So’nggi yangiliklar

10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога ҳимоячи сотиб олади  3 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  1 09:03Карло Анчелотти Беллингемнинг ҳаракатидан норози? Нега?  5 08:35Хулиан Альварес фаолиятини «Атлетико»да давом эттиради  6 08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  2 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  4 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   4 02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  6 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  1 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  18 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  5 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  23 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  3 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  3 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  6

Superliga: 26-tur laureatlari aniqlandi FOTO Yangiliklar

Superliga: 26-tur laureatlari aniqlandi FOTO

Ananamizga muvofiq Superliga 26-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur o'yini - "Paxtakor" - "Lokomotiv" 1:3

Superliganing 26-turidan o'rin olgan markaziy bahs, Toshkent derbisida muxlislarga gollar-shousi taqdim etildi.

CHempionlik bahsiga qiyoslangan mazkur o'yinda "Lokomotiv" kubokdagi mag'lubiyat alamini olishga muvaffaq bo'ldi. Rasmiy protokolda 11dan ortiq muxlis kelgani qayd etilgan uchrashuvda mezbonlar bitta, mehmon "temiryo'lchilar" esa 3 marotaba darvozani ishg'ol etishdi. Natijada Andrey Fyodorov jamoasi "Paxtakor"ni o'z uyida mag'lub etdi. SHota Arveladze "sherlar" boshqaruviga kelgach "Loko" ilk marotaba "Paxtakor"dan ustun keldi. Bunga qadar esa jamoalar o'tkazgan 4 bellashuvning ikkitasi "Paxtakor"ning g'alabasi va yana 2tasi durang bilan tugagandi. Markaziy o'yin maqomidagi mazkur uchrashuv so'zsiz turning eng qiziqarli va etiborli to'qnashuviga aylandi.


Tur muxlislari - yo'q

Muxlislik qilish madaniyati va stadionga tomoshabinlar tashrifi pasayib ketgani uchun ham mazkur nominaciyani hech kimga bermaslikka qaror qildik.


Tur hakami - Zokir Qodirov

Superliganing 26-turidan o'rin olgan AGMK - "Nasaf" uchrashuvini boshqarib borgan Zokir Qodirov bahsni hech qanday qo'pol xatolarsiz o'tkazdi.

O'yin davomida bahsli qarorlar chiqarmagan, o'yin natijasiga tasir etuvchi xatolarga yo'l qo'ymagan Qodirovni tur hakami deya etirof etdik.



Tur matbuot xizmati - yo'q

Tan olish kerak, klublar matbuot xizmati ham mavsumning yakuniy qismi yaqinlashayotgani sari uyquga ketmoqda. Ularda ham avvalgi faollik, tezkorlik va professionallik ko'rinmayapti. Mazkur turda hech bir matbuot xizmati o'z ishini yuqori darajada uddalagani yo'q. SHu boisdan ham mazkur turda hech bir klub matbuot xizmati etirofga loyiq ko'rilmadi.


Tur iqtibosi: "Biz hali "Loko" bilan yana uchrashamiz"

"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze "Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin chempionlik masalasi hali butkul hal bo'lmaganini takidlab, qolgan jamoalar "Loko"ni taslim etishlariga umid qilishini yashirmadi.

"CHempionlik taqdiri butkul hal etilgani yo'q. Biz hali yana "Lokomotiv" bilan uchrashamiz. SHuningdek, "Loko" oltitalikdagi qolgan jamoalar bilan o'zaro o'ynaydi. Qaysidir jamoa ulardan ochko olishiga umid bog'laymiz", - dedi SHota Arveladze.


Tur goli - Xurshid Muxtorov

"Nasaf" himoyachisi Xurshid Muxtorov Olmaliqda o'tgan sobiq jamoasiga qarshi bahsda ajoyib gol muallifiga aylandi.

Sobiq jamoasini jarima zarbasidagi chiroyli va benazir gol bilan siylagan Muxtorov tur goliga mualliflik qildi. Ijro va zarba hamohang juda chiroyli ko'rinishni xosil qildi.


Tur darvozaboni - Javohir Ilyosov

"Metallurg" mazkur turda o'z uyida "Bunyodkor"ni mag'lub etishni uddasidan chiqdi.

G'alabada esa bekobodliklar darvozasini ishonchli qo'riqlagan Javohir Ilyosovning ham xizmati katta bo'ldi. Aynan uning raqib hujumlari paytida ishonchli harakatlari jamoa hisobidagi ochkolar sonini oshishiga xizmat qildi.


Tur murabbiyi - Andrey Fyodorov

"Lokomotiv" Superliganing 26-turida "Paxtakor" mehmoni bo'lgan "Lokomotiv" muhim bahsda qimmatli uch ochkoga ega chiqdi.

Andrey Fyodorov boshqaruvidagi "Loko" peshqadamlikni mustahkamlovchi g'alabani "Paxtakor" maydonida qo'lga kiritganida murabbiyning xizmati katta bo'ldi. Aynan Fyodorov tanlagan taktika yakunda o'z mevasini berdi. SHu boisdan ham muhim va markaziy uchrashuvda g'alabani tantana qilgan Fyodorov tur murabbiyi sifatida etirofga loyiq ko'rildi.


Tur futbolchisi - Anzur Ismoilov

"Lokomotiv" himoyachisi Anzur Ismoilov "Paxtakor"ga qarshi markaziy bahsda qo'lga kiritilgan g'alabada qo'shgan hissasi juda katta bo'ldi.

Anzur Ismoilov nafaqat himoyada tartibli o'ynadi, balki o'yinga tub burilish yasagan va "Lokomotiv"ning ustunligini hisobda aks ettirgan golga ham mualliflik qildi. SHuningdek, Ismoilov havodagi kurashlarda, yakka-kurashlarda juda faol va tartibli o'ynadi. SHu boisdan ham Anzur Ismoilov tur futbolchisi deya etirof etildi.


Tur ramziy terma jamoasi (4-4-2):

Darvozabon: Javohir Ilyosov ("Metallurg")

Himoyachilar: Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Anzur Ismoilov ("Lokomotiv"), Xurshid Muxtorov ("Nasaf"), SHuhrat Muhammadiev ("Lokomotiv")

Yarim himoyachilar: SHahzod SHaymanov ("Metallurg"), Nikola Milinkovich ("So'g'diyona"), Sardor Mirzaev ("Lokomotiv"), Aziz Turg'unboev ("Navbahor")

Hujumchilar: Marat Bikmaev ("Lokomotiv"), Murod Bobojonov ("Neftchi")


To'purarlar:
1.Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor") - 14 (9 penalti)
2.Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor") - 11 (2 penalti)


Assistent:
1.Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor") - 12


Qiziq fakt: Farruh Sayfiev Superliganing ikkinchi bosqichining barcha o'yinlarida gol urayotgan yagona futbolchi. Farruh Sayfiev ketma-ket 4 turdan buyon maydonni golsiz tark etmayapti. "Navbahor" bilan o'yinda boshlangan mazkur golli seriya, "Buxoro", "Metallurg" va "Lokomotiv" bilan uchrashuvda ham davom etdi.


Turnir jadvali

Reyting: -17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика