So’nggi yangiliklar

12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  0 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12

Superliga. "Dinamo" posboni, "Paxtakor" ustozi, "Nasaf" vakili va "Qizilqum" to'purari: 4-tur laureatlari Yangiliklar

Superliga. "Dinamo" posboni, "Paxtakor" ustozi, "Nasaf" vakili va "Qizilqum" to'purari: 4-tur laureatlari

Kuni kecha Superliganing 4-turidan o'rin olgan o'yinlar yakunlandi.

Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Dinamo" klubi bu turda Toshkentda "Bunyodkor" mehmoni bo'ldi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Garchi mag'lubiyatga uchragan bo'lsada samarqandliklar posboni Miloe Prekovichga deyarli etiroz bo'lmadi. Birinchi taymda raqib futbolchining penaltidan tepgan to'pini qaytargan Prekovich o'yin davomida bir qator seyvlar namoyish etdi. "Dinamo" posboni Miloe Prekovich championat.asia sayti talqiniga ko'ra 4-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.




"Paxtakor" bu tur chempionlikka davogar bo'lgan "Navbahor" bilan to'qnash keldi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. "SHerlar" kuchli tarkibga ega bo'lgan "lochinlar"ga qarshi yaxshi o'ynadi va ijobiy natija qayd etishdi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 4-turning eng yaxshi murabbiyi Slavche Voyneski bo'ldi.




Bu turda "Nasaf" yarim himoyachisi Suhrob Nurulloev "Lokomotiv" bilan bahsda ajoyib gol urdi va tur goli muallifiga aylandi.  





Bu yil "Qizilqum"ga kelgan serbiyalik legioner Aleksandar Stanisavlevich juda sermahsul o'yin namoyish etmoqda. Ayniqsa "Neftchi" bilan bahsda u juda foydali o'ynadi. Bahsning birinchi taymida Sasha penaltidan hisobni ochdi. Ikkinchi taym boshida uning to'p uzatishidan keyin Abduholiqov gol urdi. Oradan ko'p o'tmay Stanisavlevich raqib jarima maydoni ichida yiqitildi va penaltidan Abduholiqov foydalandi. SHu tariqa, Aleksandar Stanisavlevich championat.asia talqiniga ko'ra 4-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Malumot uchun, futbolchi 4ta turda 3ta gol urdi va 1ta pas hamda 2ta penalti ishladi.




O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика