So’nggi yangiliklar

19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  9 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  4 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  4 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  1 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  105

Superliga 8 iyuldan davom ettiriladi. 16 va 14-turning vaqtlari aniq Yangiliklar

Superliga 8 iyuldan davom ettiriladi. 16 va 14-turning vaqtlari aniq

Professional futbol ligasi “Sport” telekanali bilan kelishgan holda Superliganing 16-turi vaqtlari hamda 14-tur bellashuvlarining sanasi hamda vaqtlariga oydinlik kiritib oldi.

Qayd etish kerak, 14-tur O'zbekiston termasining Urugvayga qarshi o'yini sabab qoldirilgandi.

16-tur bellashuvlari avvaldan belgilab qo'yilganidek, 8—9 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Bunda ob-havoning issiqligidan kelib chiqib, o'yinlarning 19:00 dan erta boshlanmasligiga etibor qaratilgan.

8 iyul, yakshanba

19:00  “Paxtakor” — “Buxoro” (live)
20:00  AGMK — “Neftchi” (yozib olib)
21:00  “Nasaf” — “Navbahor” (live)
 
9 iyul, dushanba

19:00  “Qo'qon-1912” — “Lokomotiv” (live)
20:00  “So'g'diyona” — “Metallurg” (yozib olib)
21:00  “Bunyodkor” — “Qizilqum” (live)

O'zbekiston Kubogi formatiga kichik o'zgartirish kiritilgani haqida malum qilingandi. Rejaga ko'ra, chorak final o'yinlari 12—13 iyul kunlari o'tkazilishi kerak edi. Endi esa kubok bahslari kuzga qoldirilgan:
 
1/4 final — 17—18 sentyabr
1/2 final — 27 sentyabr
Final — 28 oktyabr

1/4 finalga qura tashlash marosimi 9 iyul kuni bo'lib o'tadi va u “Sport” telekanalida jonli ko'rsatiladi. Rejaga ko'ra, qura marosimiga “Milliy stadion” mezbonlik qiladi. Marosim “Bunyodkor” — “Qizilqum” o'yini tanaffusida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yini sabab qolib ketgan 14-tur esa endilikda 12—13 iyul kunlari bo'lib o'tadi (kubokning chorak final uchun rejalashtirilgan sanasida).

12 iyul, payshanba
19:00  “So'g'diyona” — “Buxoro” (live)
20:00  “Bunyodkor” — “Neftchi” (yozib olib)
21:00  AGMK — “Paxtakor” (live)
 
13 iyul, juma
19:00  “Lokomotiv” — “Navbahor” (live)
20:00  “Qo'qon—1912” — “Metallurg” (yozib olib)
21:00  “Nasaf — Qizilqum” (live)

22-turgacha bo'lgan o'yinlar taqvimi esa tez orada malum qilinadi. Bunda Professional futbol ligasi O'FA hamda MOQ rahbariyatining Osiyo O'yinlari bo'yicha talabidan kelib chiqib, o'yinlar sanalariga o'zgartirish kiritadi.

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика