Superliga-2025. Igor Sergeev - to'purar
30 noy 2025 18:31
Yangiliklar
Mavsum davomida 29 ta o'yinda maydonga tushib raqib darvozasiga 20 ta gol urgan Igor Sergeev chempionat to'purari bo'ldi. "Paxtakor" hujumchisi 10 yil oldin ham O'zbekistonda to'purar bo'lgan edi. 2015 yilgi mavsum u 30 ta o'yinda 24 ta to'p kiritgandi.
Sergeev O'zbekistonda to'purar bo'lish bo'yicha Baxtiyor Hamidullaev, Umid Isoqov, Shuhrat Mirxoldirshoev va Oleg Shackixga etib oldi. Bu sobiq futbolchilar ham ikki martadan to'purar bo'lishgan. Jafar Irismetov hisobida 3 ta, Dragan Cheran hisobida 6 ta to'purarilik bor.
Ketma-ket 8-yil "Paxtakor" futbolchisi chempionat to'purariga aylandi. 2018 yil Tiago Bezerra, 2019-2024 yillarda Dragan Cheran (6 marta) to'purar bo'lishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar