So’nggi yangiliklar

10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  13 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  9 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  22 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  4 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  7 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1

Superliga. Mojarolarga boy o'tgan "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvida durang qayd etildi Yangiliklar

Superliga. Mojarolarga boy o'tgan "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvida durang qayd etildi

Teglar :  Nasaf Andijon
Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


ANDIJON – NASAF  - 1:1
25 oktyabr 2021 yil. Andijon. "Bobur Arena" stadioni. 15:15
Hakamlar
: Aziz Asimov, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, Sultonmurod Abdurahmonov
Nazoratchi: Igor Nexochin
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Gollar: Vasiliy Sovpel 26, - 1:0. Andriya Kaluderovich 57 penalti, - 1:1.

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 2.Sardor Xursandov, 3.Azamat Isroilov, 4.Usmonali Ismonaliev, 5.Abduvohid G'ulomov, 8.Baxtiyor Qosimov, 9.Pavel Zabelin, 14.Vasiliy Sovpel, 17.Farhod Sohibjonov, 18.Abdug'ani Kamolov, 49.Plamen Dimov.
Zaxira: 44.Asilbek Amonov, 6.Ibrohim Otaxonov, 7.SHerzod G'ulomjonov, 10.Vladislav Vasilev, 11.Abdulhay Ismoilov, 25.Islombek Mamatkazin, 26.Muhammadkarim Toirov, 28.Abdurahmon Komilov, 77.Xurshidbek Ubaydullaev.

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 2.Alibek Davronov (34.SHerzod Nasrullaev, 85), 5.G'olib G'aybullaev, 7.Doniyor Narzullaev, 8.Dilshod Saitov, 18.Bahrom Abdurahimov (50.SHohmalik Komilov, 77), 22.Akmal Mozgovoy, 77.Oybek Bozorov (20.Suhrob Nurulloev, 85), 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov, 99.Andriya Kaluderovich (19.Husayn Norchaev, 77).

Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 6.Murodbek Rahmatov, 28.Sardor Sadullaev, 71.Jasur Jumaev.

Ogohlantirishlar: Baxtiyor Qosimov 54, Husayn Norchaev 80,


YANGILASH


90+7. O'YIN TUGADI! "Andijon" - "Nasaf" 1:1

90+7. ZARBA! Usmonali Ismonalievning zarbasini raqib darvozaboni ushlab oldi.

90+4. ZARBA! Xavfli zarbani Eldor Adhamov qaytardi

90. Ikkinchi bo'limga etti daqiqa vaqt qo'shib berildi

87. SEYV!! Farhod Sohibjonov penaltidan unumli foydalana olmadi! Zarba noaniq ketdi! 




87. Bosh hakam Farhod Sohibjonovga nisbatan qo'pollik ishlatildi deb topdi

87. PENALTI! "Nasaf" darvozasi tomon! 

86. Usmonali Ismonaliev boshi bilan noaniq zarba yo'lladi.

85. O'zgarishlar. "Nasaf". Alibek Davronov va Oybek Bozorov o'rniga SHerzod Nasrullaev va Suxrob Nurulloev tushdi

84. ZARBAAA! Pavel Zabelinning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Ergashev qaytarib yubordi.

82. Plamen Dimovning boshi bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi

80. Xusayn Norchaev Plamen Dimovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va sariq kartochka oldi.

79. Pavel Zabelinning qaychi uslubida yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

77. O'zgarishlar. "Nasaf". Andriya Kaluderovich va Baxrom Abduraximov o'rniga maydonga Xusayn Norchaev va SHohmalik Komilov tushdi.

72. "Nasaf" bosh murabbiyi hakamning qaroriga qo'shilmadi va jamoani maydondan olib chiqib ketmoqchi bo'ldi, uzoq muzokaralardan keyin o'yin davom etdi




70. "Nasaf" futbolchilari gol urishdi, hakam uni inobatga olmadi, hujumchi to'pni qo'li bilan o'ynagan deb topildi 

67. ZARBAAA! Kaluderovichning yaqin masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi!

57. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Andriya Kaluderovich 1:1. Serbiyalik hujumchi penaltidan gol urdi

56. PENALTI! "Andijon" darvozasi tomon!

54. Baxtiyor Qosimovga sariq kartochka ko'rsatildi

53. Pavel Zabelin birga-bir vaziyatdan darvoza tomon zarba yo'lladi. Zarbani Ergashev qaytardi.

47. Oybek Bozorov yo'llagan zarba darvoza to'siniga tegib qaytdi

46. Ikkinchi taym boshlandi



45+1. Birinchi taym yakunlandi

45. Birinchi bo'limga bir daqiqa vaqt qo'shib berildi

41. Akmal Mozgovoy darvozamiz tomon zarba yo'lladi. Zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

37. Bosh hakam Plamen Dimov raqib darvozaboniga nisbatan hujumda qo'pollik ishlatdi deb topdi.

30. Vasiliy Sovpel «Andijon»ning O'zbekiston chempionatlaridagi 1000-goli muallifiga aylandi.

26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Vasiliy Sovpel! 1:0. Abduvoxid G'ulomov to'pni autdan jarima maydonchasi ichiga etkazib berdi. Jarima maydonchasi ichida Vasiliy Sovpel boshi bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi.

22. Burchakdan etkazib berilgan to'pga «Nasaf» futbolchisi boshi bilan darvozamizga aniq zarba yo'lladi. To'pni Eldor Adhamov qaytarib yubordi. 

15. Farhod Sohibjonov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi

9. Doniyor Narzullaev hujumda qo'pollik ishlatdi

5. Azamat Isroilovning jarimadan zarbasidan etkazib bergan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi

3. ZARBAA! Marko Stanoevchning jarimadan yo'llagan zarbasini Eldor Adhamov egallab oldi.

 1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 15:15da boshlanadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика