So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  1 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Superliga. AGMK safardagi birinchi g'alabasini Andijonda qo'lga kiritdi Yangiliklar

Superliga. AGMK safardagi birinchi g'alabasini Andijonda qo'lga kiritdi

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Andijon" - AGMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 

O'yinning 4-daqiqasida mezbonlar jarima to'piga ega bo'lishdi. Oybek Qilichevning uzatgan to'pini Dilshod Rahmatullaev o'ta noaniq tarzda darvoza tomon yo'lladi.

6-daqiqada Zafar Polvonov birga bir vaziyatga chiqib borishga urindi, uning zarbasi kuchsiz bo'ldi va Mirniy to'pni ushlab oldi.

15-daqiqada Mirjamol Qosimov jarima to'pini amalga oshirdi, uning zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

18-daqiqada Jasur Umarovning o'ng qanotdan havolatib uzatgan to'pni Zafar Polvonov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 0:1.

20-daqiqada Polvonovning kuchli zarbasini Mirniy qaytarishga erishdi. 

25-daqiqada Oybek Qilichevning jarimadan oshirib bergan to'pini Ro'zimboy Ahmedov boshi bilan raqib darvozasi tomon yo'llagandi, lekin Suhrob Sultonov egallab oldi.

28-daqiqada tinib tinchimas Zafar Polvonov raqib jarima maydoniga kirib borib zarba berdi, to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. 

32-daqiqada jarima to'pini Oybek Qilichev amalga oshirdi, Ro'zimboy Ahmedov boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:1. 

44-daqiqada SHahzod Ubaydullaevning kuchli zarbasini Sultonov qiyinchilik bilan qaytardi.

45-daqiqada o'ng qanotdan oshirilgan to'pni Ro'zimboy Ahmedov darvozaga aniq yo'lladi, bu safar ham Sultonov ajoyib seyv namoyish etdi.

Birinchi taym tugadi.

Ikkinchi taym boshlandi. 

47-daqiqada Farhod Mirahmatovning chamasi 30 metrlardan yo'llagan zarbasi to'g'ri darvozabonning qo'liga borib tushdi. 

66-daqiqada Norbekov birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, to'p himoyachiga tegib qaytdi.

73-daqiqada Akmal SHorahmedovning o'ng qanotdan havodan uzatgan to'pini SHahzodbek Nurmatov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:2. 

85-daqiqada Nurmatov chap tomondan to'pni jarima maydoniga uzatib berdi, Polvonov boshi bilan noaniq zarba berdi.

O'yinda AGMK 2:1 hisobida g'alaba qozondi. 

 

Superliga, 12-tur
ANDIJON - AGMK - 1:2
22 iyun 2019 yil. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 18:00.
Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Ibrohim Ismoilov.
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov.
Komissar: Aleksandr Davidenko.

Gollar: Zafar Polvonov 18, - 0:1 (Jasur Umarov). Ro'zimboy Ahmedov 32, - 1:1 (Oybek Qilichev). SHahzodbek Nurmatov 73, - 1:2.

"Andijon": 77.Vitaliy Mirniy, 4.Farhod Marahmatov (17.Abdulloh Olimov, 57), 7.Oybek Qilichev, 10.SHahzod Ubaydullaev, 18.Dilshod Rahmatullaev (8.Farhod Bekmuratov, 70), 21.Ildar Mamatkazin, 22.Ro'zimboy Ahmedov, 23.Abdurahmon Abdulhaqov (24.Doniyor Ismoilov, 86), 34.Xushnudbek Avilov, 88.Abror Husinov, 89.Bobir Akbarov.
Zaxira: 1.Ruslan Matniyazov, 6.Ibrohim Otaxonov, 9.Sardor Sulaymonov, 26.Radosav Aleksich, 33.Doniyor Abdumannopov, 75.Asror G'ofurov.

AGMK: 32.Suhrob Sultonov, 4.Mirjamol Qosimov (99.SHahzodbek Nurmatov, 73), 5.Dilshod Jo'raev, 8.Sanat SHihov, 9.Zafar Polvonov, 17.Murod Toshmatov (10.SHohnazar Norbekov, 46), 20.Mirg'iyos Suleymanov (31.Saydullo Rahmatov, 62), 23.Akmal SHorahmedov, 30.Jasur Umarov, 33.Sardor Rahmonov, 37.SHerzod Fayziev.
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 15.Jasur Hakimov, 21.G'ulom Haydar G'ulomov, 22.Mirolyub Kostich, 44.Boburbek Yuldashev, 60.Kamron Saidazimov.

Ogohlantirishlar: SHoxnazar Norbekov 66, Oybek Qilichev 77, Abror Xusinov 82, SHahzodbek Nurmatov 88. 


Andijon

Ro’zimboy Ahmedov - 32'

Superliga. 12-tur

22/06/2019, 18:00

2
:
1
Tugadi

OKMK

Zafar Polvonov - 19', Shahzodbek Nurmatov - 73'

45'
90'
32'  Ro’zimboy Ahmedov
32'  Oybek Qilichev
57'  Farhod Mirahmatov (Abdullo Olimov)
70'  Dilshod Rahmatullayev (Farhod Bekmurodov)
77'  Oybek Qilichev
82'  Abror Xusinov
86'  Abduraxmon Abdulxaqov (Doniyor Ismoilov)
19'  Zafar Polvonov
19'  Jasur Umarov
46'  Murodjon Toshmatov (Shohnazar Norbekov)
62'  Mirg’iyos Sulaymonov (Saidullo Rahmatov)
66'  Shohnazar Norbekov
73'  Shahzodbek Nurmatov
73'  Akmal Shorahmedov
73'  Mirjamol Qosimov (Shahzodbek Nurmatov)
88'  Shahzodbek Nurmatov



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика