So’nggi yangiliklar

22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9

Superliga. Bugun "Loko" Termizda o'ynaydi, "Buxoro" "Paxtakor" mehmoni bo'ladi Yangiliklar

Superliga. Bugun "Loko" Termizda o'ynaydi, "Buxoro" "Paxtakor" mehmoni bo'ladi

Bugun Superliganing 16-turidan o'rin olgan dastlabki 4ta o'yin bo'lib o'tadi.


“Surxon” – “Lokomotiv”
10 avgust 2019 yil. Termiz. "Surxon" stadioni. 18:00
Hakamlar:
Viktor Serazetdinov, Rasuljon Fozilov, SHohruh Azamov, Naim Qosimov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Sardor Qudratullaev

O'tgan haftada O'zbekiston Kubogi nimchorak finali doirasida to'qnash kelgan ikki klub bu safar Superliga doirasida kuch sinashishadi.

Termizliklar chempionat doirasidagi oxirgi 3ta o'yinning barchasida mag'lub bo'lishdi. "Lokomotiv" esa safardagi so'nggi ikki uchrashuvning har ikkisida (Samarqand va Jizzaxda) imkoniyatni boy berdi.

Birinchi davrada Toshkentda kechga bahsda "Lokomotiv" bu raqib ustidan yirik hisobda zafar quchgan edi - 5:1.

"Surxon" bu mavsum o'z uyidagi 8ta o'yinning faqat bittasida yutqazib qo'ydi xolos. "Temiryo'lchilar" esa safarda oltita uchrashuvda maydonga tushishdi va atigi ikki bor g'alaba qozonishdi.

Bu klublar O'zbekiston chempionatida uch marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Bitta uchrashuvda "Lokomotiv" 5:1 hisobida g'olib bo'lgan, qolgan ikki uchrashuvda esa 0:0 hisobi qayd etilgan.

Surxon

Abdulaziz Yusupov - 74'

Superliga. 16-tur

10/08/2019, 18:00

1
:
1
Tugadi

Lokomotiv

Sherzod Karimov - 90'

45'
90'
74'  Abdulaziz Yusupov
90'  Sherzod Karimov




“Dinamo” – “Qo'qon-1912”
10 avgust 2019 yil. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 18:00
Hakamlar
: Vadim Agishev, Ravil SHoyaxmitov, Olim Abduvosilov, Ilya Ilin
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Diyor Imomxo'jaev

Ikkinchi davraning dastlabki ikki uchrashuvini Toshkentda o'tkazgan "Dinamo" ikki marta mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Davron Fayziev boshchiligidagi jamoa Superligada ketma-ket uchta o'yindan buyon faqat mag'lub bo'lmoqda. Samarqand klubi o'z maydonidagi 8ta uchrashuvdan faqat bittasida imkoniyatni boy berdi xolos.

"Qo'qon-1912" esa 10ta uchrashuvdan buyon hech kimni yuta olgani yo'q (3 durang va 7 mag'lubiyat). Aziz To'xtaboev boshchiligidagi qo'qonliklar bu mavsumdagi birgina g'alabasini safardagi bahsda qo'lga kiritishgani etiborga molik. "Qo'qon-1912" bu yil Superligada eng ko'p mag'lub bo'lgan klub bo'lib turibdi - 9ta.

Birinchi davrada bu jamoalar o'rtasidagi o'yinda 2:2 hisobi qayd etilgan. Qizig'i o'shanda barcha 4ta golni ham "Dinamo" azolari urishgandi - 2ta raqib darvozasiga, 2ta o'z darvozasiga.

Bu klublar O'zbekiston chempionatida jami 19 marta to'qnash kelishgan. Natijalar vodiy klubining ustunligini ko'rsatmoqda. Qo'qonliklar 8 marta g'alaba qozonishgan. Besh marta Samarqand klubi zafar quchgan va olti uchrashuvda durang qayd etilgan.

"Qo'qon-1912" Samarqanddagi 9ta uchrashuvning 2tasida g'olib bo'la olgan (2000 va 2015 yillarda). "Dinamo" bu jamoani o'z maydonida besh bor taslim qilgan va 2 bor durang o'ynagan.

Dinamo

Superliga. 16-tur

10/08/2019, 18:00

1
:
0
Tugadi

Qo’qon-1912

Shahboz Erkinov - 1'

45'
90'
1'  Shahboz Erkinov
64'  Sobit Sindarov




“Navbahor” – AGMK
10 avgust 2019 yil. Namangan. "Markaziy" stadioni. 20:00
Hakamlar:
Aziz Asimov, Ruslan Serazetdtinov, Aleksandr Sidorov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Ikkinchi davrani omadsiz tarzda boshlagan ikki klub o'rtasidagi bahs. "Navbahor" dastlab o'z maydonida "Qizilqum"ga yutqazib qo'ydi (0:1), so'ngra Buxoroda 0:0 hisobida durang o'ynadi. Ko'rib turganingizdek "lochinlar" ketma-ket ikki uchrashuvda raqib darvozasiga gol ura olishmadi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK esa ikkinchi davrani Bekoboddagi mag'lubiyat bilan boshladi (1:2), keyin o'z maydonida "Andijon" bilan durang qayd etildi (2:2).

Birinchi davrada Olmaliqda kechgan uchrashuvda durang qayd etilgan - 1:1.

Bu jamoalar o'rtasidagi o'zaro 23ta o'yinning 10tasida olmaliqliklar zafar quchishgan. Ettita uchrashuvda "lochinlar" g'olib bo'lishgan. Yana 6ta bahsda bahs durang bilan tugagan. AGMK Namanganda o'tgan 11ta o'yinning 3tasida zafar quchgan. So'nggi bor 2013 yilgi mavsumda Olmaliq klubi safarda bu jamoani taslim qilgan edi.

Navbahor

Superliga. 16-tur

10/08/2019, 20:00

1
:
0
Tugadi

OKMK

Zafar Polvonov - 42'

45'
90'
42'  Zafar Polvonov




“Paxtakor” – “Buxoro”
10 avgust 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 20:00
Hakamlar:
Jasur Muhtorov, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Ravshan Abdivohidov
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov
Komissar: Ramil Ilyasov

Ikkinchi davrada gol ura olmagan "Buxoro" bu mavsumda umuman mag'lub bo'lmagan yagona klub "Paxtakor"ga qarshi.

"Buxoro" oxirgi 11ta turda faqat bir marta g'alaba qozondi xolos. "Paxtakor" esa ketma-ket 7ta o'yindan buyo raqiblarni mag'lub etib kelmoqda.

Birinchi davrada bu klublar o'rtasidagi Buxoroda o'tgan uchrashuvda "sherlar" 5:0 hisobida g'alaba qozonishgan.

"Paxtakor" 15ta turda eng ko'p gol urdi - 45ta. "Buxoro" esa aksincha eng kam to'p kiritdi - 8ta.

Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida jami 55ta o'yin o'tkazishgan. 39ta uchrashuvda "sherlar" 3 ochkoni qo'lga kiritishgan bo'lsa, 7ta bahsda "Buxoro"ning qo'li baland kelgan. Yana 9ta o'yinda durang qayd etilgan.

"Buxoro" klub Toshkentda "Paxtakor"ni faqat bir marta mag'lub eta olgan. Bu voqea 1996 yilda sodir bo'lgan.

Paxtakor

Igor Sergeyev - 6', Marat Bikmayev - 12', Dragan CHeran - 23', Marat Bikmayev - 64', Dragan CHeran - 67'

Superliga. 16-tur

10/08/2019, 20:00

0
:
5
Tugadi

Buxoro

45'
90'
6'  Igor Sergeyev
6'  Dragan CHeran
12'  Marat Bikmayev
23'  Dragan CHeran
23'  Farrux Sayfiev
64'  Marat Bikmayev
64'  Igor Sergeyev
67'  Dragan CHeran


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика