So’nggi yangiliklar

22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  0 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  0 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  7 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  0 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  1 20:00"Арсенал" товон пули 100 миллион евролик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда   1 19:38Агар Араухо шартномасини узайтирмаса, "Барселона" уни сотиб юборади  6 19:13ПРО-Лига. "Бухоро" ўз уйида "Машъал"га имкониятни бой берди  10 19:10Расман: "Акрон" Артём Дзюба трансферини эълон қилди  4 18:47Де Брюйне "Ман Сити" сардори бўлишни истамайди  0 18:12Расман: "Арсенал" Артета билан шартнома узайтирилганини эълон қилди  0 17:34"Sky Sports" трансляцияси туфайли АПЛ учрашуви вақти ўзгартирилди  4 16:32Ла Лигада ирқчилик туфайли ўйинлар қолдирилиши мумкин. Ҳакам 3 бор огоҳлантиради ва кейин ўйинни буткул тўхтатади  10 16:01Футзал бўйича жаҳон чемпионати ўйинларига чипта олмоқчи бўлганлар диққатига!  5

Superliga: 31-tur laureatlari aniqlandi Yangiliklar

Superliga: 31-tur laureatlari aniqlandi

23-26 noyabr kunlari Superliga 31-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Biz esa ananamizga muvofiq turning eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur o'yini: "Lokomotiv" - "Paxtakor" (3:2)

Superliganing 31-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" (3:2) uchrashuvi turning eng yaxshi o'yini sifatida qayd etildi.

"Paxtakor"ga yirik hisobdagi g'alaba, "Lokomotiv"ni esa kichik farqdagi mag'lubiyat ham qoniqtiradigan o'yinda muxlislar ajoyib futbol guvohiga aylanishdi. Toshkent derbisidagi mazkur qarama-qarshilik doim shiddatkor futbolni tuhfa etib kelgan. Bu galgisi ham bundan mustasno bo'lmadi. Yuqori bosimda o'ynagan "Paxtakor"ning ustunligida o'tgan o'yinda "Lokomotiv" ikkinchi raqam ostida yaratilgan har bir vaziyatni golga aylantirishni uddasidan chiqdi. "Paxtakor" esa mezbonlarning uchta goliga ikkita javob to'pi yo'lladi. Natijada mazkur derbida "Lokomotiv" ketma-ket uchinchi bor chempionlikni rasmiylashtirdi


Tur muxlislari - yo'q

Muxlislik qilish madaniyati va stadionga tomoshabinlar tashrifi keskin pasayib ketgani uchun ham mazkur nominaciyani hech kimga bermaslikka qaror qildik. CHempionlikni belgilab bergan Toshkent derbisiga ham atigi 2800 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu ko'rsatkichning o'ziyoq Superligaga berilgan haqiqiy baho, desak mubolag'a bo'lmaydi.


Tur hakami - Viktor Serazitdinov

Superliganing 31-turi doirasidagi "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" (0:0) uchrashuvida ishlagan Viktor Serazitdinov boshchiligidagi hakamlar guruhi o'yin davomida qo'pol xatolarga yo'l qo'yishmadi.

Tabloda hisob ochilmagan mazkur bahs davomida Viktor Serazitdinov masuliyati yuqori bo'lgan uchrashuv nazoratini o'z qo'lida ushlab turishga muvaffaq bo'ldi. SHu boisdan ham turning eng yaxshi hakami deya Viktor Serazitdinov etirof etildi.


Tur matbuot xizmati - yo'q

Afsuski, bu turda hech bir klub matbuot xizmatini alohida ajratib ko'rsata olmaymiz. Rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlarda birdek faol bo'lgan matbuot xizmati uchramaganligi sabab bu safar ushbu nominaciyani hech kimga bermaslikka qaror qildik.


Tur iqtibosi: "Men juda ko'p narsa xohlab yuboryapman shekilli..."

"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin yaxshi maydon, tashkiliy ishlarni yuqori darajada bo'lishini istayotgani bazilarga kulguli tuyulayotganiga quyidagicha izoh berdi.

"Meni maydon haqidagi gaplarim yoki tashkiliy ishlarni yuqori darajaga bo'lishini talab qilishim bazilarga kulguli tuyulmoqda. Ammo men yaxshi maydonlarni, ishlarni yuqori saviyada tashkil etilishini o'zim uchun so'ramayapmanku!? Bu avvalo o'zbek futboli rivojiga xizmat qiladigan vositalar. Futbolni yaxshi maydonda o'ynash kerak. O'zbek futbolchilari futbol o'ynashni bilishadi va ularga yaxshi sifatdagi maydonlar kerak.  Ishlarni yuqori darajada to'g'ri yo'lga qo'ymoq lozim. Futbolga bo'lgan munosabatni o'zgartirish kerak. Buni men uchun emas, o'zbek futboli, o'zlarizning futboli yuqori ko'tarish uchun qilishingiz kerak. Men qachondir ketaman va ketayotganimda yaxshi maydonlarni o'zim bilan olib ketmayman. Hammasi shu erda qoladi. Bazilarni o'lchovi bo'yicha men ko'p narsa xohlab yuboryapman shekilli. Ammo meni ko'p narsani istayotganim aslida yaxshilikka. Yaxshiyamki men shundayman", - dedi SHota Arveladze.


Tur goli - Igor Yelich

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Igor Yelich Superliganing 31-turida eng chiroyli golga mualliflik qildi.

CHempionlikni rasman hal etgan bahsda Yelichning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi uchrashuvda hisob ochilishini taminlab berdi. Bir so'z bilan aytganda, bu gol chempionlik uchrashuvini bezab berdi.


Tur darvozaboni - Javohir Ilyosov

"Metallurg" darvozaboni Javohir Ilyosov "Bunyodkor"ga qarshi o'yinni juda ishonchli o'tkazdi deyish mumkin.

Garchi "Metallurg" mag'lub bo'lgan bo'lsada, shu kuni bekobodliklar kiperi o'yinni yaxshi saviyada o'tkazdi. Aynan Ilyosovning xizmatlari evaziga uchrashuvda yirik hisob qayd etilmadi. "Bunyodkor"ning g'alaba goli esa 11-metrlik nuqtadan kiritildi.

Javohir Ilyosov Superliganing 31-turida eng yaxshi darvozabon deya etirofga loyiq ko'rildi.


Tur murabbiyi - Andrey Fyodorov

"Lokomotiv" jamoasi Andrey Fyodorov qo'l ostida Superliganing 31-turiga kelib chempionlikni rasmiylashtirishga erishdi.

Aynan chempionlik masalasi hal etilgan bahsda "temiryo'lchilar" o'zlarining asosiy raqiblari ustidan muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. Andrey Fyodorov esa murabbiy sifatida ilk bor chempionlik tamini tatib ko'rdi. SHu boisdan ham tur murabbiyi laureati sifatida shubhasiz Andrey Fyodorov qayd etildi.


Tur futbolchisi - Marat Bikmaev

"Lokomotiv" hujumchisi Marat Bikmaev jamoasi uchun mavsumning muhim bellashuvida ham maydonni golsiz tark etmadi.

Toshkent derbsida dubl muallifiga aylangan Bikmaev so'zsiz turning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirofga loyiq.


Tur ramziy terma jamoasi (4-4-2):

Darvozabon: Javohir Ilyosov ("Metallurg")
Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv"), Marko Milich ("Qo'qon-1912"), Rustam Ashurmatov ("Bunyodkor"), Farruh Sayfiev ("Paxtakor")
Yarim himoyachilar: Aziz Haydarov ("Bunyodkor") Igor Yelich ("Lokomotiv"), Jasur Hasanov (AGMK), Aziz Turg'unboev ("Navbahor")
Hujumchilar: Marat Bikmaev ("Lokomotiv"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf")

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика