So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  1 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Superliga. Abramov uchun uddalanmagan "missiya" Yangiliklar

Superliga. Abramov uchun uddalanmagan "missiya"

"Bunyodkor" ertaga Superliga 17-turida "Dinamo" mehmoni bo'ladi.

Dinamo

SHohruh Abdurahmonov - 25'

Superliga. 17-tur

28/08/2022, 19:00

2
:
1
Tugadi

Bunyodkor

Usmonali Ismonaliev - 57', Dmitrie Pobulich - 62'

45'
90'
25'  SHohruh Abdurahmonov
46'  To'lqin Ergashev (Islom Sharipov)
71'  Evgeniy CHumak (Sahob Rashidov)
84'  Marat Bikmayev (Fahriddin Alimov)
32'  Ibrohim Tomiva (Usmonali Ismonaliev)
57'  Usmonali Ismonaliev
62'  Dmitrie Pobulich
71'  Umarali Rahmonaliyev (Avazbek O'lmasaliev)
89'  Rasul Yo'ldoshev (Umidbek Sultonov)
89'  Dmitrie Pobulich (Bilol Tupliev)

Faqat 3 ochko!

Har 2 jamoa g'alaba ilinjida maydonga chiqadi. Oxirgi 9 turda 1 ochko bilan kifoyalangan Samarqand klubi elitada qolishni istasa, "qaldirg'ochlar"ning "qanotini qayrishi" kerak. "Bunyodkor"dagi vaziyat ham boshqacha emas. So'nggi 11 o'yinning faqat 1 tasini g'alaba bilan yakunlagan toshkentliklar shu hafta kubokni ham tark etishdi. Hozirgi vaziyatda muxlislar va rahbariyatni tinchlantirish uchun ham yutuq kerak. SHu tufayli kurash hakamning yakuniy hushtagi chalinguniga qadar davom etsa kerak.

Norsafarov qaytdi

12-tur doirasidagi "Olimpik" 1:0 AGMK o'yinidan keyin diskvalifikaciya qilingan Firdavs Norsafarov ushbu o'yin orqali Superligaga qaytyapti. "Bunyodkor" bu yil qarshilik referi ishlagan 2 o'yinda 1 ochko bilan cheklangan edi:

8-tur. "Bunyodkor" 1:1 "Metallurg"

11-tur. "Surxon" 1:0 "Bunyodkor"

28 yoshli arbitr "Dinamo" ishtirokidagi uchrashuvda so'nggi bor 2020 yilda ishlagan, o'shanda samarqandliklar "Neftchi" ustidan zafar quchishgandi (2:0).


To'qnashuvlar tarixi

Statistikadagi mutlaq ustunlik "Bunyodkor" tomonida. Toshkent klubi "Dinamo"ga qarshi 23 o'yinning 19 tasini o'z foydasiga hal qilgan, 3 ta bahsda kuchlar teng kelgan. Samarqandliklarning yagona g'alabasi esa 2014 yilga to'g'ri keladi. "Jar" stadionida o'tgan uchrashuv taqdiri hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda hal bo'lgan. Aniqrog'i, Azamat Bobojonovning super goli mezbonlarni tiz cho'ktirgandi. 


Imkonsiz vazifa

Vadim Abramovga Samarqand jamoasini Superligada olib qolish topshirilgan. Agar Karlenovich o'z shogirdlari ishlayotgan sobiq jamoasini enga olmasa, "Dinamo"ga keyinchalik Tom Kruz ham yordam berolmaydi. Garchi uning qarshisida tarixdagi eng kuchsiz "Bunyodkor" turgan bo'lsa ham, hech qaysi murabbiy poytaxt klubini Samarqandda engolmaganini unutmasligimiz kerak (11 o'yinda 2 durang).

Xullas, Abramovning oldida shu kungacha hech kim bajarolmagan vazifa turibdi. Nima deb o'ylaysiz, Karlenovich uddalaydimi?

Muallifning telegramdagi kanali → FA| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика