So’nggi yangiliklar

23:50"Ал Ҳилол" Нуньес вакиллари билан боғланди. "Ливерпуль" ҳужумчиси таклифга рози  0 23:24Польша терма жамоаси ўйинчилари Левандовскининг сардорлик боғичи олиб қўйилганини "нишонлашди"  3 22:32ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз уйида мағлуб бўлди  20 22:21Расман: "Манчестер Сити" 40 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  12 22:08Алонсо "Реал"даги илк машғулотини ўтказди  1 21:41Левандовски терма жамоадан кетиши ҳақида: "Мураббий ишончимга хиёнат қилди. Гап ҳатто сардорлик боғичини олиб қўйиш қарорида ҳам эмас, балки бу ҳақда қандай хабар беришганида"  8 21:27Ўртоқлик учрашуви. U23 Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасини мағлубиятга учратди  0 20:37Ўзбекистон терма жамоасининг Қатар билан беллашувдан олдинги расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  15 20:22Хулен Лопетеги: "Катанец жуда яхши ишлар қилиб кетди, энди эса Тимур бу ишларни давом эттирмоқда. Ўзбекистон каби Осиёдаги энг кучли жамоаларга қарши майдонга чиқиш – анча жиддий чақирув"  14 20:05Тимур Кападзе: "Катанец билан бир-биримизни табрикладик. Биз Қатардан ҳар жабҳада кучлимиз"  37 19:37Остон Ўрунов қанча муддатга сафдан чиқди?  13 19:10Сергей Лебедев: "Ўтган ўйиндаги каби ҳаракат қила олмадик"  1 18:53"Интер"нинг бўлажак мураббийи "Парма"ни тарк этди  0 18:32Расман: Николич ЦСКА бош мураббийлигидан кетди  2 18:20"Манчестер Сити" дарвозабони клубни тарк этди  1

Superliga. "Bunyodkor" yangi murabbiy qo'l ostida "Navbahor"dan ochko tortib oldi, ikki nafar futbolchi dubl qayd etdi Yangiliklar

Superliga. "Bunyodkor" yangi murabbiy qo'l ostida "Navbahor"dan ochko tortib oldi, ikki nafar futbolchi dubl qayd etdi

Teglar :  BunyodkorNavbahor
O'zbekiston Superligasi 3-tur doirasidagi "Bunyodkor" - "Navbahor" o'yini yakunlandi.

"Bunyodkor" — "Navbahor" 2:2

Bosh hakam: Olim To'ychiboev.

Qanot hakamlari: Avazbek Abdullaev, Ziyodullo Abdurahmonov.

Zaxiradagi hakam: To'rabek Suyunov

VAR: Akobirxo'ja SHukurullaev.

AVAR: SHaxnur Yo'ldoshev.

Nazoratchi: Marat Ismailov.

Komissar: Jamshid Imamov.

Gol: 0:1 — 60, Toma Tabatadze., 1:1 — 67, Mirjahon Mirahmadov, 1:2 — 73, Toma Tabatadze, 2:2 — 90+6, Mirjahon Mirahmadov.

"Bunyodkor: 71. Sarvar Karimov, 3. Maxmudjon Mahamadjonov, 7. Suhrob Izzatov, 10. Rasul Yo'ldoshev (8. Frane CHiryak, 55), 11. Temurxo'ja Abduxoliqov (9. Umidbek Sultonov, 59), 17. Ollabergan Karimov (47. Rustamxon Azimov, 88), 19. Bilol Tupliev (92. Toni Yovich, 88), 45. Farhod O'tkurov (14. Mirjahon Mirahmadov, 59), 57. Amir To'raqulov, 66. Azizbek To'lqunbekov, 77. Muzaffar Olimjonov.

Zaxira: 1. Marin Lyubich, 4. Najmiddin Normurodov, 5. Momchilo Rasho, 6. Samir Zelkovich.

"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 6. Ibrohim Yo'ldoshev, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 11. Asadbek Sobijonov (17. Ruslanbek Jiyanov, 46), 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboev, 22. Toma Tabatadze (71. Navro'zbek Iminjonov, 89), 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiev, 77. Abrorbek Ismoilov.

Zaxira: 12. Aleksandr Lobanov, 7. Azimjon Ahmedov, 8. Siyavash Haqnazari, 21. Giorgi Nikabadze, 24. Dostonbek Abdulhaev, 27. Ozodbek O'ktamov, 33. SHodiyor SHodiboev.

Ogohlantirishlar: Abrorbek Ismoilov (32), Farhod O'tkurov (55), Muzaffar Olimjonov (77), Samvel Babayan (86), O'tkir Yusupov (90+3)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+6. GOL! "Bunyodkor" hisobni tenglashtirdi! CHiryakning zarbasi Mirahmadovga tegib, rekoshet hosil qildi va raqib darvozasidan joy oldi.

90+3. O'tkir Yusupov vaqt cho'zgani uchun ogohlantirildi.

90. Ikkinchi bo'limga 9 daqiqa qo'shib berildi.

87. Tabatadze jarohat olgan ko'rinadi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

86. Babayanning kuchli ovozdagi etirozi hakamning sariq kartochkasini yuqoriga ko'targunga qadar davom etdi.

85. Mirahmadovning zarbasiga Hojiboy Tojiboevning futbol darvozasi to'g'risida aytgan jumlasi mos keladi.

82. Tabatadzening oyog'iga futbolga bo'lgan muhabbatini aks ettirishi uchun "calcio amore" yozuvi tushirilgan ekan.

77. "Navbahor"da qulay standart vaziyat yuzga keldi. Ko'ramiz, Iskanderov to'pni darvoza to'ri tomon yo'llarmikan yoki darvoza ortidagi klub muxlislariga sovg'a qilarmikan.

73. GOL! Toma-toma ko'l bo'lur, Toma tepgani gol bo'lur! Tabatadze 11 metrli nuqtada adashmadi!

72. "Bunyodkor" darvozasi tomon penalti belgilandi!

67. GOL! Mirahmadov hisobni tenglashtirdi! "Bunyodkor" shu erda ekan-ku, biz ularni ikki turdan beri qidirib yurgandik!

64. Mehmonlarda xavfli vaziyat yuzaga keldi. To'raqulovning zarbasiga aniqlik etishmadi.

60. GOL! Sayfievning uzatmasidan so'ng Tabatadzening mohirona zarbasi "Og'iz ochar"dan keyin ko'pchilikning og'zini ochirib qo'ydi.


59. "Bunyodkor"da ikki o'zgarish ro'y berdi. 

55. Ogohlantirish! O'tkurov to'p uchun Makgregor bilan kurash olib borayapman deb tasavvur qilib yubordi, shekilli.

54. CHiryak zaxiradan maydonga tushish arafasida, u bugun boshlang'ich 11 talikdan tashqarida qolgan o'yinchi sanaladi.

51. ZARBA! Mahamadjonov bolaligida "Suyunchi" filmini ko'p tomosha qilganga o'xshaydi. Derazalarning narxini kimdir eslatib qo'ysin unga.

49. Uxx... "Bunyodkor" futbolchisining Hamrobekovga tashlanishidan so'ng hatto maysa ham jarohat oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Navbahor"da Jiyanov maydonga tushirildi. Sobirjonov zaxiraga olindi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. "Bunyodkor" dastlabki taymda shunday o'yin namoyish etdi.


45+1. Ertaklarda qahramonning qarshisidan uchta yo'l chiqardi. Biri – borsa kelmas, ikkinchisi borsa – xatar, uchinchisi – borsa kelar. Tabatadze tepgan to'p birinchi yo'lni tanladi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

42. "Navbahor" darvoza tomon zarba bergunga qadar 42 daqiqa vaqt o'tdi. Sobirjonov tepgan to'p mo'ljaldan ancha nariga ketdi, ehtimol, G'afur G'ulom istirohat bog'idagi ko'ldan topilib qolar.

38. Ivanovichdan uzatma... menimcha, u butsasining o'ng oyog'i bilan chapini alishtirib kiyib olgan.

32. Ismoilov raqib oyog'ini yanchib tashlashiga bir bahya qoldi. Uning bu harakati faqat tegirmonxonada naf beradi.

29. Srechko Katanec uchrashuvni stadiondan kuzatib boradi va baribir terma jamoaga o'zi bilgan o'yinchilarni chaqiradi.

26. Hakam o'yinni davom ettirishni maqul deb topdi. Tabiiy holat deb baholangan.

25. Iskanderovning jarima zarbasidan so'ng to'p "Bunyodkor" jarima maydonida Abduxoliqovning qo'liga tegdi. 

21. Sobirjonov qoidabuzarlikni shunchalik aniqlik bilan amalga oshirdiki, hatto hakam ham bunga beetibor qaray olmadi.

19. "Bunyodkor" futbolchilar cho'g'dagi kartoshkani bir-biriga irg'itayotgandek to'pni tez-tez sheriklariga oshirmoqda.

14. "Bunyodkor" yana bir marotaba "Navbahor"ni vahimaga solib yubordi. So'nggi lahzada mehmonlar himoyachisi vaziyatni bartaraf etdi.

10. "Bunyodkor" tezkor qarshi hujumga o'tdi. CHap qanotdan tezkor yurish natijasida to'p darvoza to'riga emas, O'tkir Yusupovning bag'riga kelib tushdi.

7. Ofsayd 14 yanvarga o'xshaydi: seni bayraming-u, lekin ishga borishing kerak. Abrorbek Ismoilov hozir shunday qulay vaziyat sodir etganiga qaramay, shuncha urinishi inobatga olinmadi.

6. "Bunyodkor" tezkor hujum tashkil qildi, biroq yakuniy uzatmada aniqlik etishmadi.

2. O'tkir ismiga mos burchakni nishonga olgandi, biroq uning zarbasi o'ylaganidek chiqmadi.

Bugun "Bunyodkor" to'q binafsharang, "Navbahor" esa oq rangli liboslarda harakat qiladi.

1. Uchrashuv boshlandi! Mazkur tur avvalida ikki o'yinda o'z darvozasidan 8 ta to'p olib chiqqan "Bunyodkor"da murabbiylar o'zgardi. SHunday ekan, jamoa darvoza ortida o'tirgan muxlislar bellashuvni unchalik cho'chimasdan tomosha qilsa bo'ladi, deb o'ylayman.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика