Superliga. Birinchi turda eng ko'p to'qnash kelgan ikki juftlik, har ikkisida "So'g'diyona" ishtirok etgan
01 fev 2025 16:10
Yangiliklar
Superliga. Birinchi turda eng ko'p to'qnash kelgan ikki juftlik, har ikkisida "So'g'diyona" ishtirok etgan
Jamoalar o'z raqiblarini aniqlab olishi oldidan qiziqarli malumotlar bilan o'rtoqlashamiz.
CHempionat tarixi davomida ikki juftlik 1-turda eng ko'p (5 marotaba) to'qnash kelgan, bular: "So'g'diyona" — "Andijon" va "So'g'diyona" — "Bunyodkor".

Farg'onaning "Neftchi" klubi ilk turda jami 20 ta jamoa bilan to'qnash kelgan holda bu ko'rsatkich bo'yicha etakchilik qilmoqda. "Paxtakor" va "Navbahor" chempionatni 19 ta turli raqibga qarshi boshlagan.

Navoiyning "Zarafshon" jamoasi quraning ilk turida takror ro'baru kelmagan eng ko'p raqibga qarshi maydonga tushgan jamoa sanaladi. Oxirgi marta viloyatning boshqa jamoasi — "Qizilqum" bronza medalini egallagan mavsum yuqori divizionda ishtirok etgan "Zarafshon" olti mavsum davomida 6 ta jamoa bilan to'qnash kelgan.
Qadrli futbol ixlosmandlari! Yangi mavsumning ilk turida qaysi juftliklar tushishini taxmin qilyapsiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar