So’nggi yangiliklar

16:49Сардор Абдураимов: "Биз учун Суперлигадаги ҳар бир ўйин дарс бўляпти"  0 15:50"Барселона" футболчиси Ачербига тупиргани учун 4та ўйингача четлатилиши мумкин  13 15:04Венгер Кубарсининг Лаутарога қарши "подкати" ҳақида: "Мен бундай пенальтиларга ва секинлаштирилган кадрлардан фойдаланишга мутлақо қаршиман"  15 14:31Эшитдик-да! Осиё чемпиони бўлган мураббий 2 та Суперлига клуби таклифини рад этди  15 14:23"Машъал" "Қизилқум"ни Ғузорда қабул қилади  2 14:11Собиқ ҳакам Фернандес Ачербининг голи ҳақида: "Қоида бузилмаган. Мартин ўз хатосида ҳакамни айблади"  17 13:08Инфантино Трампга Россия ва халқаро турнирлар ҳақида: "Умид қиламизки, тинчлик ўрнатилади ва улар яна қабул қилинади". АҚШ президенти русларнинг четлатилишидан "бехабар" эди   2 12:40Илёс Зейтуллаев Россия терма жамоасида ўйнаш таклифига нега рад жавоби берганини гапириб берди  11 12:27Ямал "Барселона" билан Чемпионлар Лигасини ютишга ваъда берди: "Биз бунга эришмагунча тўхтамаймиз"   48 12:19Остон Ўрунов машғулотларга қайтди  9 11:56"Арсенал" ҳали ҳам фаворит номига лойиқми?  11 10:52"Реал" Трентдан сўнг кейинги йил "Ливерпул"нинг яна бир асосий ҳимоячисини текинга олмоқчи  4 10:25Суперлига 9-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Олим Тўйчибоев бошқаради  4 10:05“Барселона“ ТОП футболчини текинга қўлга киритиши мумкин  17 09:40“Манчестер Юнайтед“ Гарначога нарх белгилади  1

Superliga: AGMK joriy mavsumda ilk marotaba safarda g'alaba qozondi (batafsil sharh) Yangiliklar

Superliga: AGMK joriy mavsumda ilk marotaba safarda g'alaba qozondi (batafsil sharh)

Superliganing 12-turida Andijonda turnir jadvalida yonma-yon turgan "qo'shnilar" "Andijon" va AGMK o'zaro to'qnash keldi.

Aleksandr Xomyakov qo'l ostiga o'tgan "Andijon" Superligada ketma-ket 6 o'yindirki g'alabasiz seriyani davom ettirayotgandi. Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi AGMKning g'alabasiz seriyasi esa to'rt uchrashuvga etgandi. G'alabani sog'inib qolgan va yutuqqa chanqoq bo'lgan mazkur jamoalarning o'zaro qarama-qarshiligi muxlislarda katta qiziqish uyg'otayotgandi.

Andijondagi "Sog'lom Avlod" stadioniga mazkur bahsni tomosha qilish uchun taxminan 5 mingdan ziyod tomoshabin tashrif buyurdi.

Jamoalarning holati, turnir jadvalidagi o'rni va taktik murabbiylarning o'zaro to'qnashuvi ham bellashuv afishasini yanada bezab berdi.

O'yinga keladigan bo'lsak, birinchi bo'limning dastlabki qismida mezbonlardan ko'ra mehmonlar faol va keskin o'ynashdi. Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyat ham aynan AGMK tomonidan sodir etildi. Mirjamol Qosimovning uzatmasidan so'ng qulay vaziyatga chiqib borgan Zafar Polvonov darvozabon qarshisida birga-bir qolishiga qaramay to'pni darvozaga yo'llay olmadi.

SHundan so'ng Mirjamol Qosimovda ham hisobni ochish imkoniyati vujudga keldi. CHamasi 25 metrlar masofadan belgilangan jarima zarbasini amalga oshirgan Qosimov darvoza to'sinini nishonga oldi. 

Ketma-ket hujumlar uyushtirishga kirishgan AGMKning o'ng qanotdan boshlagan hujumi samara keltirdi. Jasurbek Umarovning to'p oshirmasidan so'ng Zafar Polvonov himoyachilar nazaridan chetda qoldi va to'pni boshi bilan darvoza to'riga yo'naltirdi - 0:1.

SHundan so'ng ham AGMKda gol urish uchun ko'plab vaziyatlar vujudga keldi. Xususan Zafar Polvonov yana kamida ikkita gol urish uchun qulay imkoniyatlardan qo'ldan chiqardi.

Ketma-ket hujumlar va golni qabul qilgan "Andijon" nihoyat taymning ikkinchi qismida "uyg'ondi". 

"Andijon" uchrashuvda hisobni tenglashtirish oldida Oybek Qilichev va Ro'zimboy Ahmedov tandemi xosil qilgan kombinaciyadan so'ng Suhrob Sultonov darvozada ishonchli harakat qilgan bo'lsa, standart vaziyatidan keyin mazkur tandemi ishlanmasi naf keltirdi. Aynan Oybek Qosimov tomonidan oshirilgan to'pni Ro'zimboy Ahmedov boshi bilan darvoza to'riga joylab qo'ydi - 1:1.

Tanaffusga qadar esa uchrashuvdagi ustunlik to'liqligicha mezbonlar tomonga o'tdi. Ayniqsa Ro'zimboy Ahmedov va SHahzodbek Ubaydullaevning xavfli zarbalari yo'liga AGMK posboni Suhrob Sultonov tug'anoq bo'ldi. SHu tariqa AGMK Sultonovning xizmatlari evaziga tanaffusga durang natijasi bilan chiqib ketdi. 

Birinchi taymdagi o'yindan xulosa qiladigan bo'lsak, dastlab ustunlik AGMK tomonda bo'lgan bo'lsa, keyinchalik "Andijon" tashabbusni o'z qo'liga oldi. Birinchi taymdagi hisob esa adolatli bo'ldi. Goldan tashqari har ikkala jamoalarda hisobni oshirish uchun ko'plab vaziyatlar vujudga kelgandi.


Ikkinchi taymni har ikkala jamoa tezkorlik bilan boshlashdi. Ochko kerakligi uchun jamoalar katta kuch bilan oldinga, yani hujumga intilishdi. Taym startida nisbatan ustunlik mezbonlar tarafida bo'ldi. AGMK esa ko'proq qarshi hujum taktikasiga tayandi. 

Biroq "Andijon" jamoasi ikkinchi bo'lim startida tashkil etgan hujumlaridan ha deganda naf chiqara olmadi. AGMK himoyasi esa o'z hudida yaqinida raqibga ortiqcha imkoniyat taqdim etmadi.

Murabbiylar esa o'yinga ketma-ket zaxira kuchlarini tashlashdi. O'zgarishlarni amalga oshirishda esa Mirjalol Qosimov hamkasbidan ko'ra topqirlik qildi. CHunki zaxiradan o'yinga qo'shilgan SHahzodbek Nurmatov Akmal SHorahmedovning uzatmasidan keyin boshi bilan darvozani ishg'ol etishni uddaladi - 1:2.

SHundan keyin "Andijon" jamoasi katta kuch bilan oldinga o'tish rejalarini ishga soldi. Qosimov esa AGMKdan himoyada ehtiyotkor bo'lishni alohida takidladi. 

Garchi AGMK hisobda oldinda borgan bo'lsada, uchrashuvning qolgan qismlarida o'yinni o'z jarima maydonchasi atrofidan uzoqroqqa ko'chirishga erishdi. Pozicion hujumlarni tashkil etishda AGMK mezbonlardan ko'ra faolroq bo'ldi. "Andijon" tarkibida esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilar o'yinni kuchaytirish missiyasini to'liq amalga oshira olishmadi.

Ochko suv va havodek bo'lgani uchun maydondagi keskin vaqt o'tishi bilan tobora oshib, futbolchilar ehtiroslarni jilovlay olishmadi. Natijada o'yinni boshqarib borgan yosh istedodli hakam Jasur Muxtorov cho'ntagidagi kartochkalarni olib chiqishga majbur bo'ldi.

SHu tariqa uchrashuvning qolgan daqiqalariga qadar hisob o'zgarmadi va AGMK chempionatda joriy mavsumda ilk bor safarda ochko olishni uddaladi. "Andijon"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi esa 7 o'yinga etdi.

Andijon

Ro’zimboy Ahmedov - 32'

Superliga. 12-tur

22/06/2019, 18:00

2
:
1
Tugadi

OKMK

Zafar Polvonov - 19', Shahzodbek Nurmatov - 73'

45'
90'
32'  Ro’zimboy Ahmedov
32'  Oybek Qilichev
57'  Farhod Mirahmatov (Abdullo Olimov)
70'  Dilshod Rahmatullayev (Farhod Bekmurodov)
77'  Oybek Qilichev
82'  Abror Xusinov
86'  Abduraxmon Abdulxaqov (Doniyor Ismoilov)
19'  Zafar Polvonov
19'  Jasur Umarov
46'  Murodjon Toshmatov (Shohnazar Norbekov)
62'  Mirg’iyos Sulaymonov (Saidullo Rahmatov)
66'  Shohnazar Norbekov
73'  Shahzodbek Nurmatov
73'  Akmal Shorahmedov
73'  Mirjamol Qosimov (Shahzodbek Nurmatov)
88'  Shahzodbek Nurmatov
 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика