So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

​Superliga 3-tur uchrashuvlari oldidan kimning imkoniyatlari qanday? Yangiliklar

​Superliga 3-tur uchrashuvlari oldidan kimning imkoniyatlari qanday?

Bugun superliganing 3-tur uchrashuvlariga start beriladi.

Bu turda Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'z uyida Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qilsa, Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi safarda “Buxoro” mehmoni bo'ladi. Ertaga Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Namanganda “Navbahor”ga qarshi bahs olib borsa, “Neftchi” o'z uyida “Bunyodkor” bilan bahs olib boradi. 18 mart kuni esa Toshkentda “Paxtakor” Olmaliqning AGMK jamoasini sinovdan o'tkazadi. Qarshining “Nasaf” jamoasi esa Navoiyning “Qizilqum” mehmoni bo'ladi. Ushbu uchrashuvlar oldidan kimning imkoniyatlari qanday? Buni quyida bilib olamiz.


“METALLURG” – “QO'QON-1912”


Bekobodning “Metallurg” jamoasi bugun o'z uyida Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qiladi. Bekobodliklar bundan avvalgi turda Toshkentda “Lokomotiv” jamoasi bilan bahs olib borib durang natija qayd etgandi. Ushbu natija bekobodliklar uchun g'alabaga teng durang bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. CHunki, Toshkentda “Lokomotiv”dan ochko olish juda ham mushkul vazifa. Bugun “Metallurg” o'z uyida “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qiladi. Bu uchrashuvda ikkala jamoaning ham imkoniyatlari deyarli teng. “Qo'qon-1912” jamoasi 2-turda safarda “Qizilqum” jamoasi bilan bahs olib bordi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bugungi uchrashuvda “Metallurg” jamoasiga qiyin bo'lishi aniq.

Imkoniyatlar: 50/50



“BUXORO” – “SO'G'DIYONA”

Buxoroning “Buxoro” jamoasi tarkib borasida jizzaxliklardan ancha kuchli. Lekin bugungi uchrashuvda buxoroliklarga oson bo'lmasligi aniq. CHunki, 1-turda jizzaxliklar Toshkentda “Paxtakor”da yaxshigina qiyinchiliklar tug'dirgandi. Ikkinchi turda esa Farg'onaning “Neftchi” jamoasini o'z uyida qabul qilib nursiz durang qayd etgandi. Ayni damda “So'g'diyona” turnir jadvalida11-pog'onada bormoqda. Bugun Buxoroda mehmonlar g'alaba qozonmasa, keyingi turlar qiyin bo'lishi aniq. “Buxoro” jamoasi ham anoyilardan emas. “Buxoro” jamoasi mavsum avvalida o'z oldilariga jiddiy maqsad qo'ygan. SHuning uchun ham har bir uchrashuvda ochko olishga harakat qilishadi. Bundan tashqari bugun “Buxoro” mehmonlar ko'z o'ngida to'p tepadi. Ushbu bahsda buxorolik futbolchilarning imkoniyatlari “So'g'diyona” jamoasiga qaraganda nisbatan ko'proq.

Imkoniyatlar: 60/40



“NEFTCHI” – “BUNYODKOR”

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi uchunbu yilgi superliga bahslari u darajada oson bo'lmaydi. Deyarli har bir jamoa g'alaba qozonish uchun qo'ldan kelgancha bor imkoniyatlarini ishga solmoqda. “Neftchi” superliganing dastlabki turida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qilib mehmon jamoaga anchagina bosh og'riq tug'dirgandi. Bu safar “Bunyodkor”ga oson bo'lmasligi aniq. Bundan avvalgi turda muxlislar Toshkent derbisiga guvoh bo'lishgandi. Unda “Bunyodkor” o'z uyida“Paxtakor” jamoasini qabul qilgandi va qiyin bo'lgan uchrashuvda g'alabani qo'lga kiritgandi. “Neftchi” – “Bunyodkor” to'qnashuvida ikkala jamoaning ham imkoniyatlari deyarli teng.

Imkoniyatlar: 50/50



“NAVBAHOR” – “LOKOMOTIV”

Ertaga Namanganning “Navbahor” klubi o'z uyida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasini qabul qiladi. Ushbu bahs ikkala jamoa uchun ham qiyin bo'lishi aniq. “Temiryo'lchilar” bundan avvalgi turda o'z uyida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qilib mag'lub eta olmagandi. OCHL guruh bosqichida esa alamli mag'lubiyatga uchradi. “Lokomotiv” ertaga g'alaba qozonish uchun bor imkoniyatini ishga soladi. “Navbahor” jamoasi 2ta turda 4 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda. “Lochinlar” superliganing ikkinchi turida safarda AGMK mehmoni bo'lib so'ngi daqiqada g'alabani ilib ketgandi. Bundan ko'rinib turibdiki, “Navbahor” jamoasidan har narsani kutish mumkin. Bu uchrashuvda ikkila jamoaning ham imkoniyatlari deyarli teng.

Imkoniyatlar: 50/50



“PAXTAKOR” – AGMK

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi o'z oldiga bu yilgi superliga bahslarida chempion bo'lishni maqsad qilgani shubhasiz. Bundan avvalgi turda “sherlar” safarda “Bunyodkor” jamoasiga qarshi bahs olib borishdi va alamli mag'lubiyatga uchrashdi. “Paxtakor” tarkib borasida uncha-muncha jamoalardan qolishmaydi. Jamoaga tajribali futbolchilar jamlangan. “SHerlar” 3-turda Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuvda olmaliqlik futbolchilarga oson bo'lmasligi aniq. AGMKga bundan avvalgi turda o'z uyida “Navbahor” jamoasiga mag'lub bo'ldi. ushbu bahsda mezbon jamoaning imkoniyatlari ko'proq.

Imkoniyatlar: 55/45



“QIZILQUM” – “NASAF

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi o'z uyida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qiladi. Bu turda navoiyliklarga oson bo'lmasligi aniq. “Nasaf” OCHL guruh bosqichida “Al Sadd” jamoasidan alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Ushbu uchrashuvdan so'ng Ro'ziqul Berdiev shogirdlari bor etiborini ushbu o'yinga qaratishgan. Bundan avvalgi turda “Qizilqum”o'z uyida “Qo'qon-1912” jamoasini qabul qilib 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Bu safargi raqib “Qo'qon-1912” dan mahorat bobida kuchli hisoblanadi. “Qizilqum” jamoasining tarkibida kuchli futbolchilar jamlangan. Ammo, mana shu futbolchilarga o'yin paytida biroz mahorat etishmayapti. Bu bahsda “Nasaf” jamoasining imkoniyatlari biroz ko'proq.

Imkoniyatlar: 40/60

Muallif :
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика