Superliga. Bugun 14-turning to'rtta o'yini bor
27 iyu 2019 09:38
Yangiliklar


Superliga. Bugun 14-turning to'rtta o'yini bor
BUNYODKOR — DINAMO
27 iyul 2019 yil. Toshkent. TTYMI stadioni. 18:00
Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, N. Qosimov
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin
Komissar: Ahmed Tillaev
O'tgan tur "Dinamo"ning 7 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi barham topgan edi. "Bunyodkor" birinchi davrada o'z maydonida 4ta uchrashuv o'tkazdi (2 g'alaba, 1 durang va 1 mag'lubiyat).
Birinchi davrada ushbu klublar o'rtasidagi Samarqanda o'tgan bahsda “Bunyodkor” 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi.
Bu ikki jamoa O'zbekiston chempionatida jami 21 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. "Qaldirg'ochlar" 17 bor g'alaba qozonishgan. Uch marta durang qayd etilgan. "Dinamo" o'z tarixida bir martagina "Bunyodkor"ni mag'lub eta olgan. Bu voqea 2014 yil Toshkentdagi bahsda sodir bo'lgan.
Toshkentdada o'tgan 10ta uchrashuvning 8tasida “qaldirg'ochlar” g'olib chiqishgan. Bir marta durang kuzatilgan. “Dinamo” ushbu klub ustidan qozongan yagona g'alabasini aynan Toshkentda tantana qilgan.
Bunyodkor Mirzhahon Mirahmadov - 26', Xurshid G’iyosov - 40', Xurshid G’iyosov - 45', Mirzhahon Mirahmadov - 56' |
Superliga. 14-tur 27/07/2019, 18:00 2
:
4
Tugadi
|
Dinamo Ixtiyor Toshpo’latov - 43', Ixtiyor Toshpo’latov - 76' |
SURXON — NASAF
27 iyul 2019 yil. Termiz. "Surxon" stadioni. 18:00
Hakamlar: Zokir Qodirov, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Farrux Yansupov
Nazoratchi: Arslon Hotamov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
“Surxon” bu mavsum o'z maydonida umuman yutqazmadi (4ta g'alaba, 3ta durang). "Nasaf"ning mag'lubiyatsiz seriyasi 3ta o'yinga etdi (2ta g'alaba va 1ta durang).
Dastlabki davrada Qarshida o'tgan o'zaro o'yinda “Nasaf” 2:0 hisobida g'olib bo'lgandi.
Bu ikki klub shu kungacha chempionat doirasida 17 marta o'zaro bahs olib borishgan. 13ta uchrashuvda "ajdarlar" g'olib bo'lishgan. Uch marta durang qayd etilgan. "Surxon" o'z tarixida bir martagina "Nasaf"ni taslim qilgan. Bu voqea 1999 yil Termizdagi bahsda sodir bo'lgan.
Faqat Termizdagi o'yinlarga etibor qaratsak "Surxon" bo'lib o'tgan 8ta uchrashuvning bittasida g'olib bo'lgan. Uch bor durang o'ynagan va 4 marta yutqazgan.
Surxon Abdulaziz Yusupov - 85' |
Superliga. 14-tur 27/07/2019, 18:00 3
:
1
Tugadi
|
Nasaf G'olib G'aybullaev - 1', Humoyun Murtozaev - 60', Doniyor Narzullayev - 89' |
METALLURG — AGMK
27 iyul 2019 yil. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 20:00
Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Ravil SHoyaxmitov, Timur Galeev, I. Ismoilov
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Zohir Akramxonov
"Metallurg" oxirgi 7ta o'yinda umuman g'alaba qozona olmayapti (4ta durang, 3ta mag'lubiyat). AGMK esa so'nggi 3ta turda hech kimga yutqazgani yo'q (1ta g'alaba va 2ta durang).
Birinchi davrada bu jamoalar o'rtasida Olmaliqda kechgan bahsda 1:1 hisobi qayd etilgandi.
O'zaro o'yinlar tarixiga murojaat qilsak Olmaliq klubi 11 marta, Bekobod klubi 10 marta g'alabaga erishgan. O'zaro o'yinlar ikki marta durang bilan nihoyasiga etgan.
“Metallurg” o'z tarixida faqat bir marta o'z maydonida AGMKga yutqazgan (2018 yil).
Metallurg SHavkat Mullazhonov - 31', Bahodir Pardayev - 77' |
Superliga. 14-tur 27/07/2019, 20:00 1
:
2
Tugadi
|
OKMK Zafar Polvonov - 66' |
ANDIJON — BUXORO
27 iyul 2019 yil. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 20:00
Hakamlar: Vadim Agishev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, T. Suyunov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Erkin Baxtiyorov
“Buxoro” bu mavsum safardagi 6ta uchrashuvda bir marta g'alaba qozondi xolos (1 g'alaba, 1 durang, 4 mag'lubiyat). “Andijon” oxirgi 8ta o'yinda hech bir raqibni yuta olmayapti (4 durang, 4 mag'lubiyat).
Birinchi davrada “Buxoro” o'z maydonida bu jamoani 1:0 hisobida mag'lub etgan.
Ushbu klublar bugunga qadar O'zbekiston chempionatida jami 45 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. "Buxoro" 21ta, "Andijon" 12ta g'alabaga erishgan. Qolgan 12ta uchrashuvda durang kuzatilgan.
"Buxoro" Andijonda o'tgan 22ta o'yinning oltitasida g'olib bo'lgan. Andijonda o'tgan oxirgi 4ta o'yinda jamoalar ikki martadan uch ochko sohibi bo'lishgan.
O'zaro o'yinlarning so'nggi to'rttasida (xoh uyda, xoh safarda bo'lsin) "Buxoro" to'rt marta g'alaba qozongan.
Andijon Oybek Qilichev - 76', Farhod Bekmurodov - 90' |
Superliga. 14-tur 27/07/2019, 20:00 0
:
2
Tugadi
|
Buxoro |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar