So’nggi yangiliklar

18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  5 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  9 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  9

Superliga. 20 mingdan ziyod muxlis kelgan derbida "Bunyodkor" "Paxtakor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. 20 mingdan ziyod muxlis kelgan derbida "Bunyodkor" "Paxtakor"ni mag'lub etdi

Teglar :  PaxtakorBunyodkor
Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasini va eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin bo'ldi.

 

2-daqiqada mezbonlar jarima to'pi ishlashdi, Mirjamol Qosimovning zarbasi juda noaniq chiqdi. 6-daqiqada mehmonlar vakili Tiago Bezerra o'ng qanotdan jarima maydoniga kirib borib to'pni sheriklariga uzatdi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi.

13-daqiqada G'iyosov jarima maydoni ichida to'pni egallab oldi va sherigiga uzatdi, Nurmatov to'pga eta olmadi. 

16-daqiqada Sayfiev chap qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Griffitsning bosh bilan bergan zarbasidan keyin Zuhurov to'pni yana ushlab oldi.

18-daqiqada Ismoil Gonsalveshning zarbasini Zuhurov to'pni qiyinchilik bilan qaytardi!

30-daqiqada Masharipovning pasidan so'ng Bezerra juda qulay vaziyatga chiqib bordi, ammo uning zarbasi ustun yonginasidan o'tib ketdi.

Birinchi taymda hisob ochilmadi.

47-daqiqada Masharipov uzoq masofadan zarba berdi, to'p darvoza yonginasidan o'tib ketdi.

59-daqiqada Komilovning pasidan so'ng Nurmatov gol urishi mumkin edi, ammo u to'pga eta olmadi.

62-daqiqada Bezerraning pasidan so'ng Griffits boshi bilan zarba berdi, Zuhurov ajoyib seyv bilan to'pni qaytardi.

66-daqiqada Nurmatov gol urdi, ammo hakam to'p uning qo'liga tekkani uchun golni inobatga olmadi.


79-daqiqa. GOOOOOOOOOOOL! Eldorbek Suyunov dastlabki zarbani qaytardi, qaytgan to'pni Rustam Ashurmatov yaqin masofadan gol urdi - 1:0. 

90+3-daqiqada Sobirxo'jaev to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun penalti belgilandi. Penaltini Jasur Hakimov amalga oshirdi, to'pni Murodjon Zuhurov qaytardi!!!

O'YIN TUGADI. "Bunyodkor" - "Paxtakor" 1:0


Bunyodkor

Rustam Ashurmatov - 79'

Superliga. 2-tur

10/03/2018, 17:30

0
:
1
Tugadi

Paxtakor

45'
90'
46'  Sanzhar Qodirqulov (Davron Umirov)
60'  Mirjamol Qosimov (Sardor Sobirxo’jayev)
79'  Rustam Ashurmatov
85'  Xurshid G’iyosov (Islom Qobilov)
90'  Sardor Sobirxo’jayev
90'  Rustam Ashurmatov
69'  Bahrom Abdurahimov (ZHasur YAxshiboev)
78'  Ismoil Gonsalvesh (Jasur Hakimov)
82'  Dilshod Rahmatullayev (Azim Ahmedov)


10 mart (shanba). Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 20186 tomoshabin
17:30 - “Bunyodkor” – “Paxtakor” 1:0
Hakamlar: 
SH.Qosimov (Toshkent), S.SHoyusupov (Toshkent), O.Abduvasilov (Toshkent), I.Xudaydatov (Toshkent).
Nazoratchi – R.Serazitdinov.
Komissar – M.Saidqosimov.

Gol: Rustam Ashurmatov 79, - 1:0.

Amalga oshirilmagan penalti: Jasur Hakimov 90+3 (darvozabon).

"Bunyodkor": 25.Murod Zuhurov - 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 2.Rustam Ashurmatov, 6.Anvar G'ofurov, 4.Akrom Komilov - 8.Javlon Ibrohimov, 44.Mirjamol Qosimov (18.Sardor Sobirxo'jaev, 60), 30.Xurshid G'iyosov (3.Islom Qobilov, 85) 11.Murodjon Toshmatov, 9.SHahzodbek Nurmatov, 13.Sanjar Qodirqulov (28.Davron Umirov, 46).  
Zaxira: 32.Suhrobjon Sultonov, 10.Abdulla Abdullaev, 14.Mirjahon Mirahmatov, 15.Farruh Ikromov, 21.Rasul Yo'ldoshev, 99.Filipp Raevac.

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov - 2.Akmal SHorahmedov, 4.SHerzod Azamov, 55.Marko Simich, 34.Farruh Sayfiev - 8.Dilshod Rahmatullaev (7.Azimjon Ahmedov, 82), 80.Rostin Griffits - 77.Tiago Bezerra, 18.Bahrom Abduraximov (22.Jasur Yaxshiboev, 69), 9.Jaloliddin Masharipov - 11.Ismoil Gonsalvesh (20.Jasur Hakimov, 78).
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 10.Jamshid Iskanderov, 21.Kamoliddin Tojiev, 27.Doston Ibrohimov, 28.Stanislav Andreev, 29.Vladimir Kozak.

Reyting: +80   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика