So’nggi yangiliklar

21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессонал клуб мақомидан маҳрум қилинди  0 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  0 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  5 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  1 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  3 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  6 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   2 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  5 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  28

Superliga: 4-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Superliga: 4-tur ramziy terma jamoasi

Ananamizga muvofiq Superliganing 4-tur ramziy terma jamoasini etiboringizga taqdim etamiz.

Mazkur tur ramziy terma jamoasini 4-4-2 taktik sxemasida tuzdik.

Qarshida "Nasaf" bilan o'yinda ishonchli tarzda o'ynagan "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov ramziy terma jamoamiz darvozasidan o'rin oldi. "Lochinlar" mavsumdagi ilk g'alabani aynan Qarshida qo'lga kiritishdi, bunda Yusupovning xissasi juda katta bo'ldi. O'zining sobiq klubi bilan bahsda bir necha marta jamoasini goldan qutqarib qolgan O'tkir bu mavsum ilk bor ramziy terma jamoamizdan joy oldi.

Samarqandning "Dinamo" klubi qanot himoyachisi Mirkomil Lokaev ketma-ket ikkinchi tur ramziy terma jamoamizdan o'rin oldi. "So'g'diyona" bilan o'yinda o'z qanotida juda faol bo'lgan Lokaevning to'p uzatishidan keyin Qadamboy Nurmetov yagona golni urgani ham etiborga molik. Termizda o'tgan markaziy o'yinda ikkala jamoaning himoyachilari ishonchli harakat qilishdi va hujumchilar gol ura olishmadi. Maydon egalari safida Vladimir Bubanya havodan kelgan deyarli barcha to'plarni qaytarishga erishdi. "SHerlar" tarkibida esa SHerzod Azamov "Surxon"ning qarshi hujumlarini qaytarishda jonbozlik ko'rsatdi. Hali o'z stadioni tayyor bo'lmagani sababli Olmaliqda o'ynagan "Bunyodkor" "Andijon"ni mag'lub etdi. Mazkur bahsda jamoa himoyachisi Dilshod Ahmadaliev juda faol o'ynadi va xatto bir necha bor raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratishda ham qatnashdi.

Yarim himoyada bir yo'la ikki nafar tayanch yarim himoyachi joy oldi. "Surxon"ning yosh azosi Abror Ismoilov "Paxtakor" bilan o'yinda maydon markazida juda yaxshi va sifatli o'ynaganini takidlash lozim. "Navbahor" vakili Abdujamol Isroilov esa Qarshida yosh "ajdarlar"ga qarshi bahsda munosib harakat qildi va jamoasining g'alaba qozonishida ozmi-ko'pmi yordam berdi.

Ketma-ket ikkinchi turda supergol urishga muvaffaq bo'lgan Doston Ibragimov bu mavsum ilk bor ramziy terma jamoadan o'rin oldi. Iqtidorli yarim himoyachi o'zining noodatiy harakatlari bilan "Buxoro" o'yinlariga chiroy bag'ishlamoqda. Bu futbolchini o'z vaqtida Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasidagi o'yinlari orqali barchamiz yaxshi taniymiz.

Mavsum kashfiyotlaridan biri bo'layotgan Jasur Jaloliddinov ilk bor ramziy terma jamoamizdan joy oldi. 16 yoshli yigitcha "Andijon" bilan bahsda faol o'ynadi va jamoasiga g'alaba keltirgan golni urdi. Gol ham oddiy chiqqani yo'q. Agar Jasur o'z ustida ishlashdan to'xtab qolmasa kelajakda O'zbekiston terma jamoasining etakchilaridan biriga aylanishi turgan gap.

Bu turda ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushgan "Metallurg" hujumchisi Zohid Abdullaev "Qizilqum"ga qarshi bahsda ikkita gol urdi. Bu bilan Abdullaev kuchlilar safida o'zining 99 va 100-gollarini urib, Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubi azosiga aylandi.

Amaldagi mamlakat chempioni "Lokomotiv" klubi bu turda AGMK ustidan irodali g'alabani qo'lga kiritdi. Hisobda ortda qolayotgan paytda jamoa hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqovning goli juda ham muhim ahamiyat kasb etdi. Bikmaev ketgach "temiryo'lchilar"ning asosiy hujumchisiga aylangan Abduxoliqov bu mavsum to'purar bo'lish uchun asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi.


Superliga, 4-tur ramziy terma jamoasi


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика