So’nggi yangiliklar

10:41Испания терма жамоаси ҳужумчи бир ойга сафдан чиқди  0 10:05Луис Суарес Лига кубоги финалида рақибига тупургани учун МЛСда учта ўйинга дисквалификация қилинди  2 09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  4 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  3 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  7 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  2 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  2 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  23 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  11 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  44 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  5 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  81 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  133 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1047

Superliga. Birinchi davraning 5 kashfiyoti Yangiliklar

Superliga. Birinchi davraning 5 kashfiyoti

Superliga yashil maydonlarini yondirgan yosh futbolchilar haqida.

Avvalgi mavsumda bo'lgani kabi futbol jamoatchiligi joriy yilda ham bir qator yangi nomlarga guvoh bo'lishdi. Murabbiylar tomonidan bildirilgan ishonchni qaysidir manoda oqlashga harakat qilishdi. O'z klubidagi o'yinlari bilan terma jamoadan ham chorlov olganlarni ko'rdik. Quyida shu haqida gap boradi. 

1. Xondamir Mustafoqulov ("So'g'diyona")

Ivan Boshkovich Jizzaxda yangi nomlarni kashf qilishda davom etmoqda. O'tgan yili u Samandar Mavlonqulov, Samandar Sindorov, Mirjalol Abdumutalov kabi futbolchilarga asosiy tarkibda ishonch bildirgan edi. Joriy mavsumda esa yana bir futbolchi, 2003 yilda tug'ilgan Xondamir Mustafoqulov "So'g'diyona"da Superligada debyut qildi. CHernogoriyalik mutaxassis unga 10 ta o'yinda imkoniyat berdi, Xondamir 13-turda "Dinamo" darvozasiga debyut golini urdi. Bu futbolchidan tashqari Otabek Axadovni ham aytib o'tishimiz mumkin. Lekin Axadov ko'proq qizil kartochkasi bilan yodda qoldi. Umid qilamizki, u ikkinchi davrada o'zini ko'rsata oladi. 

2. Islom Mamatkazin ("Andijon")

Islom Mamatkazin o'tgan mavsumdan"Andijon" asosiy tarkibida ko'rinish berishni boshlagandi. Joriy mavsumda esa u yanada yorqinroq o'yin ko'rsatmoqda, Xomyakov unga ko'proq imkoniyat taqdim qilyapti. Himoyachi bo'lishiga qaramasdan 11 ta o'yinda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 3 bor yo'l topdi. Uning gollari "Nasaf", "Lokomotiv", "Bunyodkor" bilan uchrashuvlarda muhim ochkolarni qo'lga kiritilishida yordam berdi. Ayrim pallalarda qizil kartochka olib jamoasini qiyin ahvolga solib qo'yganini hisobga olmasa o'zidan yomon taassurot qoldirmadi deya olamiz. Mamatkazindan ikkinchi davrada yanada yaxshiroq ko'rsatkichlar kutib qolamiz. 

3. Abdulloh Yo'ldoshev ("Lokomotiv")

"Lokomotiv" tarkibida birinchi davrada bitta emas, bir nechta yosh to'p teparlar harakat qildi. Ular orasida Abdulloh Yo'ldoshev nisbatan ajralib turdi deyishimiz mumkin. 2003 yilda tavallud topgan Yo'ldoshev birinchi davradagi barcha 13 ta o'yinda maydonga tushdi va shularning 10 tasida boshlang'ich tarkibdan joy oldi. Kurashga qo'shilishdan qo'rqmasligi, kerakli pallada oldinga o'tib ham yordam berishi va yuqori tempda harakat qila olishi uning ustun tomoni hisoblanadi. Abdulloh bu yil Superligada debyut qildi va jamoasining muhim bo'lagiga aylandi. 

4. Muhammadali Usmonov ("Paxtakor")

Katta nomlar va legionerlardan sekin-asta voz kechayotgan "Paxtakor" ko'proq urg'uni o'z tarbiyalanuvchilariga qaratayotgani barchaga malum. Mavsum boshidagi bir nechta omadsiz natijalar fonida yaxshi tomoni yoshlar o'zini ko'rsatishni boshlab yubordi. Muhammadali Usmonov ham boshqa jamoadoshlari singari SHackix tomonidan imkoniyatga ega bo'ldi. 2023 yil Superligada debyut qilgan Usmonov bu mavsum birinchi davrada 11 ta bahsda to'p tepdi va 2 ta gol urdi. 20 yoshli yarim himoyachi "Olimpik"ka g'alaba golini urgan bo'lsa, yana bitta to'pni mehmonda "Andijon" darvozasiga kiritdi. 

5. Rustam Turdimurodov ("Andijon")

Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanlarida hujumdagi muammolar haqida bong urayotgan pallada iyun oyida katta sahnaga Rustam Turdimurodov kirib keldi. Mavsum avvalida zaxirada qolayotgan hujumchiga Xomyakov so'nggi 4 ta o'yinda to'liq ishonch bildirdi va bu qaror o'zini oqladi. Turdimurodov bu o'yinlarda "Qizilqum" darvozasiga 2 ta, "Navbahor"ga 1 ta gol urdi. Aynan namanganliklarning mag'lub bo'lishi ortidan Samvel Babayan istefosini elon qildi. Turdimurodov ikkinchi davrani ham "Andijon"da o'tkazadi. Bundan kelib chiqib aytganda o'zini ko'rsatishi uchun yana imkoniyat bo'ladi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика