So’nggi yangiliklar

03:07АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да минимал ҳисобда ғалаба қозонди  1 02:26"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламайди. Туринликларга МЮ форварди қизиқ эмас  0 00:40Роналду: "Агар "Манчестер Юнайтед" хўжайини бўлсам, ҳаммасини тўғирлайман"  3 23:42Роналду Саудия Арабистони чемпионатини Францияникидан кучли деб атади: "Лига 1да фақат ПСЖ бор, қолганлар ҳеч нарса эмас"  16 23:00Беллингем Globe Soccer Awards томонидан йил хавбеки деб топилди  1 22:38Роналду барча даврларнинг энг яхши тўпурари сифатида Globe Soccer Awards мукофотини қўлга киритди  5 22:32Globe Soccer Awards. Винисиус йилнинг энг яхши футболчиси  0 22:27Ямал Globe Soccer Awards томонидан йилнинг энг яхши ёш ўйинчисига бериладиган мукофотни олди  0 22:17Араб Кўрфази кубоги. ЖЧ саралашидаги рақибларимиз бўлмиш Қатар ва БАА гуруҳ босқичида қолиб кетишди  2 21:48Эрон Про лигаси. "Персеполис" иродали тарзда ғалабага эришди, Ўруновдан ассист  1 21:36Роналду Яқин Шарқда йилнинг энг яхши ўйинчисига бериладиган Globe Soccer Awards мукофотини олди  17 21:05"Реал" "Ливерпуль"ни расман огоҳ этди  8 20:34Феликс Туркияга йўл олиши мумкин?  0 20:04Аморим: "МЮ мураббийи ҳеч қачон ўзини хавфсиз ҳис қила олмайди"  1 19:37Расман: "Насаф"дан илк "юриш", Умарбек Эшмуродов қайтди  14

Superliga-2024. Mavsum davomida murabbiylar tomonidan aytilgan sara iqtiboslar Yangiliklar

Superliga-2024. Mavsum davomida murabbiylar tomonidan aytilgan sara iqtiboslar

Superliganing 2024 yilgi mavsumida klublarning bosh murabbiylari tomonidan bildirilgan yodda qolarli jumlalarni yodga olamiz.

Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf" bosh murabbiyi):

Har yili katta natijalarni maqsad qilamiz, ammo hali chempion bo'lmaganmiz. Rahbariyat aynan shu maqsadni bu yil oldimizga qo'ygan. 

Jamoani o'yini yaxshi chiqmasa, bu barcha futbolchilarga tasir o'tkazadi.

"Paxtakor" oddiy o'yinchilarni tarkibda olib yurmaydi. 

2:0 juda xavfli hisob.

Bugungi durangdan boshqa klublar manfaat topdi.

"Bunyodkor" qizil kartochkadan so'ng 8-1-0 sxemada o'ynadi.

Biz futbolchilarga keskin o'ynashni aytamiz, biroq qo'pollik bilan emas.

Futbolda barchaga birdek yoqish qiyin.

Bizda etakchilar yo'q. Bu har bir o'yinga tasir ko'rsatyapti.

Maqsadimiz sari oxirigacha kurashishimiz kerak. Mavsum hali-beri yakunlanmaydi. Hozir bizda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. Futbolchilarga har bir bahsga finaldek yondashish kerakligini ko'p marotaba takrorlayapman. Etiborni yo'qotishga haqqimiz yo'q. 

Futbolchining universal bo'lishi bu - juda muhim jihat.  

Har doim natija birinchi o'ringa chiqadi. Yaxshi o'ynab yutqazsangiz, natija bo'lmasa, tanqidga uchraysiz. Biroq yaxshi o'yin unutiladi.  

Bizning yaxshi o'yinimizni ertaga hech kim eslamasiligi mumkin, ammo natijani va qo'lga kiritilgan uch ochkoni eslab qolishadi. 

G'alaba qozonish — yoqimli, kuchli raqib ustidan g'alaba qozonish — ikki karra yoqimli.  

Jamoamizning bir shiori bor: "Nasaf"ga o'xshashi yo'q.

O'yin haqida gapiraymi yoki chempionlik haqidami? 

Bizga aniq bir narsa vada berilmagandi, lekin rahbariyatimiz yaxshi etibor bo'lishini aytib o'tgandi. Bizda barcha futbolchilarning jamoa o'yini uchun qo'shgan hissasi munosib rag'batlantiriladi. 

Biz natija eng muhimi ekanligini tushundik. SHu sababli bazi bir uchrashuvlarda natijani birinchi o'ringa qo'ydik. 

Agar joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchini aniqlamoqchi bo'lsangizlar, ushbu nomzodni "Nasaf" jamoasidan izlayveringlar. 

Mavsum yakunida "Nasaf" bilan bo'lgan amaldagi shartnomam yakunlanadi. Keyin esa, nima bo'lishini o'ylab ko'ramiz. Men O'zbekistonning eng etakchi va bayroqdor jamoasida ishlamoqdaman. "Nasaf"da ishlash meni qoniqtiradi. "Nasaf" menga yana taklif bersa, men ushbu jamoada ishlayveraman. Men jamoaga kerakman va jamoa ham menga kerak. 

Men futbol bilan yashayman. Ko'pchilik buni bilmasligi mumkin, men ertalab soat 8 da ishga kelaman va kechasi 11 da uyga qaytaman. O'zimizning futbol bo'lmasa, xorij futbolini tomosha qilaman. Men bosimni har doim his qilganman. Bosimga ko'nikib ketganman. CHempionlik mening futbolga bo'lgan kasalligimni to'xtata olmaydi. Jamoamga hech qanday vazifa va maqsad qo'yilmagan holatda ham, jamoam yutqazsa men qiynalaman. Men buni qabul qila olmayman. Men shunday insonman. SHu sababli, men har bir musobaqada maksimal natijani qo'lga kiritishga intilaman.  

Bugungi o'yinni hech kim eslamasa kerak. Ammo bugungi kunni tarixiy kun, chempionlik nishonlash sifatida uzoq yillar eslab qolinadi. 

Oldingizdagi maqsadga erishsangiz, bundan-da yaxshiroq xursandchilik bo'lmaydi.

Murabbiy sifatida men uchun klubda ishlash osonroq. CHunki har kun futbolchilar bilan bo'lasiz va qarashlaringizni singdirishingiz oson.  

Kechirasizlar, terma jamoa va Samvel Babayan haqida gaplashmaylik. 

Jamoa jismonan va ruhan tayyor bo'lmasa, hech narsa o'xshamaydi.   

Mirjalol Qosimov (OKMK bosh murabbiyi):

Har doim bir ishni boshlab olish qiyin kechgan.

Bizda doimgidek nima bo'lishidan qatiy nazar yuqori maqsad qo'yilgan.

Qaysi jamoaga qarshi o'ynashimizning farqi yo'q. Eng yomon ko'rganim — bashorat berish. 

Jamaodagi biror bir o'yinchini ajratib ko'rsatish noo'rin, sababi jamoadagi barcha o'yinchi natijaga o'z hissasini qo'shadi. Agar boks yoki kurash sport turi haqida gap ketganda, javobim boshqacha bo'lardi.

Futbolchining 50 yoshida ham harakati yaxshi bo'lsa, nega endi o'ynamasligi kerak?

Daraxt eksang, hosil berishi kerak.

Futbol shashka yoki boshqa sport turiga o'xshash emas, balki kurashlarga boy o'yin hisoblanadi.

Klubning akademiyasi qanchalik kuchli bo'lsa, asosiy jamoa ham kuchli va raqobatdosh bo'ladi. 

Klubda hech kim abadiy emas, men ham qachondir ketaman. Lekin akademiya, tizim va infratuzilma qoladi. 

Tizimsiz futbol qachondir natija berishdan to'xtaydi.

Zo'r o'ynagan uchrashuvda har doim ham g'alaba qozonavermaysiz. Yorqin o'ynashingiz mumkin, ammo natija bo'lmasa foydasi yo'q. 

Yosh futbolchining oyog'i erdan uzilishi kerak emas. 

Men futbolchilarning yurgan qadamidan nima bo'layotganini sezaman.

Statistika bo'yicha futbol eng ko'p jarohat olinadigan sport turi hisoblanadi.

Mirjamol Qosimov ishxonada futbolchi, uyda esa o'g'lim.

Avvalambor, bir kishi kelgan bo'lsa ham, o'sha muxlis uchun o'ynaymiz, u bahsdan xursand bo'lib ketishi kerak.

Natijalarimiz sal yaxshilansa barcha maqtaydi. Biroz omadimiz kelmay, natijalar yomonlashsa tanqid qilishadi. Bu hayot. Bunday gap-so'zlarga normal munosabat bildiraman. 

Hozirgi kunda transfer amalga oshirish juda qiyin ish. Futbolchilar shartnomaga qo'l qo'ymaganiga qadar mashg'ulotga ham chiqmayman deb turib olishadi. 

Medallar uchun kurashadigan jamoa futbolni esdan chiqarib qo'yishi mumkin emas.

"Bobur arena"da "Andijon"ning 12-raqamli o'yinchisi bor, bu, albatta, klub muxlislari. Bu stadionga keladigan hech bir jamoaga oson bo'lmaydi.  

Qiziq savollarni beryapsizlar. O'yinga tayyorgarlik ko'rganda har bir vaziyatga tayyor turish kerak. Olimpiya terma jamoamiz Misr bilan o'yinda himoyachi to'pni uzoqlashtirmoqchi edi, tasodifan gol bo'lib ketdi. Futbolda kutilmagan hodisalar ko'p bo'ladi.

Natijadan ko'nglim to'ldi, ammo jamoam ko'rsatgan o'yindan qoniqmadim. Buni tan olishim kerak. 

Men qaysi jamoada va qanday sharoitda ishlashimdan qatiy nazar, muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etishga intilaman. Yorqin o'yin namoyish etilsa, natija ham o'zini ko'p kuttirmaydi. 

Futbolchilar jamoaga men uchun kelishmaydi. Har bir futbolchi o'zi uchun o'ynaydi, jamoa manfaatiga xizmat qiladi.  

Maydonga chiqqandan so'ng faqat futbol haqida o'ylash kerak. 80-daqiqadan keyin emas, hakam hushtagi chalinib, o'yin boshlanganidan to oxirigacha bir xil balansda o'ynashimiz kerak. 

Agarda maydonda o'yin ko'rsatmay durang o'ynaganimizda, boshimizni devorga ursak bo'lardi.  

O'yin esdan chiqadi, natija qoladi. 

Biz tarix yaratdik, tarixni esa o'chirib bo'lmaydi.

Sergey Lushchan ("Navbahor" bosh murabbiyi):

Asosiy muammomiz - realizaciya. 

Vaziyatlardan gol urgan jamoa g'alaba qozonadi. Bu juda oddiy formula.

Namanganda iqtidorli yigitlar ko'p, faqat muammo shundaki - yigitlarni agentlar... 

Raqib qaysi jamoa bo'lishining farqi yo'q, men har bir bahsni xuddi oxirgi o'yindek his qilaman.  

G'alaba har doim ishonch kayfiyatini shakllantiradi. 

Biz g'alaba qozondik, lekin o'yinimiz "nol".

Bizda "kozirlar" bor ekanmi? Barcha "kozirlarim" maydonda. Biz nimalarnidir yashiradigan darajadagi mahoratli jamoa emasmiz.

O'zbekiston kubogida bosh sovrinni qo'lga kiritsak, bizga samolyot sovg'a qilishadi.

Kubokni yutish istalgan klub uchun moliyaviy afzalliklardan ustunroq. Bu hayot. Pul qachondir tugaydi. Kubok sohibi bo'lish esa keyinchalik bolalaringizga so'zlab berishingiz mumkin bo'lgan tarix hisoblanadi.

Yigitlar bugun 1000 foiz kuchi bilan o'ynashdi.  

Abror Ismoilov - bu Abror Ismoilov. U Leo Messi yoki Ronaldino emas.  

Kelasi yili tarkibda 80 foiz futbolchilar mahalliy bo'lishi yo'lida ishlayapman. 

Haqiqiy professional har doim motivaciya bilan o'ynaydi. Futbol o'ynash uchun ishtiyoq topa olmaslik g'alati. Masalan, puli ko'payib ketib, milliarder bo'lib qolgan futbolchi butsalarini mixga ilishi kerak. 

Menga aytingchi, qaysi jamoada futbolchilar xato qilmaydi? "Barselona"dami yoki "Real"da? Men individual xatoga yo'l qo'ymaydigan futbolchilarni bilmayman. Siz bilsangiz, menga aytib yuboring.

Futbolchilar qaerni xohlashsa, o'sha erga intilishadi. 

Yosh futbolchilardan yangi jamoa tuzish vazifasi qo'yilgan ekan, murabbiylar shtabi 3 karra kuchaytirilishi kerak. Agar rahbariyat 31 dekabrga qadar murabbiylar shtabiga 6 nafar yordamchi olishimga rozi bo'lsa, qolaman. Agar rozi bo'lmasa, demak, ketaman.   

Agar poydevor bo'lmasa, uy qulab tushadi. Klubda yaxshi maktab bo'lishi kerak.

Samvel Babayan ("Navbahor" sobiq bosh murabbiyi):

Odil Hamrobekov darajasidagi futbolchini har bir murabbiy orzu qiladi. 

Muxlislarga murojaat qilmoqchiman, "Navbahor"ga muxlislik qiling, joriy mavsum bu yigitlar bilan kerakli natijaga erishamiz.

"Bunyodkor"ni hurmat qilaman, biroq bunday darajadagi jamoalarni mag'lub etishimiz kerak.

Bizda teng kuchli ikkita tarkib bor emas. Asosiy tarkibga munosib deb hisoblayotganlarimiz 12 nafarni tashkil etadi, qolgani yosh futbolchilar.

Har bir seriya qachondir tugaydi. Bugun g'alaba qozondik va men faqat g'alabaga oid savollarga javob beraman.

Yangi mavsumda barcha jamoalar "Navbahor"ga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rishmoqda. 

"Olimpik" birinchi daqiqadanoq vaqt cho'zish va o'yin tempini o'ldirishga harakat qildi. Bu ishni kasb qilib olgan boshqa bir jamoani bilardim. "So'g'diyona"ni nazarda tutyapman. U erda murabbiy va futbolchilar o'zgarsa ham uslub o'zgarmasdi. Endi bu safga "Olimpik" qo'shilibdi. Olimpiya terma jamoasi asosini tashkil qiluvchi futbolchilarga bu yarashmaydi. 

Hozirgi kunda nominal hujumchi to'purar degani emas. Jiru Rossiyadagi Jahon chempionatida birorta gol urmagan. Lekin Franciya termasi bosh murabbiyi uni juda maqtagan.

Men hech qachon terma jamoaga chaqirilayotgan futbolchilarni tanqid qilmayman. Sababi men o'zim barchasidan o'tganman. 

Ko'p gapirishga hojat yo'q. Jamoaga nimadir bo'lyapti. Balki omad etishmayotgandir.

Penaltini ko'rdingiz, 100 tadan 100 ta gol uradigan futbolchi noaniq zarba yo'lladi. 

Men ham Namanganda chempionlik bayrami bo'lishini xohlayapman. Yordamchi murabbiylar bilan kuniga 24 soat ishlayapmiz. Bor etiborim jamoada, baribir nimadir etishmayapti. 

O'zimizga bo'lgan ishonch so'nib bormoqda. Bu bizga ortiqcha bosim yuqlayapti. Futboldagi eng qiyin vazifa — raqib darvozasiga yo'l topish.

Ettita uchrashuvda durang qayd etgandan ko'ra, bir marotaba mag'lub bo'lgan yaxshi.

Oxirgi ikki o'yinga jamoani to'liq tayyorlay olmadim, bu o'yin sifatiga tasir qildi. “Navbahor” bilan yana 1,5 yillik shartnomam bor va tovon pulidan bosh tortdim hamda hech qanday moliyaviy davolarsiz ketyapman. Uzoq muddatli shartnoma tuzib, klubdan pul siqib chiqarib, uni qiyin moliyaviy ahvolga solib qo'yish adolatdan emas. Ishonamanki, “Navbahor” ko'zlangan natijalarga erishadi.

Ivan Boshkovich ("So'g'diyona" bosh murabbiyi):

Futbolchilarning sifati o'yin rejasini hal etadi.

CHempionatimizda zaif jamoaning o'zi yo'q. Istalgan jamoa istalgan raqibini mag'lub etishi mumkin. 

Men ham insonman. O'yin vaqtida emociya bo'ladi.

Men nechta o'zgarish amalga oshirdim? Jarohatlar nechta bo'ldi. Siz hozir arabcha futbolga qiyoslarsiz balki. Faktlar bilan o'z o'yinimizni izoxlab bera olaman. Men uch marta shifokorlarni maydonga tushishdan qaytardim, bu fakt.

Futbolda yaxshiroq o'ynagan jamoa har doim ham g'alaba qozonavermaydi.

CHempionatimizda qaysi jamoa raqib bo'lishidan qati nazar, 90 daqiqa o'yinni nazorat qilishning imkoni yo'q.

Maqsadimiz har bir keyingi uchrashuvdagi raqibni mag'lub etish. Mening falsafam shunday.  

Bilasizmi, shu maydon bizning uyimiz. SHu maydon bizning oilamiz. SHu orqali ishlaymiz, pul topamiz, oila boqamiz va hokazo. SHunday ekan, biz bu maydonga har doim moslasha olishimiz kerak, axir ishimiz shunaqa.

G'alabaga erishish uchun futbolni yurakdan o'ynash kerak, yosh bolalarcha yo'l qo'yilgan xatolar kechirilmaydi.

Hech qaysi bir murabbiy bor-yo'g'i bir vaziyatda xato qilgani uchun futbolchini zaxiraga olmaydi.  

Futbolda doim yaxshi o'ynagan jamoa g'alaba qozonmaydi.

Vitaliy Levchenko ("Neftchi" bosh murabbiyi):

"Navbahor" va "Paxtakor" "Neftchi"dan kuchlimi? Buni jurnalistlar aytishi kerak".

Futbolda raqobat kerak. Raqobat bor joyda futbolchi o'sishga erishadi.

Biz yangi jamoa tuzdik. Barcha muammolar hal etilib, bir tizimga o'tishimiz uchun biroz vaqt kerak. Jamoani yig'ish birinchi bosqich. Ikkinchi bosqich esa yangi jamoani bir uslubga moslashtirish. Biz ikkinchi bosqichdamiz. Bizga stabillik etishmayapti. 

OKMKga qarshi asabiy yakun bo'lmaganda, jamoa o'yinini maksimal ball bilan baholagan bo'lardim. 

Jamoada ichki muammolar bor. O'sha muammolarni hal etishimiz kerak. Bu haqda ommaga jar solishni istayman. Umid qilamanki barchasi tez orada to'g'irlanadi.

Effiong nega erta zaxiraga olindi? Agar meni o'rnimga murabbiylik kursisiga o'tirsangiz, qaror qabul qilishingiz mumkin. Ana shunda, kimni almashtirish va olib qolishni hal qilasiz. Sizningcha u yaxshi o'ynadi-mi? Maydonda juda yomon ko'rindi. Tezlik etishmadi. Hujumchilarga, mahorat, balki omad etishmagandir. 

Bizga hozircha mahalliy futbolchilar kerak. Sababi o'zimizning futbolchilarga adaptaciya uchun vaqt kerak emas. Legionerlarga esa vaqt kerak. Ular jamoaga kirishib ketishi qiyinroq.

Hozir "Neftchi" bilan amaldagi shartnomam bor va faqat shu haqda o'ylayapman. 

Futbol hayoti shunaqa, hech kim uchun doimiy joy kafolatlanmaydi.

Bilasizmi, hujumchi shunday poziciyaki, undan doim gol urishni so'rashadi.

Barchangiz futbolni tushunasizlar, zamonaviy futbolda natija birinchi o'ringa qo'yiladi. CHiroyli futboldan mano yo'q.  

Italiya chempionatini kuzatib borasizmi? Italiyada butun o'yin davomida bitta gol uriladi va qaysidir jamoa g'alaba qozonadi. Men futbolni shunday tushunaman.  

CHempionlik uchun kurashadigan jamoada tizim SHveycariyada ishlab chiqariladigan soat kabi aniq ishlashi kerak.  

Bizda yoshlarga sharoitlar etarlichami? SHu sababli yoshlar yo'q.

 Mavsumni Amerika attrakcioniga qiyoslasa bo'ladi. Bir mag'lub bo'lgan jamoa pastga sho'ng'iydi, g'alaba qozongani esa anchagina tepaga chiqadi.

Maksim SHackix ("Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi):

Bosh murabbiyning jamoadan har doim ham ko'ngli to'lmaydi. Biz shunday yo'nalishni tanladik va o'zgarishlar bir kunda ro'y bermaydi.

Asosiy maqsadimiz — terma jamoalar uchun ko'proq futbolchi etkazib berish.

Biz hech kimni majburlab ushlab o'tirmaymiz. Hatto, amaldagi shartnomasi bor futbolchilar bilan ham hayrlashishga tayyormiz, agar ular jamoadagi o'rnidan norozi bo'lishsa.

"Paxtakor" har doim chempionlik ruhiga ega bo'lgan jamoa. Jamoa kim kelishidan qatiy nazar jamoada chempionlik ruhi bor. 

Dastlabki golni urib olganimizdan so'ng negadir g'alati o'yin ko'rsatishni boshladik. SHu, gapiradigan boshqa gapim yo'q.

"Metallurg"ga qarshi bahs murabbiylar uchun qo'lda validol ushlab ko'radigan o'yin bo'ldi.

Hozirgi "Paxtakor"ga qarab baho bermanglar, sababi biz katta o'zgarishlarga qo'l urdik. Bu hali tayyor mahsulot emas.

Bizda esa katta o'zgarishlar bo'lib ketdi. To'g'ri, juda iqtidorli yosh futbolchilar ham uchrab turadi, lekin ular sanoqli. Masalan 40 ta yosh futbolchidan Abbos Fayzullaevga o'xshagan bittagina "vunderkind" chiqishi mumkin.

Imkoniyatlar hammada teng. Kim kuchliroq ekanligini dekabrda bilib olamiz.

3-5 yil ichida terma jamoada hujumchi etishmovchiligi boshlanadi.

Bilasizmi, meni nima xursand qilmoqda? "Paxtakor" kuchsiz vaqtida ham barcha bizdan cho'chimoqda.

Hamma xato qiladi. Buyuk futbolchilar ham xatolar qilgan.

Butun stadion sizga qarshi muxlislik qilsa ham siz professional sifatida o'z o'yiningizni o'ynashingiz kerak.

Bizni sovrinli o'rinlar qiziqtirmaydi. Bizga faqat chempionlik kerak. Men hech qachon musobaqa jadvaliga qaramayman. Jadvalga faqat dekabr oyi yakunida qarayman. 

Superliga Angliya chempionatini eslatadi, u erda, aytaylik, "Manchester Siti" "Brentford" yoki "Stok Siti" maydoniga borib yutqazishi mumkin. 

Bizda asosiy darvozabon, zaxira darvozabon degan tushuncha yo'q. Kim tayyor bo'lsa, o'sha o'ynaydi.

Men statistikaga etibor bermayman.  

Men doimo futbolchilarim va hakamga gapiraman. Sizlar esa o'zingizni hurmat qilishingiz kerak. Bo'lmasa bir umr latta bo'lib qolib ketasiz. SHu sababli o'zingizni hurmat qiling va masxaraboz kabi tutmang.  

Futbol hech nimani kechirmaydi.

O'zbekistonda biz toza futbol vaqti bilan barchadan oldindamiz. Har o'yinda 46 daqiqa. Bunday futbol bilan qaerga bormoqchimiz? Jahon chempionatiga chiqamizmi yoki Olimpiadani yutamizmi? 46 daqiqa!  

Hakamlarni deyarli sezmaymiz. Faqatgina jiddiyroq holatlarda ko'ramiz, boshqa paytlarda ular maydonda ko'rinmaydi. 

Hakamlar futbol o'ynashimizga halaqit qilmasligi kerak. 

Biz kimdir yomon o'ynadi deb zaxiraga olmaymiz. Almashdimi demak nimadir qo'shish kerak. 

CHeran, Sobirxo'jaev borasidagi savollar menga berilmasin. Bu mavzu yopilgan.

Har yili bir xil tarkib bilan bir xil futbol o'ynab bo'lmaydi, buning iloji yo'q. 

Futbolchilar "qulay zona"ga tushib qolsa, o'sishdan, o'ylashdan to'xtab qoladi. 

Sen bu sportga nima sababdan kirib kelding? SHunchaki vaqtni o'g'irlash uchunmi? 

Hammaning o'z maqsadi bo'lishi kerak. Maqsad bo'lmasa nima sababdan maydonda harakat qilasan? Kun o'tkazish uchunmi?  

Meni shamol qaerdan esayotganini bilmaydi deb o'ylaysizmi? Bilaman. 

Bu erga Trappatoni yoki Anchelottini olib keling, keyin ko'ramiz. 

Futbolchilar o'zining o'yinini tahlil qilmasa, xulosa chiqarmasa o'sishga erishmaydi.

Fevzi Davletov ("Surxon" bosh murabbiyi):

Maqsadimiz o'tgan yilgi o'yin sifatini saqlab qolish. 

Jamoada hammasi yaxshi, faqatgina natija yo'q.

Nimelining jarohati bor va u hali tiklanishga ulgurmadi. Potapov ruhiy tomonlama o'ynashga tayyor emas.

Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng himoyaga yotib olish yaxshi emas. Bu bizga boshog'riq bo'lmoqda.

Ikkinchi davrada Termizga qaytamiz.

"Lokomotiv"ga qarshi bahsda naqd 14 ta keraksiz xato qildik. 

Nimeli haqida gapirishni istamayman. No comment.

Legioner jamoa uchun o'ynashi kerak. Nimeli jamoada o'z kelajagi haqida o'ylasin, "Surxon"da o'ynagisi kelyaptimi yoki yo'qmi tushunib olishi kerak.   

Uzoq yo'l bosish ko'p kuchimizni olib qo'ymoqda.

Asilbek Jumaev o'tgan yildan beri asosiy tarkib futbolchisi sanaladi. Endi u yosh bola emas, faqat pasportda yosh bola. 

Yaxshi o'ynab, yutqazgandan yomon o'ynab, yutgan yaxshi ekan.

Umid qilamanki, keyingi mavsumda jamoamiz to'liq Termizda tayyorgarlik olib boradi.

Vadim Abramov ("Dinamo" bosh murabbiyi):

"Navbahor"ga qarshi o'yinda hisob 2:1 edi, ammo keyin penalti va VAR... O'sha vaziyatni ko'rdim. U erda ikki futbolchi o'zaro kurashga kirishgandi, kim birinchi raqibni ushlab qolgani ko'rinmadi. Hakamlar vaziyatni yakunini ko'rishdi, xolos. To'g'ri, men takroriy vaziyatlarni to'liq ko'rmadim. Lekin hakam vaziyatni VAR orqali ko'rayotganda men ham o'rnimdan turdim va VARga qaradim. To'p uchib kelayotganda Dushan kurashda edi. Hakam penalti qo'yganidan so'ng, bunga nima sabab bo'lganini  so'radim. Ular SHarofiddinovga ishora qilishdi. Takroriy vaziyatni to'liq ko'rish kerak. U erda kurash kechgandi. Agar bunday vaziyatda penalti berilsa, har bir burchak zarbasida 11 metrlik nuqta ko'rsatilishi kerak bo'ladi.

Futbolda har qanday murabbiyning taqdiri shunday. Rahbariyat sizdan natija talab qiladi. Bu normal hodisa. Men bu holatga tushishi mumkin bo'lgan birinchi yoki oxirgi odam emasman. Buning ajablanarli joyi yo'q.

Samarqand — turistik shahar va princip jihatdan, ikkinchi poytaxt hisoblanadi. SHunday ekan, bu erda yaxshi jamoa bo'lishi kerak. 

Akbar Ismatullaevni jamoaga olib kelmoqchi edik. SHaxsan o'zim uni "Dinamo"ga taklif qildim. U o'shanda faoliyatini tugatmoqchi edi. Men uni yana o'ynashga ko'ndirdim. Keyin biz yig'inlarga borganimizda ko'rdimki, u bizga yordam beradigan formada emas. Agar o'ynashni istaganda, men unga imkoniyat berardim. Ismatullaev esa faoliyatini yakunlashini aytgandi.

Hech kim pul haqida so'ramadi. 4 oydan buyon oylik berilmayotgan bo'lsa, qanday qilib natija talab qilish mumkin.

Raqib safida futbolchi chetlatilgan ekan, ochko yo'qotdik deb hisoblaymiz.

Bazan yaxshi o'ynab turib ham natija bo'lmasligi mumkin. Bugun yaxshi ham o'ynadik, natijaga ham erishdik.

Har qanday seriya qachondir yakunlanishi kerak. Afsuski, u bugun tugadi.

Bilasizmi, hozir gapirganimdan va hamma shubhalarni oshkor qilgandan ko'ra, ahmoq bo'lib ko'ringan yaxshiroq. Mayli, hammasiga ko'nikamiz. 

Meni bir anana hayron qoldirmoqda. "Olimpik" safida bizga qarshi o'yinda ishtirok etgan futbolchi bundan oldin qizil kartochka olgan ekan va u o'yinni o'tkazib yuborishi kerak bo'lgan. Lekin qizil kartochka bekor qilinibdi. "Andijon" futbolchisi so'ngi uchrashuvda olgan qizil kartochkasini ham bekor qilingani haqida hozir bilib oldim. Bu bizga qarshi yaxshi anana bo'lib qoldi. Bizning o'yindan oldin raqiblarimizning kartochkalari bekor qilinyapti. "So'g'diyona"ga ham bemalol qizil kartochka olaverishni maslahat beraman. CHetlatish keyinchalik baribir o'z ko'chini yo'qotadi.

"So'g'diyona"ga qarshi o'yin xuddi bizning 0:2 hisobidagi mag'lubiyatimiz bilan boshlangandek taasurot qoldirdi.

Gol o'tkazib yuborilsa, xato butun jamoaniki bo'ladi.  

- Bugun jamoangiz mavsumdagi eng zo'r o'yinlaridan birini o'tkazdi. Hozir hamma shu haqida gapiryapti. - Bu tushunarli, lekin savolingiz qanday?

 O'zimizga muammo yaratib, qahramonlarcha g'alaba qozondik.

Agar Joel Kojoga taklif O'zbekistondagi transfer oynasi ochiq paytida bo'lganida biz o'ylab ko'rgan bo'lardik. Sababi biz Kojoni sotsak o'rniga boshqa hujumchi olishimiz kerak bo'lardi. Hozir bizda transfer oynasi yopiq. Nima uni qo'yib yuborishimiz kerakmidi? Futbolchining klub bilan 1,5 yillik shartnomasi bor.

Biz hech qachon penalti tepmaymiz, bizning darvozamizga esa tepaverishadi.  

Hakamlikni muhokama qilishni istamayman, ammo meni hakamlarning xatosidan ham ko'ra, VARning ishi ko'proq o'ylantiradi. Mana, masalan, O'zbekiston kubogi finalida, milliy jamoamiz o'yinida xorijlik hakamlar ishlashdi. Ko'rdik, VARga bog'liq vaziyatlarda juda tez qaror qabul qilishdi. Ochig'i, bizda internet shunaqa ishlagani uchun, VAR ham shunday ishlasa, kerak deb o'ylardim. Ammo xorijlik hakamlar ham O'zbekistonda turib VARda shunday ishlashdi. Bizning o'yinlarda to'p maydondan chiqib ketsa ham, VAR qaysidir vaziyatni ko'rishi uchun kutamiz, tushunarsiz to'xtalishlar yuzaga kelaveradi. Bu esa har qanday o'yinning ritmiga tasir qiladi. VAR bizda vaziyatlarni nega uzoq ko'rib chiqishi men uchun tushunarsiz va meni o'ylantiradi.

Menimcha raqib darvozasiga gol urguncha yaxshi o'ynadik. Nega himoyaga yotib olib to'pni tepib yuborishni boshlaganimizni bilmayman.  

SHunday jamoa tuzishimiz kerakki, Samarqandda qachon mag'lub bo'lganimiz muxlislar yodidan chiqib ketsin.

 CHempionatda shunday voqealar bo'ldiki, bugun biz boshqa o'rinlar uchun kurashishimiz mumkin edi.  

Tushunaman, viloyatning o'z muammolari bor. Futbol ijtimoiy jihatdan yuklama hisoblanadi. Men so'ragan yagona narsa mashg'ulotlar jarayonini tashkillashtirish uchun baza edi. Mashg'ulot maydonlari, mahalliy futbolchilar etishmayapti. Mahalliy o'yinchilar va maktabsiz raqobat qilish juda ham qiyin.

Futbolchilarning umri qisqa. Aytishadiku, baliq chuqurroq joyni, futbolchi esa yaxshiroq joyni izlaydi deb.  

Lider jamoalarga qarshi tayyorgarlik ko'rish osonroq, ayniqsa, ruhiy tomonlama.   

Biz muxlislarni ranjitmaydigan jamoa tuzishimiz kerak. Eng kamida o'z uyida mag'lub bo'lmaydigan jamoaga aylanishimiz kerak.

Yaxshi jamoa dekabrdan boshlab keyingi mavsumga tayyorgarlik ko'rishni boshlaydi. 

Hech kimga sir emaski, "Dinamo" joriy mavsumda Superliga klublari ichida eng kam byudjetga ega jamoa edi. Barchasi rahbariyat qarorlariga bog'liq.

Aleksandr Xomyakov ("Andijon" bosh murabbiyi):

Kuchli raqib bilan o'ynasak, tajribamiz ortadi va o'yin sifati yanada kuchayadi.

Futbolda hamma narsa har doim ham o'xshayvermaydi.

Har 10 ta o'yinda bitta xatoga yo'l qo'yish normal holat.

Muxlislarimiz bizdan har doim g'alaba kutishadi.

Tez orada natijaga erishib bo'lmaydi. Men sehrgar emasman.

Mavsum avvalida medallar uchun kurash haqida o'ylamayotgandik. Bizning asosiy vazifamiz yaxshi va stabil jamoa tuzib olish edi.

Murabbiy ruhshunos bo'lishi kerak.

0:3 hisobidagi mag'lubiyat adolatli natija bo'ldi. 

Ketma-ket mag'lubiyatlar yoqimsiz. To'g'risi, nima deyishni ham bilmayman. Balki bunga qanday chora topish yo'lini bilarsiz? O'zingiz yordam berib yubora olmaysizmi? 

Har o'yindan so'ng aytayapman, biz uchun maydonga chiqqan o'yinimiz finalga teng.

CHarchagan bo'lsam kerak. Hissiyotga berilishga kuch qolmagan.

Amaldagi shartnomam bor, rahbariyat yangi mutaxassis izlayotgan ekan, demak ular mendan mamnun emas. Qarorni men qabul qilmayman.   

OCHLda ishtirok etadigan klub yangi futbolchilarni olib kelishi va tarkibni kuchaytirishi kerak.

Ilyos Zeytullaev ("Bunyodkor" bosh murabbiyi):

G'alabani butun jamoa qo'lga kiritganidek, mag'lubiyatni ham butun jamoa bosh murabbiy bilan birga qabul qiladi.

Hozir kamroq gapirib, ko'proq ishlashimiz kerak.

"Bunyodkor" so'nggi o'rinlarda yuradigan jamoa emas.

Taktik uslub deganda, aynan nimani nazarda tutayotganingizni bilmayman, balki chiroyli va hujumkor futbolni nazarda tutayotgandirsiz. Lekin men Pep Gvardiola emas, Ilyos Zeytullaevman. To'g'ri, Italiyada ko'p vaqt davomida istiqomat qildim. Jan Pero Gasperini va Mauricio Sarri kabi mashhur murrabiylar bilan ishladim, ammo men Ilyos Zeytullaevman va mening futbolim boshqacha bo'ladi. Men hali hamon angrenlik oddiy bir yigitman, faqatgina Italiyaga ko'chib ketganman.

0:3 hisobida mag'lub bo'lganimizdan so'ng qanday qilib ijobiy jihatlar haqida gapirishim mumkin?

"Bunyodkor" ayni damda ligada jon saqlab qolish uchun qurashmoqda. Joriy mavsumdagi asosiy maqsadimiz shu.

Agar Xudo biz bilan birga bo'lsa, kim qarshilik qilishi mumkin? 

Futbol shunday sport turiki, unda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishingiz kerak.

Men joyimdan qo'rqmayman. Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz. Murabbiy hayotida bo'ladigan narsa. Rahbariyat mendan bo'shatishni va boshqa odam kelishini aytsa men faqat "Bunyodkor"ning muxlisi bo'lib qolaman.

Menda hech qanday o'zgacha uslub yo'q. Vaziyatdan kelib chiqib ish tutamiz.  

Futbolda ruhiy holat juda muhim ahamiyat kasb etadi.

"Lokomotiv" ustidan qozonilgan g'alabani massajchimizga bag'ishlayman. Hozir u terma jamoada, g'alaba u va uning o'g'liga bag'ishlanadi.  

O'smirlik chog'imda Anchelotti, Lippi murabbiyim bo'ldi. Eng ko'p vaqtimni ayni damda "Atalanta"ni boshqarayotgan Gasperini bilan o'tkazdim. SHuningdek, Sarri ham bo'lgan. Lekin men o'zimga o'xshashni istayman.

Zamonaviy futboldagi "moda"ga taqlid qilishdan foyda yo'q.  

Yigitlar so'nggi uchrashuvlarda asosiy va zaxira degan tushunchalar yo'qligini tushunishdi.  

Jamshid Saidov ("Qizilqum" bosh murabbiyi):

Jamoamiz maqsadi: o'tgan mavsumdan yaxshiroq natija qayd etish.

Yigitlarga kuchli hohish va o'z-o'ziga bo'lgan ishonchning tasiri muhim hisoblanadi.

Bilasizmi, ikki-uch nafar futbolchimizga kuch etishmadi. Menimcha, bunga ularning ro'za tutgani sabab bo'ldi.

Uyda devorlar ham yordam beradi. Hamma o'yinni mehmonda o'tkazayotgandekmiz. Navoida ko'proq muxlislar stadionga kelgan bo'lardi.

Futbol o'zi shunaqa o'yin, qanday natija bilan tugashini taxmin qilish qiyin. 

Hozirgi kunda "lider" va "autsayder" degan tushunchalar yo'q.

Men hech qachon hakamlarni tahlil qilmayman, bu ish bilan shug'ullanadiganlar bor. 

Men VAR ko'p hollarda jamoalar katta yordam bermoqda deb hisoblayman. Masalan, milli soniyalarda hakam va men ham vaziyatlarni ko'rmay qolishimiz mumkin, ammo keyinchalik takroriy lavhalarda bu ko'rinadi.

Mavsumni yaxshi boshlagandik, lekin birinchi davra so'ngida omad bizdan yuz o'girdi. O'ylashimcha, jamoa yomon emas. Ammo birinchi davradan so'ng kuchayishimiz aniq. 

Jamoamizga keladigan legioner bizning principlarga mos tushishi kerak.

"Bunyodkor" — buyuk klub. Jamoa o'z nomiga, o'z maqomiga mos bo'lishi kerak.

Har bir murabbiyning o'z uslubi bor. Murabbiylar, asosan, tanaffusda futbolchilarga motivaciya beradi va yaxshiroq o'ynashga undaydi. 

Ikkita to'p farqi bilan ortda borayotib, yakunda durang qayd eta olsangiz, bu yaxshi natija hisoblanadi.   

Rahbariyat bizga vazifa qo'ygani rost. Zimmamizdagi vazifani bajarmasak, biz uchun istalgan o'yin oxirgisi bo'lishi mumkin.  

Umuman olganda, birinchi gol kulgili bo'ldi. Ikkinchi gol esa darvozamiz tomon aniq bormayotgan bo'lsa ham o'zimizga urib qo'ydik.

Joriy mavsum jamoamizga TOP-10 ga kirish vazifasi qo'yilgandi.   

Denis Korostichenko ("Olimpik" bosh murabbiyi):

Jamoada katta o'zgarishlar ro'y berdi. Superligada jon saqlab qolish emas, yuqoriroq o'rin egallashni maqsad qilganmiz.

Bugun jamoamni maqtashdan ko'ra ko'proq tanqid qilgan bo'lardim. 

Ketganlarning o'rnini to'ldirish qiyin. Deyarli barcha etakchi jamoadan ketdi.

Jamoa maqsadi va ambiciyalari o'zgarmaydi. 

Yigitlar futbol o'ynashni biladi, shunchaki ularga tajriba etishmayapti.   

Musobaqa jadvalida egallab turgan o'rnimiz bugun ko'proq natija uchun o'ynashga majbur qildi. 

Biz Eldor Suyunov asosiy tarkibdan o'rin olganini bilganimizdan so'ng ularga ushbu vaziyatdan foydalanib qolishimiz kerakligini aytdim. 

Medallar uchun kurashayotgan jamoaga qarshi o'ynash qiyin.

Timur Kapadze ("Olimpik" sobiq bosh murabbiyi):

Mag'lubiyatdan xech kim qoniqmaydi. Barcha g'alaba uchun maydonga tushadi.

Alam qilayotgani — "Lokomotiv"ga o'z o'yinimiz sabab yutqazganimizda ham mayli edi.

Mag'lubiyatni yomon ko'raman. Bu normal holat. Qaerdadir nohaqliklar bo'lsa bunga chiday olmayman.

Hozir yoshlarimiz 2028 yilgi Olimpiada uchun tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Jamoa Superligada va oxirigacha kurashamiz. Yakuniy qarorni rahbariyat hal qiladi, men bir narsa deya olmayman. Hammasini vaqt ko'rsatadi.

Maydonga chiqdingmi, kurashishing shart.

Olimpiadaga eng kuchli va munosiblar borishi lozim. 

OKMKga qarshi o'yinda qaysi jamoa birinchi gol ursa, g'alabani o'sha jamoa qo'lga kiritardi.

Biz sovg'adan foydalana olmadik.

Futbolchilar o'ziga yaxshi qaray olsa, jarohatlar bo'lmaydi.

Grigoriy Kolosovskiy ("Metallurg" sobiq bosh murabbiyi):

Jamoani Superliga olib qolish uchun endi biz maydonga chiqadigan har bir o'yin final bo'lishi kerak. 

Bekoboddagi stadion ancha yaxshi holatda, faqatgina suv drenajlari yo'q. Umuman olganda maydon ancha sifatli. Bekoboddagi o'yinlarda 4-5 ming muxlislar tashrif buyurardi. Biz Bekoboddagi muxlislarni futbolsiz qoldirmoqdamiz. Bu erga 100 ga yaqin muxlis kelmoqda. Bu yaxshi emas.

Boshqa jamoalarning maydonlarini qarang, qanday ahvolda. Hammada bir xil holat, biroq ikki xil standart. Bu nima bilan bog'liq? Bu savol javobini bilgim keladi.  

Biz faqatgina muxlislarni futbolsiz qoldirdik. Agar Bekobodda o'ynagamizda biz hozir bu ahvolda bo'lmagan bo'lardik. Bizga har turda mehmonda harakat qilish yoqmayapti.

"Olimpik"ga qarshi o'yinda hakamlik juda yomon bo'ldi. Uchrashuv davomida juda ko'p qoidabuzarliklarga guvoh bo'ldik. Barcha qoidabuzarlikga negadir bir jamoa foydasini ko'zlab qaror chiqarildi.  

Ish bergan uslublarni albatta amaliyotga joriy qilamiz. O'yin tashkil etish borasida Samvel Babayanning maslahatlari bugun bizga foyda keltirdi.  

"Lokomotiv" bizga sovg'alar bermoqda.

Vesko Steshevich ("Metallurg" sobiq bosh murabbiyi):

Bu erdagi bir ochko Afrikada ham bir ochko hisoblanadi. 

Gol, albatta, bir tomonning mahorati va ikkinchi tomonning xatosi evaziga yuzaga keladi. 

"Andijon"ga qarshi haqiqiy erkakcha futbol guvohi bo'ldik va durang adolatli natija bo'ldi.

Men muxlislarni tushunaman. Bu kabi natijalar ularga yoqmasligi aniq. Bugun ham mag'lub bo'ldik. Natijalarimiz juda-juda yomon.

Aleksandr Krestinin ("Lokomotiv" sobiq bosh murabbiyi):

Transferlardagi nomlar qog'ozda yomonmasdi. Biroq ular maydonda biz kutganchalik o'yin ko'rsata olmadi.

Biz har bir raqibga qarshi turli xil tayyorgarlik ko'ramiz. 

Biz hech kimni omma oldida baholamaymiz. 

Gol urganimizdan keyin raqib posboni to'p bormaganidan sovqotib qoldi.

"Navbahor"ga qarshi bahs ikkiga bo'lindi: chetlatishgacha va chetlatishdan keyingi o'yin.  

Har bir uchrashuvda so'z bilan tasvirlab bo'lmas individual xatolarga yo'l qo'yayapmiz. 

O'z tuyg'ularini tiya olmaydigan futbolchini professional deb atash noto'g'ri.   

Aleksandr Stoymirovich ("Lokomotiv" sobiq bosh murabbiyi):

"Lokomotiv" jamoasi bugun katta loyihaga dastlabki qadamni qo'ydi. Yangi jamoa qurish va yosh futbolchilarni tarkibga qo'shish maqsadimiz sanaladi. Bugungi uchrashuvga bir oy tayyorlandik, ammo bor-yo'g'i 15 daqiqa yaxshi o'yin namoyish etdik.

"Paxtakor"ga qarshi o'yinda 11 metrlik jarima belgilaganda penaltini tepish borasida Sanjar Tursunovni tanlagandik. Lekin u Damyan Krayishnikka yo'l berdi va etakchi, inson sifatida qandayligini yana bir bor ko'rsatdi. "Sen tep, gol urding, senga ishonaman" dedi. Bu haqiqiy sardorning gapi bo'ldi. 

Futbol juda qiyin sport turi. Har bir futbolchining o'ziga hos organizmi bor. Qaysidir jarohatlar oldini olishning iloji yo'q. Sababi o'yin vaqti yugirayotgan chog'i jarohat olib qolishingiz mumkin.

Bizning imkoniyatlarimiz va qurbimiz etgan futbolchilar avvalgi klublarida zaxirada o'tiradigan o'yinchilar edi. Ular hali hamon asosiy tarkib futbolchisi ekanligiga ko'nikib keta olishmayapti. Asosiy maqsadimiz — ligada jon saqlab qolish.

Futbolchilar, ilk navbatda, o'z ichidagi muammolarini hal etishlari kerak. Futbolchi butun faoliyati davomida o'zi bilan o'zi kurashishi kerak. Ichki muammolarni ruhshunos yoki bosh murabbiy hal etib bera olmaydi. Futbol — erkaklar o'yini.


Superliga-2024. Mavsumning esda qolarli lahzalari

Coca Cola Superligasi-2023. Murabbiylardan sara iqtiboslar


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

+3   
07 dek 09:22:19
Google User
Shuncha ko'p ma'lumotni erinmasdan tahlil qilib yiqqan avtorga katta rahmat! Bir yillik interview larni 10 minutda o'qib, hammasini esladim
+1   
06 dek 09:02:35
Бахтиёр Ашуров
Shavkat Tojiaxmatov foydalanuvchining fikriga javob berish
Shuncha iqtibosni kim erinmay o‘qib chiqarkana
Мен ...
+1   
06 dek 08:26:46
Shavkat Tojiaxmatov
Shuncha iqtibosni kim erinmay o‘qib chiqarkana
-1   
06 dek 17:21:30
Rain.
Бачкана иктибослар.
-1   
06 dek 12:35:17
Habib
I qipquydik- mirjalol qosimov
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика