So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Superliga. "Navbahor" Olmaliqda so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi Yangiliklar

Superliga. "Navbahor" Olmaliqda so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi

Teglar :  NavbahorAGMK
Superliganing 11-turidan o'rin olgan AGMK - "Navbahor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


O'yinning 2-daqiqasida mezbonlarning ilk hujumlarida Murodjon Toshmatov o'yindan tashqari holatda qoldi. 7-daqiqada Ivan Solovyov jarima zarbasini amalga oshirganidan so'ng, jarima maydonchasi ichida mezbon himoyachilarilan biri to'pni qo'li bilan o'ynaganidan so'ng penalti belgilandi. Aleksandr Kasyan mezbonlar darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi - 0:1.

14-daqiqada Sardor Rahmonovning zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.  19-daqiqada Azimjon Ahmedovning 20 metrlar chamasi uzoqlikdan darvozaga  yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.

28-daqiqada Mirzohid G'ofurovning kuchli zarbasini Sultonov qaytardi.

30-daqiqada Oston O'runov o'z jarima maydoni ichida Akmal SHorahmedovni yiqitgani uchun bosh hakam penalti belgiladi. 11 metrli jarima to'pini Murodjon Toshmatov amalga oshirdi, O'tkir Yusupov to'pni qaytarishga erishdi!

32-daqiqada Sanat SHixov to'xtatmasdan to'pni darvozaga yo'lladi, Yusupov yana o'zini ko'rsatdi.

42-daqiqada SHahzod SHaymanovning zarbasidan so'ng, to'pni darvozabon Suhrob Sultonov qaytardi. 

45+1-daqiqada Zafar Polvonovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Yusupov ajoyib seyv bilan qaytarishga erishdi. 

Birinchi taymda boshqa gol urilmadi.

54-daqiqada Jasurbek Umarovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

71-daqiqada Sanat SHixovning zarbasidan so'ng, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi. 77-daqiqada SHahzod SHaymanovning zarbasidan so'ng, to'p raqib futbolchilaridan biriga tegib, maydonni tark etdi. 

89-daqiqada SHerzod Fayzievning kuchli zarbasini O'tkir Yusupov qaytardi. 

90+2-daqiqada SHoxnazar Norbekov raqib jarima maydoni ichida ajoyib gol urdi - 1:1.

90+3-daqiqada Norbekov birga bir vaziyatga chiqib ketdi va noaniq zarba berdi...

Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.


 

OKMK

Shohnazar Norbekov - 90'

Superliga. 11-tur

16/06/2019, 19:30

1
:
1
Tugadi

Navbahor

Aleksandr Kasyan - 7'

45'
90'
4'  Sardor Rahmonov
41'  Sanat Shixov
90'  Shohnazar Norbekov
7'  Aleksandr Kasyan
24'  Oston O'runov
90'  Obid Jo’raboyev



AGMK – NAVBAHOR 1:1
16 iyun 2019 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 19:30
Hakamlar:
Ilgiz Tantashev, Husniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, Ravshan Abduvohidov
Nazoratchi: Temur Abdullaev
Komissar: SHerzod Rajabov.

Gollar: Aleksandr Kasyan 7 penalti, - 0:1. SHoxnazar Norbekov 90+2, - 1:1.

Amalga oshirilmagan penalti: Murodjon Toshmatov 30 (darvozabon).

AGMK: Suhrobjon Sultonov, Mirjamol Qosimov (SHahzodbek Nurmatov, 60), Dilshod Jo'raev, Sanat SHixov, Zafar Polvonov, Murodjon Toshmatov (Mirg'iyos Sulaymonov, 68), Akmal SHorahmedov, Jasur Umarov, Saydullo Rahmatov (SHoxnazar Norbekov, 58), Sardor Rahmonov, SHerzod Fayziev.
Zaxira: Akbar To'raev, Zohir Pirimov, Jasur Hakimov, G'ulom Haydar G'ulomov, Boburbk Yuldashev

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Oston O'runov, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovev, Aleksandr Kasyan (Bahodir Nasimov, 89), Obid Jo'raboev, Mirzohid G'ofurov, Igor Golban, Abdujamol Isroilov (SHahzod SHaymanov, 8), Jahongir Mehmonov, Abbos G'ulomov (Slavko Lukich, 60).
Zaxira: Dilshod Hamroev, SHahzod SHaymanov, Xojiakbar Yunusov, G'iyos Komilov, Zafar To'raev

Ogohlantirishlar: Sardor Rahmonov 4, Oston O'runov 24, Sanat SHixov 41, O'tkir Yusupov 68, Obid Jo'raboev 90.


Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика