So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  1 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Superliga-2023. Ilk turda toza o'yin vaqti qancha edi Yangiliklar

Superliga-2023. Ilk turda toza o'yin vaqti qancha edi

Har turning toza o'yin vaqtlarini elon qilamiz.

O'quvchida taqqoslash imkoniyati bo'lishi uchun mashhur Opta statistikasidan foydalanamiz. U orqali La liga, APL hamda A seriyaning 2022/23-yilgi mavsumidagi barcha o'yinlarning o'rtacha toza o'yin vaqtini ko'rish mumkin. Bunda albatta tezlik emas, vaqt masalasi nazarda tutilgan.

Superliga ilk turida Nasaf — Andijon o'yini 66 foizlik ko'rsatkich qayd etgan. Vadim Agishev boshqarib borgan uchrashuvda to'xtalishlar 87 tani tashkil qiladi. SHu turdan o'rin olgan hamda Firdavs Norsafarov boshqarib borgan Turon — Buxoro uchrashuvda to'xtalishlar soni yanada kamroq — 82. Bu esa foizlarda mazkur ikki bellashuv toza o'yin vaqti masalasida yaxshiroq natija qayd etishiga zamin yaratgan.

Bunda yana bir jihatga etibor qaratish mumkin. Uchrashuv favoriti hisoblangan Nasaf mavsumni 3 ochko bilan boshlash ilinjida faollikni daqiqama-daqiqa oshirib borgan. O'z navbatida Andijon ham uchrashuvni ortiqcha cho'zish uchun harakat qilmagan va yakunda g'alaba golini urishga ham erishgan.

Bekobodda kechgan va Rahimbek Karimov boshqarib borgan Metallurg — Neftchi bahsida turdagi eng past ko'rsatkich qayd etilgan. Neftchi birinchi bo'limning o'zidayoq 2 ta gol farqi bilan oldinga chiqib oladi. Safarda o'ynayotganidan va hisob o'zini qoniqtiradigan ko'rinishda ekanligidan kelib chiqib, mehmonlar ikkinchi bo'limda tempni ortiqcha oshirishga intilmagan. Bu esa tabiiy holat.

Malumot uchun, Turkiya Superligasi etakchilari bo'lgan Fenerbahche va Galatasaroy bir necha kun avval o'zaro to'qnash kelishdi. Turkiya nashrlari mazkur bellashuvda toza o'yin vaqti 43 daqiqani tashkil qilganiga etibor qaratdi. Bir taymdan ham kam bu ko'rinish sababli uchrashuv muxlislar kutganidek yorqin kechmadi: qoida buzishlar, ko'p to'xtalishlar va durang natija.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика