So’nggi yangiliklar

15:52"Барселона"нинг "Камп Ноу"га қайтиши нима учун кечикмоқда?  0 15:25АПЛнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси номи эълон қилинди  0 14:59Ўткир Юсупов Австрияда  5 14:39"Кристал Пэлас" Даун синдромли болаларни жамоавий фотосессияга таклиф қилди  0 14:14"Ливерпуль" собиқ футболчиси БАА учинчи дивизиони жамоасида ўйнайди  3 13:43"Трабзонспор" Андре Онанага доимий шартнома таклиф қилди  1 13:16Ҳимоя чизиғида "катта тозалаш": "Интер" фахрийлар билан хайрлашишга тайёр  2 12:48Ҳолид Ал Фадли Ўзбекистон термасининг араб мамлакатларидан қандай фарқи борлигини айтди  2 12:27Файзуллаев Уругвай билан ўйнамайди  9 12:19Манба: Ўзбекистон халқаро турнирда Миср билан ўйнаши мумкин  7 12:05Реда Ҳани: "Мазкур беллашув Ўзбекистондаги сингари бизнинг мураббий учун ҳам биринчиси эди"  1 11:47Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК ҳакамлар академиясида малака оширади  0 11:35Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК Чақирув Лигаси ўйинларида!  0 11:24Ўзбекистон U-18 термаси Озарбайжон билан муроса кўчасини танлади  1 11:10Ўзбекистонлик аёл ҳакамлар Осиё чемпионати саралаш босқичида ишлайди  0

"Lochinlar" mavsumdagi ilk mag'lubiyatni Andijonda qabul qilib olishdi - "Andijon" - "Navbahor" 3:0 Yangiliklar

"Lochinlar" mavsumdagi ilk mag'lubiyatni Andijonda qabul qilib olishdi - "Andijon" - "Navbahor" 3:0

Teglar :  AndijonNavbahor
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Andijon" – "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Andijon" – "Navbahor" 3:0
26 iyun. Andijon. "Bobur Arena" stadioni. 20:00
Bosh hakam:
Firdavs Norsafarov
Qanot hakamlari: Zufar Eliboev, Elnur Doniyorov
Zaxira hakami: Mamur Ilhomov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: SHohruh Azamov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Levan Arveladze 13 penalti, - 1:0. Rustam Turdimurodov 62, - 2:0. Ibrohim Yo'ldoshev 84 avtogol, - 3:0.

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 5.Abduvohid G'ulomov, 7.SHerzod Esanov, 9.Levan Arveladze, 10.Ilhomjon Abdig'aniev, 14.Abdurahmon Komilov, 15.Vladimir Bubanya, 17.Farhodjon Sohibjonov (99.SHahrom Samiev, 73), 21.Ildar Mamatkazin, 71.Bektemir Abdumannonov, 77.Rustam Turdimurodov.
Zaxira: 72.Igor Litovka, 4.Marlen CHobanov, 8.Farhodbek Bekmuratov, 11.Sunnatulla Abdullajanov, 19.Suhrob Berdiev, 26.Muhammadkarim Toirov, 66.Ilhom Alijonov, 94.Armin Boshnyak, .

"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 7.Azimjon Ahmedov, 8.Siyavash Haqnazari (11.Asadbek Sobirjonov, 52), 9.Odiljon Hamrobekov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboev, 17.Ruslanbek Jiyanov (10.Jamshid Iskanderov, 46), 21.Giorgi Nikabadze (71.Navro'zbek Iminjonov, 46), 23.Yovan Jokich, 34.Farruh Sayfiev (6.Ibrohim Yo'ldoshev, 75), 77.Abrorbek Ismoilov (33.SHodiyor SHodiboev, 75).
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 19.SHerzodbek Abdulboriev, 24.Dostonbek Abdulxaev, 27.Ozodbek O'ktamov, . 

Ogohlantirishlar: Odil Hamrobekov 11, Eldor Adhamov 87,


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+4. O'yin tugadi. "Navbahor" mavsumdagi ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldi

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. Ogohlantirish. "Andijon". Eldor Adhamov

86. O'zgarish. "Andijon". Abdug'aniev o'rniga Bekmurodov tushdi

84. AVTOGOL! 3:0. Abdumannopovning zarbasini Ahmedov qaytardi, Ahmedov to'pni uzoqlashtiraman deb Ibrohim Yo'ldoshevni poyladi va to'p YO'ldoshevdan darvozaga kirib ketdi! 

81. ZARBALAR! "Navbahor"ning hujumi Adhamov oyog'i bilan to'pni qaytardi, keyingisini Bubanya boshi bilan qaytardi!

75. O'zgarishlar. "Navbahor".  Farrux Sayfiev va Abrorbek Ismoilov o'rniga Ibrohim Yo'ldoshev hamda SHodiyor SHodiboev tushdi.

73. O'zgarish. "Andijon". Sohibjonovning o'rniga Samiev tushdi

62. GOL! Rustam Turdimurodov! Sohibjonovning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Rustam Turdimurodov darvozaga yo'lladi! GOLNI TOMOSHA QILISH

59. ZARBAAA! Abdumannopovning zarbasi xavfli chiqdi!

56. UXXX! "Navbahor"ning xavfli hujumi, himoyachilar to'pni chiziqdan qaytarishdi! 

55. ZARBAAAA! Turdimurodovning to'p uzatishidan keyin Sohibjonov birga bir vaziyatga chiqib zarba berdi, noaniq! 

52. O'zgarish. "Navbahor". Siyavash Haqnazari o'rniga Asadbek Sobirjonov maydonga tushdi.

51. Zarba! Jamshid Iskanderovning zarbasidan so'ng, noaniq ketdi.

50. Zarba! Bektemir Abdumannopovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

49. Zarba! Abrorbek Ismoilovning zarbasidan so'ng, to'pni mezbonlar posboni Eldor Adhamov ushlab oldi.

46.O'zgarishlar. "Navbahor". Nikabadze va Jiyanov o'rniga Iskanderov va Iminjonov tushdi



45+7. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:0

45+5. "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayanning oyog'i gips ekan. VIDEONI TOMOSHA QILISH

45+4. GOL! Farruh Sayfiev gol urdi, ammo bosh hakam darvozabonga nisbatan qoida buzilgan demoqda, VAR tinglandi va gol hisobga olinmadi! Hisob 1:0

45. Birinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi

41. ZARBA! Giorgi Nikabadzening jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan zarbasidan so'ng, to'pni andijonliklar darvozaboni Eldor Adhamov qaytardi.

39. ZARBA! Rustam Turdimurodovning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi!



38. ZARBAAAAAAAAAAAA! "Navbahor"ning juda xavfli hujumi, Nikabadzening yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi! Gol ura olmaslik qiyinroq edi bu vaziyatda!

35. ZARBAAAAA! Bektemir Abdumannopovning tezkor reydi va uning zarbasidan keyin Yusupov to'pni qaytardi! 

32. UXXX! "Andijon"ning xavfli hujumi, ammo jarima maydoni ichida zarba beradigan futbolchi topilmadi!

23. ZARBA! Giorgi Nikabadzening akrobatik yo'llagan zarbasi biroz noaniq chiqdi!

13. GOL! Levan Arveladze penaltidan hisobni ochdi - 1:0. GOLNI TOMOSHA QILISH



11. Ogohlantirish. "Navbahor". Odil Hamrobekov

11. PENALTI! "Navbahor" darvozasi tomon! Sohibjonovni Hamrobekov yiqitdi! 

6. "Bobur Arena"ga kelgan muxlislar maydonga lentalarni uloqtirishdi, biroz tanaffus

5. ZARBAAAA! "Andijon"ning hujumi, Abdug'anievning uzatmasidan keyin Turdimurodov to'xtatmasdan zarba berdi, Yusupov o'z o'rnida!

2. Ruslanbek Jiyanovning chap qanotdan amalga oshirgan jarima zarbasidan so'ng, to'pni mezbon himoyachilari qaytarishdi.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика