo

45'
90'

Etiborga molik jihati, "So'g'diyona" joriy mavsumda mehmondagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Ulug'bek Baqoev boshqaruviga o'tgan "So'g'diyona" Olmaliqda AGMKni dog'da qoldirishni uddaladi. SHuningdek, mazkur turni mehmonda o'tkazgan va safarda hali g'alaba qozonmagan "Dinamo" va "Metallurg" muhim 1 ochkodan qo'lga kiritishdi.

"Buxoro" esa mazkur turda o'z uyida o'ynab yana g'alaba qozona olmadi. Qayd etish joizki, buxoroliklar hali joriy mavsumda Buxorodagi birorta o'yinni yutishgani yo'q. Qo'lga kiritilgan yagona g'alaba esa safarda "Qo'qon-1912" ustidan qayd etilgandi.

Turnir peshqadami "Paxtakor" esa safardagi o'yinda Farg'onada "Andijon" ustidan yirik va ishonchli g'alabani rasmiylashtirib, peshqadamlikni yanada mustahkamladi. "Lokomotiv" esa o'z uyidagi bahsda "Bunyodkor" qarshiligini enga olmadi va chempionatdagi ketma-ket uchinchi bahsda durang o'ynadi. "Navbahor" esa o'z uyida "Metallurg"ni dog'da qoldirishni uddasidan chiqmadi. Bekobodliklarning metin himoyasi oldida "Navbahor" hujumi ojiz qoldi. "Qizilqum" esa o'z uyida "Surxon" qarshisida chorasiz qoldi. Buxorodagi o'ziga xos kichik derbida "Dinamo" qo'shnilari bilan murosaga keldi. Olmaliqda AGMK yana beqarorlik ko'rsatib, o'z uyidagi navbatdagi mag'lubiyatini "So'g'diyona"dan qabul qildi. Qarshida esa "Nasaf" mazkur turdagi yagona uy g'alabasini qayd etdi.


Superliga. 9-turdan keyingi holat

Turnir jadvaliga etiborga qaratadigan bo'lsak, "Paxtakor" va "Lokomotiv" o'z o'rnilarida qolishdi. Faqat chempionlik kurashida ishtirok etayotgan mazkur jamoalarning o'rtasidagi tafovut "Paxtakor" foydasiga 5 ochkoga ortdi. SHuningdek, AGMK ham garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsada turnir jadvalidagi eski mavqeini saqlab qoldi va tabiiyki "Qo'qon-1912" ham navbatdagi mag'lubiyatdan keyin oxirgi pog'onadagi o'rnidan siljigani yo'q.

Turnir jadvalida pastga sho'ng'igan jamoalarga keladigan bo'lsak, dastlab "Bunyodkor" o'zining uchinchi o'rnini bo'shatdi. "Navbahor" esa o'z uyidagi durangdan keyin to'rtinchi pog'onadan 6-o'ringa tushib ketdi. "Dinamo" esa Buxoroda qo'lga kiritilgan 1 ochkodan so'ng beshinchi pog'onadan ettiga tushib ketdi. "Metallurg" esa avvalgi o'rnidan bir pog'ona quladi. SHuningdek, "Qizilqum" va "Andijon" ham mag'lubiyatdan keyin o'z mavqeilarini yanada yomonlab olishdi.

Turnir jadvalida yuqoriga ko'tarilgan jamoalar soni to'rttani tashkil qildi. Mazkur turda g'alaba qozongan "Nasaf", "Surxon" va "So'g'diyona" hamda durang o'ynagan "Buxoro" bu borada o'sishga erishishdi. "Surxon" uchinchi o'ringa, "Nasaf" beshinchi pog'onaga, "So'g'diyona" 10 qatorga ko'tarilib oldi. Baxtiyor Ashurmatov istefosidan so'ng o'z uyida yana g'alaba qozona olmagan va durang qayd etgan "Buxoro" ham turnir jadvalida bir pog'ona bo'lsada ko'tarilishga erishdi.


To'purarlar:


Assistentlar:

1.SHavkat Salomov ("Surxon") - 4

1.Ivan Solovyov ("Navbahor") - 4

1.Husniddin G'ofurov ("Lokomotiv") - 4

1.Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") - 4

2.Eldor Boymatov ("Qizilqum") - 3

2.Sardor Eminov ("Dinamo") - 3

2.Murod Toshmatov (AGMK) - 3

2.Aziz G'aniev ("Nasaf") - 3


TUR FAKTLARI:

- "Buxoro"ning g'alabasiz seriyasi 5ta o'yinga etdi

- Amaldagi chempion "Lokomotiv" qatorasiga 3 o'yindan buyon durang o'ynamoqda

- Eng ko'p g'alaba qozongan jamoalar: "Paxtakor" (7)

- Eng ko'p mag'lubiyatga uchragan jamoa: AGMK (6)

- Eng ko'p durang o'ynagan jamoa: "Andijon" (4)

- Eng ko'p gol urgan jamoa: "Paxtakor" (18)

- Eng ko'p gol o'tkazgan jamoa: "Qo'qon-1912" (20)

- Eng kam gol urgan jamoa: "Buxoro" (6)

- Eng kam gol o'tkazgan jamoalar: "Lokomotiv", "Surxon", "Paxtakor" (7)

- Umuman durang o'ynamagan jamoa: "So'g'diyona"

- AGMK ishtirokidagi o'yinlarda eng ko'p gol kuzatilgan - 25

- Eng kam gol "Surxon" va "Buxoro" ishtirokidagi o'yinlarda kuzatilgan - 16

- Yagona mag'lub bo'lmagan jamoa - "Paxtakor"

- Dragan CHeran to'purarlik poygasida yakka peshqadamlik qilmoqda - 9

- Eng ko'p penalti "Qo'qon-1912" darvozasiga tomon belgilangan - 4

- Eng ko'p penalti tepgan jamoa: "Paxtakor" - 6


Hakamlar xatosisiz o'tgan tur

Qayd etish kerakki, oxirgi paytlarda hakamlar mavzusi chempionatimizdagi eng aktual mavzuga aylanib, ko'plab bahsli holatlar yuzaga kelgandi. Yaqinda esa O'FAda hakamlar bilan OAV o'rtasida ochiq muloqot tashkil etilib, unda bazi vaziyatlar, xususan qoida buzilishi qayd etilganida birinchi navbatda qaysi jihatlarga etibor qaratish va hakamlar qarorlariga xulosa berishdan oldin uni ko'proq tahlil qilib, keyinchalik to'g'ri xulosa berish takidlangandi. Bundan ko'zlangan maqsad esa tabiiyki muxlislarga to'g'ri malumot etkazish va vaziyatni xolisona baholash edi.

O'tgan haftada esa Ravshan Ermatov boshchiligidagi tajribali hakamlar Superligada ishlayotgan va o'sib kelayotgan yosh hakamlarga seminar darslari o'tib, ularni malakalarini oshirishga alohida etibor qaratishmoqda. Mazkur seminar jarayonlarida bevosita ishtirok etgan xolis inson sifatida shuni aytishim mumkinki, mazkur darslar va mashg'ulotlarda ishtirok etgan hakamlar, yon chiziqda ishlaydigan yosh hakamlar mazkur turda uchrashuvning so'nggi daqiqalaridagi qiyin vaziyatlarda odilona qaror chiqarishdi. Yani, mazkur seminar, amaliy va nazariy mashg'ulotlar o'z mevasini berdi, desak ham bo'ladi.

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" uchrashuvidagi holatga etibor beradigan bo'lsak, barcha o'sha vaziyatda dastlab gol urgan va to'pga tashlangan Nuriev va Abdullaevning o'yindan tashqari holatda turmaganiga qarab, gol haqqoniy urilganini takidladi. Aslida esa qanot hakami o'sha vaziyatda darvoza tomon kelayotgan to'pga birinchi bo'lib harakat qilgan va buning oqibati darvozabon reakciyasiga tasir o'tkazib, Ilyosovni chalg'itib qolgan Qobilovni o'yindan tashqari holatini qayd etgan. Ko'pchilikka savollar va etirozlar uyg'otgan mazkur holatda qanot hakami qoida bo'yicha to'g'ri qaror chiqarganini takidlash lozim. SHunchaki "Bunyodkor" haqiqatdan ham zo'r va g'alabaga loyiq o'ynagani natijasida ko'pchilikka o'yinning so'nggi pallasida kiritgan golning inobatga olinmagani ham muxlislarga vaziyatga xolisona baho berishida xalal berdi.

SHuningdek, turning markaziy bahsi, qiyin, keskin kurashlar ostida o'tgan "Navbahor" - "Metallurg" uchrashuvini boshqargan Ravshan Ermatov boshchiligidagi brigada ham bahsni odilona va xatolarsiz o'tkazishdi. Buxorodagi bahsda ishlagan Jasur Muxtorov boshchiligidagi yosh hakamlar guruhi ham o'yinni qo'pol xatolarsiz o'tkazishdi. Ayniqsa bellashuvning oxirgi soniyalarida yuzaga kelgan vaziyat, Ivan Nagaevning inobatga olinmagan golida qayd etilgan offsayd ham adolatli tarzda qayd etildi. Bu vaziyatda ikkinchi qanot hakami sifatida ishlagan Baxtiyorxo'ja SHavkatov holatni to'g'ri baholagani tahsinga sazovor. Umuman mazkur turda ishlagan hakamlar guruhiga ortiqcha savollar yoki etirozli holatlar kuzatilmadi. Kichik xatolar vujudga kelgan bo'lishi mumkin. Ammo bahs taqdiriga bevosita tasir ko'rsatgan qo'pol xatolar uchramadi.

SHuni qo'shimcha qilish lozimki, "O'yin kuni"/"MatchDay" loyihasining bu galgi sonida Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhining bir o'yinga bo'lgan taraddud jarayoni, uchrashuvdan oldingi mashg'ulotlari, o'yin kuni bahsga qanday yondoshuvda bo'lishi, bellashuvni qay tariqa o'tkazishi va hech qaerda ko'rmagan ichki "oshxona"dagi lavhalar tasvirga olindi. Yani nafaqat jamoalarning o'yin kunidagi hayoti ko'rsatib beriladi, balki bu galgi loyihada hakamlarning hayoti ochib beriladi. Tez orada kamina va Jahongir Fayzullaev ishlagan loyihaning ikkinchi soni etiboringizga taqdim etiladi.


Tur darvozaboni - Milan Mitrovich 

"So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich AGMK bilan bo'lgan bahsda o'z darvozasini juda ishonchli tarzda qo'riqladi.

Jizzaxliklarning joriy mavsumdagi safarda qo'lga kiritgan ilk g'alabasida aynan Mitrovichning xizmati katta bo'ldi. Dastlab uchrashuv startida belgilangan penaltini bartaraf etgan Mitrovich, keyinchalik bahs davomida ham qator vaziyatlar qahramoniga aylandi hamda mazkur uchrashuvda darvozasi dahlsizligini quruq saqlashga muvaffaq bo'ldi. SHu tariqa turning eng yaxshi kiperi sifatida aynan "So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich tanlandi.


Tur murabbiyi - Ulug'bek Baqoev 

"So'g'diyona" joriy mavsumda ilk bor mehmonda g'alabani tantana qildi.

Ulug'bek Baqoev jamoaga kelgach o'yini va natijalari tobora yaxshilanib borayotgan "So'g'diyona" o'tgan hafta Olmaliqda AGMK ustidan ishonchli tarzda g'alaba qozondi. Mirjalol Qosimov jamoasiga qarshi saf tortgan "So'g'diyona" mehmondagi muhim g'alabani qo'lga kiritishida albatta Ulug'bek Baqoevning o'yinga puxta tayyorlagan rejasi va to'g'ri tanlangan taktikasini inkor etib bo'lmaydi. SHu boisdan ham turning eng yaxshi murabbiyi nomiga Ulug'bek Baqoev varianti loyiq ko'rildi.


Tur futbolchisi - Abdul Aziz Yusupov

"Surxon" hujumchisi Abdul Aziz Yusupov mazkur turda maydonda harakat qilgan eng faol va samarador futbolchiga aylandi.

"Surxon"ning "Qizilqum" ustidan qozongan g'alabasida aynan jamoa hujumchisi Abdul Aziz Yusupovning xizmatlari beqiyos bo'ldi. Yusupovning "Qizilqum" darvozasiga kiritgan ikkita to'pi va rasmiylashtirilgan dubl yakunda jamoaga qimmatli 3 ochkoni taqdim etdi. Abdul Aziz Yusupov esa turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Tur ramziy terma jamoasi (4-3-3):

Darvozabon: Milan Mitrovich ("So'g'diyona")

Himoyachilar: Dilshod Ahmadaliev ("Bunyodkor"), Kamoliddin Tojiev ("Metallurg"), Abbos Otaxonov ("Metallurg"), SHahboz Jo'rabekov ("So'g'diyona")

Yarim himoyachilar: Lutfulla To'raev ("Bunyodkor"), Akbar Ismatullaev ("Metallurg"),  SHavkat Salomov ("Surxon").

Hujumchilar: Marat Bikmaev ("Paxtakor"), Humoyun Murtazoev ("Nasaf"), Abdul Aziz Yusupov ("Surxon").


NAVBATDAGI TUR

Superliga, 10-tur.

25 may, shanba

17:45 DINAMO — QIZILQUM

17:45 SURXON — QO'QON-1912

18:50 NAVBAHOR — ANDIJON

19:00 METALLURG — BUNYODKOR

26 may, yakshanba

19:00 PAXTAKOR — AGMK

19:00 SO'G'DIYONA — BUXORO 

19:00 NASAF — LOKOMOTIV

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика