

Chempionat autsayderi "Qo'qon-1912" o'z maydonida o'tgan tur sensacion tarzda "Lokomotiv"dan ustun kelgan "So'g'diyona"ni qabul qiladi. Amaldagi chempion "Lokomotiv" esa Toshkentda "Dinamo" bilan kuch sinashadi.
Oldingi tur Namanganda "Navbahor"ni taslim qila olgan "Qizilqum" Navoiyda "Paxtakor"ni qabul qiladi. Birinchi davrada ushbu jamolar o'rtasidagi bahsda "sherlar" 8:0 hisobida g'alaba qozonishgani ko'pchilikni yodida bo'lsa kerak.
“Qo'qon-1912” – “So'g'diyona”
30 iyul 2019 yil. Qo'qon. "Markaziy" stadion. 18:00 (Cport telekanali LIVE)
Hakamlar: Aziz Asimov, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Maksim Nexochin
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
“Lokomotiv” – “Dinamo”
30 iyul 2019 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 19:00 (Mahalla telekanali LIVE)
Hakamlar: Akobir Shukrullaev, Abduhamidillo Rasulov, Jahongir Saidov, Rustam Karimov
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov
Komissar: Ramil Ilyasov
“Qizilqum” – “Paxtakor”
30 iyul 2019 yil. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 20:00 (Cport telekanali LIVE)
Hakamlar: Viktor Serazetdinov, Olim Abduvosilov, Rishat Nugmanov, Shuhrat Rajabov
Nazoratchi: Andrey Klepikov
Komissar: Abbos Ahrorov



