So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Superliga. "Metallurg" Temirovning Qosimov uslubida urgan goli evaziga bir kishi kam bo'lib qolgan AGMKni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Metallurg" Temirovning Qosimov uslubida urgan goli evaziga bir kishi kam bo'lib qolgan AGMKni mag'lub etdi

Superliga 14-turidan o'rin olgan Toshkent viloyati derbisi yakunlandi.

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Ravshan Abduvohidov

VAR hakami: Aziz Asimov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

AGMK – "Metallurg" 0:1

Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 19.00

Gol: Temirov, 33 (0:1)

AGMK: 35.Valijon Rahimov, 2.Akramjon Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Dilshod Ahmadaliev, 8.Abdulla Abdullaev, 10.Xurshid G'iyosov, 17.Sanjar Tursunov (s), 22.SHohruh Gadoev, 27.Martin Boake, 63.Alisher Jalilov

Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 4.Mirjamol Qosimov, 9.Dan Spataru, 13.Eldorbek Begimov, 15.Giorgi Papava, 16.Artyom Filiposyan, 19.Muhammadanas Hasanov, 88.Siyavush Haqnazariy, 99.Mirjahon Mirahmadov

"Metallurg": 87.Akmal Ortiqov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 7.Bobur Farhodov, 8.Behruz SHodmonov, 11.Damir Temirov,16. Jasur Xolto'raev, 18.Anvarjon G'ofurov, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov,  94.Farhod Bekmuratov (s), 97.Muhammadali Aliqulov

Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 99.Vladimir Vagin, 4.Kerim Palich, 9.Zabihillo O'rinboev, 10.Bektemir Abdumannonov, 14.Abror Toshqo'ziev, 30.Ibrohim Ibragimov, 80.Farrux Ibrohimov, 90.Jasur Ashurov

Ogohlantirishlar: Jasur Xolto'raev, Ixtiyor Toshpo'latov, Damir Temirov

CHetlatish: Rahmonov (40)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi!

GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Aniqrog'i, avtogol! AGMK hisobni tenglashtirdi! VAR vaziyatni ko'rib chiqmoqda. Yo'q, hisobga olinmadi, darvozabonga nisbatan qo'pollik ishlatildi, deb topildi.

90. Ikkinchi bo'limga naq 7 daqiqa qo'shib berildi.

88. AGMK futbolchisining burchak uzatmasidan so'ng "Metallurg" futbolchilari xursand bo'lishdi. 

81. GOOOOOOOOLLLLLLL!!! AGMK jarima maydoniga oshirilgan to'pga "Metallurg" hujumchisi etolmadi, biroq raqibini xafa qilishni istamagan olmaliqlik himoyachi uning o'rniga o'zi to'pni darvozasiga to'g'rilab qo'ydi. Biroq hakam VARga murojaat qilib, ofsayd deb topdi.

Hakamlar haqidagi mashhur tarona mezbon jamoa muxlislari tomonidan kuylanishni boshladi.

78. "Metallurg"dan ikki zarba: birida Rahimov o'z vazifasini ado etdi, birida himoyachi Rahimov qilgan harakatni oyog'i bilan amalga oshirdi.

75. G'iyosov raqib jarima maydonida to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi, natijada yaxshi hujum ko'kka sovurildi.

71. AGMK hujumchisi sherigi uzatgan to'pga etolmadi. Nachora, hayot shunaqa ekan. Maqsadga erishish uchun kimningdir oyog'i, kimningdir qo'li kaltalik qiladi.

67. ZARBAAA! Xurshid G'iyosovning aylantirib uzatgan to'pi darvoza ustuniga tegib qaytdi! Olmaliqliklar futbolchisi gol urishni juda-juda istagandi, ammo to'p uning aytganini qilishni istamadi.

64. ZARBA! Hozirgina maydonga tushgan Spataru raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va zarba yo'lladi, Ortiqov qahramonga aylandi.

64. Komilov tuhfasini olib, zaxiraga o'rindig'i tomon yo'l oldi, Dan Spataru maydonga tushdi.

62. Komilov yo'q joydan o'ziga sariq kartochka so'rab oldi, hakam esa buni ijobat qildi.

61. G'iyosov raqibi bilan to'qnash kelganiga dod-voy qilmoqda, vaholanki, maydondagi koptok o'yin boshlanganidan beri qancha tepki esa ham, biror marta ingramadi.

Qaytar dunyo: biroz avval suratga tushgan "Surxon" bosh murabbiyi ham matnli translyacimizda o'zini ko'ryapti. Siz-chi, siz ham bizni kuzatyapsizmi?)


57. Abdullaevning jarimadan yo'llagan zarbasini "Metallurg" posboni nigohi bilan bartaraf etdi.

54. "Metallurg" futbolchisi raqibidan, to'p esa "Metallurg" futbolchisidan qochib ketdi.

50. Boake murabbiyning ko'proq zarba ber degan gapini ikki qilmayapti: u tomon yaqinlashayotgan narsa to'pmi, raqib oyog'imi, ahamiyati yo'q, muhimi, vazifa bajarilyapti. Bu safar raqib oyog'ini poylagan hujumchi hakam tomonidan ogohlantirildi.

Bugungi uchrashuvni "Surxon" bosh murabbiyi ham kuzatib bormoqda.

AGMKda ikki o'zgarish: Georgi Papava Sanjar Tursunov, Siyovash Haqnazari Alisher Jalilov o'rniga maydonga tushdi.

"Metallurg"da o'zgarish: Kerim Palich Ixtiyor Toshpo'latov o'rniga maydonga tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Citramon ichishga arzirli dastlabki bo'lim nihoyasiga etdi.

45+1. "Metallurg" futbolchisi jarima zarbasini qanday ijro etish borasida uzoq vaqt xayollarga cho'mib qoldi. Natijada hakam sariq kartochkasida qanday tepish kerakligi yozilganini bekobodlik futbolchiga ko'rsatdi.

45. Mezbonlar tomonidan ijro etilgan jarima zarbasi bartaraf etildi.

43. Jangovar filmni ko'rishni istaganlar uchun ham futbolchilar hozirlik ko'rishayotganga o'xshaydi. Ko'pchilik uchun maydon torlik qilmoqda shekilli.

40. Ana sizga syurpriz-u, mana sizga syurpriz! Biroz avval Temirovni gol urgani uchun oyoqlari bilan "tabriklagan" Rahmonov maydondan chetlatilmoqda. Rahmonov butsasining tishlari Temirov oyoqlarini "tishlab oldi".

37. Temirov gol urgani uchun raqib futbolchisi tomonidan "jazolandi". Futbolchi maydonda oyog'ini ushlab yotibdi.

33. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! "Metallurg" hisobni ochdi! Temirov burchakdan darvozaga to'p kiritdi. Gol videosini qidirishni boshlayvering. Bekobodliklar o'yinchisi raqib jamoa ustozi Mirjalol Qosimovning shunday gollarini ko'p tomosha qilgan ko'rinadi.


32. Bekmurodov jarima zarbasidan raqib darvozasining pastgi burchagini nishonga olgandi, ammo Rahimov bugun maydonga pista sotish uchun tushgani yo'q. Tajribali posbon o'z hisobiga seyv yozdirib qo'ydi.

29. Rahmonovning raqib hujumini bartaraf etish chog'ida tepgan to'pi uzoqlashish o'rniga osmonda sayr qilib keldi.

27. ZARBA! Ahmadaliev-Gadoev kombinaciyasidan so'ng, AGMK yarim himoyachisining zarbasini Ortiqov qaytardi.

23. SHohruh Gadoev bugun kamida ikki nafar "Metallurg" futbolchisini vazn tashlashga majbur qiladigan ko'rinadi.

20. Ahmadaliev bugun qanday gol ursam ekan deb o'ylab turganida to'p unga oshirilganini sezmay qoldi, oqibatda murabbiyining qovog'i uyilishiga sababchi bo'ldi.

17. Gadoev yana raqib himoyachisi bilan Ferrari va GM o'rtasidagi poygasiga o'xshash yugurish bellashuvini bajardi hamda bu vaziyatda Ferrari rolini ijro etdi, ammo uning pasini sherigi tushunmadi.

16. "Metallurg" jarima maydonida futbolchilar o'rtasida avariya sodir bo'ldi. Buning oqibatida uch kishi shikastlandi.

14. Bekmuratovning olisdan yo'llagan zarbasi Rahimovning quchog'idan o'rin oldi.

11. "Metallurg" futbolchisi osmonda parvoz qilayotgan qushlardan birini poyladi. Maydonga faqat to'pning o'zi tushganiga qaraganda, mo'ljal noto'g'ri olingan.

8. ZARBA! Tursunov Gadoevni ajoyib pas bilan oldinga boshladi, uning zarbasidan so'ng Ortiqov Kurtuaning CHimpionlar ligasi finalidagi harakatlaridan birini ijro etib berdi. SHohruh bu vaziyatda quvlashmachoq o'yini qanday bo'lishini raqib himoyachisiga ko'rsatib qo'ydi.

6. ZARBA! Jalilov yaqin masofadan darvozaga aniq zarba yo'llay olmadi. Bunday noaniq yo'llaganidan uning o'zi ham hayratda qoldi.

4. AGMK futbolchisining burchakdan oshirgan to'pi raqib o'yinchisining "peshonasi"dan o'pib qo'ydi.

2. "Metallurg" standart vaziyat yuzaga keltirdi. Jarima zarbasidan yo'llangan zarbani tariflashga Xojiboy Tojiboev etishmadi.

1. Dastlabki hujum zarba bilan yakunlandi. Mezbonlarning chap qanotdan yo'llagan zarbasini "Metallurg" posboni xotirjam egallab oldi.

Klaviaturalarim harakatga kelaman deguncha, o'yin boshlanib ketdi. CHor-atrofimda o'tirgan tomoshabinlarning ovozi hakamning hushtagidan balandroq yangradi.


Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Mezbonlar oq, mehsonlar esa to'q ko'k rangli liboslarda saf tortmoqda.

Bugun Olmaliqda shunday harorat kuzatilmoqdaki, bunda faqatgina miriqib futbol o'ynash kerak.

Xabaringiz bo'lsa kerak, shu kunlarda Toshkent viloyatida o'zbek futbolining 110 yillik tantanalari nishonlanmoqda. SHu munosabat bilan viloyatning bir guruh futbol faxriylari esdalik sovg'alari bilan taqdirlanmoqda.

Uchrashuv avvalida toshkentlik raqqosalar xushyoqar taronalarni go'zal raqs o'yinlari bilan bezab berdi. Endi esa futbolchilar maydonda sportga xos jozibador o'yin namoyish etishini kutib qolamiz.

Assalomu alaykum, qadrdon futbol ixlosmandlari! Bugun Toshkent viloyatining derbisi guvohiga aylanamiz.

Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика