So’nggi yangiliklar

01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  1 01:42Миллатлар лигаси. Испания, Португалия, Сербия, Руминияда ғалаба, Беларусь ва Шимолий Ирландия нурсиз дуранг ўйнади  4 01:31"Ливерпуль" туркиялик футболчига қизиқмоқда  2 00:49"Хвича икки йилдан сўнги Англия ёки "Реал"га йўл олади. Бошқалар унинг учун тўлай олишмайди"  1 23:28"Ал Ҳилол" келаси йили Винисиус Жуниорни харид қилмоқчи  4 22:57Миллатлар лигаси. Хорватия ўз уйида ғалабага эришди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  7 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  3 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  5 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2

Superliga-2021. Barchasi murabbiylar haqida (2-qism) Yangiliklar

Superliga-2021. Barchasi murabbiylar haqida (2-qism)

Superliga murabbiylari haqidagi maqolamizning navbatdagi qismini etiboringizga havola etamiz.


Superliga-2021. Barchasi murabbiylar haqida (1-qism)        


Bosh murabbiy: No'mon Hasanov 

Klubi: "Navbahor"

Tug'ilgan yili: 10.02.1971

Fuqaroligi: O'zbekiston

O'tgan mavsum "Navbahor" jamoasi Andrey Kanchelskis murabbiyligida ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar girdobiga tushib qolgandi. Jamoa 10 o'yinki g'alaba nimaligini bilgani yo'q.  SHundan so'ng rossiyalik murabbiy o'z yurtiga ravona bo'ldi. Natijada "lochinlar" mavsumni No'mon Hasanov ustozligida yakunlab qo'yishdi. Aynan ushbu murabbiy boshqaruviga kelib futbolchilarning o'yinida biroz bo'lsada ijobiy tomonga o'zgarish kuzatildi. G'alabalar qo'lga kiritildi. O'zbekiston kubogida esa "Nasaf" bilan bahs esa haqiqiy final maqomini oldi. SHu kuni futbolchilar ham, muxlislar ham tom manoda finalga xos muhitni yaratib berishdi. "Navbahor"ni yangi mavsumga ham No'mon Hasanovning o'zi tayyorladi. Azaldan faoliyat olib borgan jamoalarida kombinacion va paslarga asoslangan uslubni qo'llagan mutaxassis, bu klubda ham ana shunday o'yinni yo'lga qo'yib muxlislar mehrini qozonsa ajab emas. Maqsadlar esa doimgidek ulkan. 

Bu haqida murabbiy shunday deydi: "Tarkib haqida fikr bildiradigan bo'lsam, qishki transferlar vaqtida ko'p yangi futbolchilar qo'shildi. Ayrimlari ko'rikdan o'tkazildi. O'ylaymanki, yaxshi jamoa shakllanmoqda. Endilikda ularni bitta oila sifatida birlashtirish, jismoniy tomondan yaxshi holatga keltirish ustida ish olib bormoqdamiz. To'g'ri, bu oson emas. Umid qilamanki, yangi kelgan futbolchilar jamoaga tezda moslashishadi. Futbolchilarga ko'proq ishlash kerakligini tushuntiryapman. CHunki, oldimizga katta maqsad qo'yilgan. Buni ular anglashi va his qilishi kerak. Meni berilayotgan ko'rsatmalarim barcha o'yinchilarga tegishlidir. Futbolchilarning bir-birlarini o'zaro tushunishlarini so'rab qolardim. SHunda bizga bir muncha osonroq bo'ladi",- deydi 50 yoshli No'mon Hasanov




Bosh murabbiy: Mikael Sekeyra

Klubi: "Lokomotiv"

Tug'ilgan yili: 06.07.1973

Fuqaroligi: Portugaliya

Yana ulkan maqsadlar bilan ravon yo'lga qaytishni va chempionlik uchun kurashishni maqsad qilgan "Lokomotiv" murabbiylik postiga uzoq Portugaliya o'lkasidan Mikael Sekeyrani taklif qildi. Ushbu mutaxassis haqida ko'p fikr bildira olmaymiz. Boisi, hali uning nimalarga qodirligi, uslubi, taktikasi va boshqa hislatlaridan bexabarmiz. Mavsum davomida esa sekin-asta kuzatib baho berib borishimiz mumkin bo'ladi. Lekin, shunisi aniqki muxlislar undan ko'p narsa kutishlari tabiiy. Ammo, bunga biroz vaqt ham kerakligini esdan chiqarmasligimiz lozim. Sekeyra haqida malumotlarga ko'z tashlar ekanmiz, asosan assistent, bosh tahlilchi lavozimlarida faoliyat olib borganini ko'rishimiz mumkin. "Lokomotiv" esa uning uchun ham yangi chaqiruv va O'zbekistondagi yangi sarguzashtlarining debochasi bo'lishi shubhasiz. Yangi kelib qo'shilgan futbolchilar, legionerlardan kelib chiqib aytish mumkinki, "temiryo'lchilar" chempionlik uchun bor kuchlari bilan kurashishadi.



Bosh murabbiy: Hamid Aktamov

Klubi: "Qizilqum"

Tug'ilgan yili: 10.10.1977

Fuqaroligi: O'zbekiston

"Joriy mavsumga har yilgiga qaraganda boshqacha tayyorgarlik ko'rdik. Boshqa jamoalarga ko'rsatadigan syurprizlarimiz ko'p". Bu "Qizilqum" bosh murabbiyi Hamid Aktamovning qura tashlash marosimidan so'ng bildirgan fikrlari. O'zining noodatiy fikrlari bilan Superliga murabbiylari orasida ajralib turadigan Hamid G'ulomovichning bu yilgi niyatlari haqiqatdan ham jiddiyga o'xshaydi. Agarda mavsum yakunida bu jamoani tepa o'rinlarda ko'rib qolsak ajablmanmaymiz. 2016 yildan beri jamoani boshqarib kelayotgan Hamid Aktamov qo'l ostida bu yil yomon tarkib shakllanayotgani yo'q. Ayniqsa o'tgan mavsumda ko'p qiyinchilik tug'dirgan hujum chizig'iga sobiq futbolchilar Elguja Grigalashvili, Mate Vatsadze qaytdi. SHuningdek, yana bir gruziyalik hujumchi Georgiy Kuxianidze kelib qo'shildi. Umuman bu yil oldingi chiziqda gruziyalik hujumchilarning triosi harakat qilishi kutilmoqda. Navoiyliklar esa ajoyib o'yin va ijobiy natijalar bilan yangi tarix yaratishga urinib ko'rishadi. 


Bosh murabbiy: Dilyaver Vaniev

Klubi: "Mashal"

Tug'ilgan yili: 04.09.1975

Fuqaroligi: O'zbekiston

Futbolchilik faoliyatining katta qismini "Mashal"da o'tkazgan Dilyaver Vaniev o'tgan mavsumdan mustaqil murabbiylikka qadam qo'yishni boshladi. Bunga qadar esa Aleksandr Xomyakov va Asror Aliqulovga yaqindan ko'maklashgan edi. Joriy mavsumda ham uning o'zi jamoaga ustozlik qiladigan bo'ldi. Aslida "gazchilar" qishki o'quv-mashg'ulot yig'ining katta qismini ispaniyalik Serxio Marinangeli boshchiligida o'tkazgandi. Biroq, murabbiy oilaviy sabablarga ko'ra o'z yurtiga jo'nab ketdi. Bunday qiyin pallada esa Vanievdan yaxshiroq nomzod yo'q edi. Boshqa tomondan esa mavsum starti arafasida yana yangi murabbiy olib kelish xato qaror hisoblanardi. "Mashal" transferlar oynasi vaqtida unchalik faol bo'layotgani yo'q. Jamoa ko'proq mahalliy futbolchilar ko'magiga suyanishga qaror qilmoqda. Bu albatta juda yaxshi yo'l sanaladi. Nomlardan ko'ra yangi nomlarni kashf qilish nafaqat klub, futbolimiz uchun ham foyda hisoblanadi. Dilyaver Vaniev uchun esa bu ortiqcha muammo tug'dirmasa kerak, deb o'ylayman. O'tgan mavsum qiyinchilik bilan ligada qolishni uddasidan chiqqan muborakliklar bu yil yaxshi natijalarga erishishni maqsad qilgan. 


Bosh murabbiy: Otabek G'ulomxo'jaev

Klubi: "Andijon"

Tug'ilgan yili: 31.10.1982

Fuqaroligi: O'zbekiston

Asosan turli yoshdagi terma jamoalardagi faoliyati bilan tanilgan Otabek G'ulomxo'jaev o'tgan mavsum yakuniga to'rt tur qolganda "Andijon" jamoasi murabbiyiga aylandi. Uning oldida juda qiyin va masuliyatli vazifa turgandi, yani jamoani Superligada olib qolish. Bunday pallada hech bir murabbiyga oson bo'lmaydi. Lekin, yakunda Otabek G'ulomxo'jaev vazifani alo darajada bajardi. Qisqa vaqt ichida futbolchilardagi ruhiyatni o'zgartira olgan mutaxassis endilikda yangitdan yangi "Andijon"ni shakllantirmoqda. O'rtoqlik uchrashuvlarda guvoh bo'ldikki, murabbiy o'z uslubi va falsafasini singdira olmoqda. Bu futbolchilarning harakatlarida, chiziqlar orasidagi bog'lamlarda sezilib turibdi. Tarkibga yoshlar bilan bir qatorda tajribali legioner va futbolchilar ham qo'shib olindi. SHunisi aniqki "Andijon" Superligada jon saqlab qolish uchun kurashmaydi. To'g'ri, o'yinni yanada yaxshiroq yo'lga qo'yib olish uchun malum vaqt kerak. Lekin, u jamoada yolg'iz emas. Unga tajribali murabbiy Yorqin Nazarov, SHerzod SHaripov ko'maklashmoqda. Boz ustiga Otabek G'ulomxo'jaev "Bunyodkor" va terma jamoalardagi faoliyati bilan xalqaro tajriba ham to'plagani Superligadagi faoliyati davomida yordam berishi tayin.


Bosh murabbiy: Rifat Akramxo'jaev

Klubi: "Surxon"

Tug'ilgan yili: 20.06.1980

Fuqaroligi: O'zbekiston

"Surxon" jamoasi ushbu mavsum murabbiylik o'rindig'iga begona bo'lmagan Rifat Akramxo'jaevni taklif qildi. Malumot o'rnida takidlash joizki, mazkur murabbiy 2018 yil ham jamoada faoliyat olib borgan. Keyingi mavsumlarda "Lokomotiv" o'rinbosarlari bilan chempionlikni nishonladi, o'tgan mavsumda esa klub U-18 jamoasida hamda Dilshod Nuralievning murabbiylar shtabida faoliyat olib bordi. Joriy mavsumda murabbiylar shtabi ko'proq mahalliy, surxandaryolik yosh futbolchilarga ishonch bildirishni maqsad qilishgan. To'g'rida, pullarni foydasiz legionerlarga sarflagandan ko'ra shu yoshlarga sarflagan yaxshiroq. Xorijlik legioner ketadi va nari borsa FIFAga yozib bo'lsa ham pulini undirib oladi. Yutqazganda esa klublar yutqazib qolaveradi. "Surxon" klubi murabbiylari esa bundan buyon to'g'ri yo'lni tanlagan holda mahalliy futbolchilar bilan ham natijaga erishish mumkinligini isbotlashsa ajab emas. 


Bosh murabbiy: Islom Ismoilov

Klubi: "Turon"

Tug'ilgan yili: 20.07.1992

Fuqaroligi: O'zbekiston

Va nihoyat Superliga-2021ning eng yosh murabbiyiga etib keldik. 28 yoshida "Turon"ni tarixda ilk bor elitaga olib chiqqan murabbiy ko'pchilik tomonidan o'zbekistonlik Nagelsman, deya etirof etildi. 2020 yilning eng muhim va o'ziga hos final "jangi"da "Neftchi" mag'lub etilgach Islom Ismoilov muxlislarga yaqindan tanildi. Klubdagi dastlabki mavsumida Pro ligaga olib chiqdi, so'ng esa Superligaga. Mana endi, kuchlilar orasida ham munosib ishtirok etishni ko'zlamoqda. Jamoaning ayni paytdagi harakatlari, yig'ilgan tarkibdan bilish mumkinki, yaypanliklar o'z raqiblariga kutilmagan sovg'a taqdim qilishi mumkin. Qolgan jamoalarga esa bu jamoani jiddiy raqib sifatida qabul qilishlarini so'rab qolgan qolamiz. Hujumkor va agressiv futbolni jamoaga singdirayotgan Islom Ismoilov "Kichkina demang bizni, ko'tarib uramiz sizni",- deganlaridek etakchi va tajribali murabbiylarga dars o'tib qo'ysa ajablanmaymiz. Axir o'tgan mavsum Pro ligada buni guvohi bo'ldik. O'ylaymanki, so'zimizga ortiqcha isbot kerak emas. 

Umumiy qilib aytganda hech bir murabbiy Superliga deb nomlanmiz olis safar yo'liga muvaffaqiyatsizlik yoki ligada qolish uchun kurashaman deb chiqmaydi. SHunday ekan bu yil murabbiylar o'rtasida ham qiziqarli to'qnashuvlar guvohi bo'lamiz. Bizni kuzatishda davom eting! 


Abdulaziz Iskandarov 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика