So’nggi yangiliklar

07:25Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2

Superliga. "Buxoro" va "Dinamo" o'zaro durang o'ynashdi Yangiliklar

Superliga. "Buxoro" va "Dinamo" o'zaro durang o'ynashdi

Teglar :  BuxoroDinamo
Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Dinamo" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'yinning dastlabki daqiqalarida samarqandliklar ikki bor burchak to'piga ega bo'lishdi, ammo samara bo'lgani yo'q. 13-daqiqada Qarshi hujumda Ivan Nagaev yaxshi vaziyatdan foydalana olmadi.

14-daqiqada Doston Ibragimovdan kuchli zarba, biroz noaniq. 

18-daqiqada Jasur O'rinov Loqaevning ajoyib uzatmasini golga aylantira olmadi. 

23-daqiqada Sardor Eminovning jarimadan yo'llagan zarbasini Xurshid Xodjaev qaytardi. 

31-daqiqada Doston Ibragimov jarima to'pini amalga oshirdi, Qutiboevning bosh bilan yo'llagan zarbasi davrozas ustuniga tegib qaytdi.

Birinchi taym tugadi.

Ikkinchi taym boshlandi. 

47-daqiqada Qadamboy Nurmatov bosh bilan ajoyib zarba yo'lladi, darvozabondan ajoyib seyv! 

49-daqiqada Ibragimov amalga oshirgan jarima to'pini Qutiboev bosh bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq.

50-daqiqada bu safar Ixtiyor Toshpo'latovning zarbasi noaniq chiqdi. 

60-daqiqada Siroj Hamroevning kuchli zarbasini darvozabon qaytarib qoldi!

62-daqiqada Ixtiyor Toshpo'latovdan aylanma zarba, biroz noaniq...

71 - Ketma-ket xavfli hujumlar. Amirjon Safarov va Sardor Eminovning zarbasini darvozabon qaytarib qoldi

76 - Xavfli zarba!!! Toshpo'latov deyarli yakkama-yakka vaziyatga chiqib, bergan zarbasi biroz baland ketdi...

78 - XAVFLI ZARBA! Bu safar ham Sardor Eminovning zarbasi santimetrlar noaniq ketdi 

90+2 - Abdurahmonooov! Bo'sh darvozaga gol ura olmadi. Yakuniy zarba aniq chiqmadi... Omad yuz o'girdi.

Uchrashuvda hisob ochilmadi. 




BUXORO - DINAMO 0:0
19 may 2019 yil. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 20:00.
Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Sultonmurod Ulfatov, Ravshan Abdivohidov.
Nazoratchi: Konstantin Smirnov.
Komissar: Alisher Fayziev.

"Buxoro": Xurshid Xodjaev, Ivan Fatich, Mirjalol Jumaev, Ivan Nagaev, Salamat Qutiboev, Asadbek Sobirjonov, Jamoliddin Ubaydullaev, Behruz SHodmonov, Ergash Ismoilov, Jahongir Abdumo'minov (Akobir To'raev, 89), Doston Ibragimov

"Dinamo": Botirali Ergashev, Mirkomil Loqaev, Hakimxon Alamxonov, Jasur Azimov, Qadamboy Nurmetov (Amirjon Safarov, 65), Bobur Qosimov, Siroj Hamroev (Dilmurod Karimov, 82), Sardor Eminov (Damir Temirov, 86), Jasurbek O'rinov, Ixtiyor Toshpo'latov, SHohruh Abdurahmonov

Ogohlantirishlar: Botirali Ergashev 29.


Buxoro

Superliga. 9-tur

19/05/2019, 20:00

0
:
0
Tugadi

Dinamo

45'
90'


Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика