Superliga-2020. "Qo'qon-1912" eng ko'p penalti tepdi, "Buxoro" darvozasiga eng ko'p penalti belgilandi
06 dek 2020 18:35
Yangiliklar


Superliga-2020. "Qo'qon-1912" eng ko'p penalti tepdi, "Buxoro" darvozasiga eng ko'p penalti belgilandi
Bu mavsum O'zbekiston chempionatida eng ko'p penalti tepgan klub "Qo'qon-1912" bo'ldi. Vodiy klubi 10ta penalti tepdi va shundan 8tasi golga aylandi.
"Nasaf" penaltini noaniq amalga oshirish borasida "chempion" bo'ldi. Qarshiliklar 7ta penaltidan 4tasida gol ura olishmadi.
Eng kam penalti tepgan klublar "Mashal" va "Lokomotiv" bo'ldi. Bu jamoalar ikkitadan 11 metrli jarima to'pini amalga oshirishdi.
Penalti tepildi | Gol urildi | Foiz | Klub |
10 | 8 | 80 % | QO'QON-1912 |
7 | 3 | 42,86 % | NASAF |
6 | 5 | 83,33 % | SO'G'DIYONA |
6 | 5 | 83,33 % | ANDIJON |
6 | 4 | 66,67 % | BUNYODKOR |
4 | 4 | 100 % | PAXTAKOR |
4 | 4 | 100 % | QIZILQUM |
4 | 4 | 100 % | METALLURG |
4 | 2 | 50 % | NAVBAHOR |
3 | 3 | 100 % | BUXORO |
3 | 3 | 100 % | SURXON |
3 | 2 | 66,67 % | AGMK |
2 | 2 | 100 % | LOKOMOTIV |
2 | 1 | 50 % | MASH'AL |
Darvozasiga penalti tepish borasida "Buxoro" chempion bo'ldi. Hakamlar buxoroliklar darvozasiga jami 12 marta penalti belgilashdi. SHundan 9tasi gol bilan tugadi.
Yakunlangan mavsumda Bekobodning "Metallurg" klubi darvozasiga eng kam ikki marta penalti belgilandi va shundan bittasi golga aylandi.
Darvozasiga penalti tepildi | Gol urildi | Foiz | Klub |
12 | 9 | 75 % | BUXORO |
7 | 4 | 57,14 % | SURXON |
5 | 4 | 80 % | MASH'AL |
5 | 3 | 60 % | LOKOMOTIV |
5 | 3 | 60 % | NASAF |
4 | 4 | 100 % | AGMK |
4 | 4 | 100 % | ANDIJON |
4 | 3 | 75 % | NAVBAHOR |
4 | 3 | 75 % | PAXTAKOR |
3 | 3 | 100 % | BUNYODKOR |
3 | 3 | 100 % | SO'G'DIYONA |
3 | 3 | 100 % | QIZILQUM |
3 | 3 | 100 % | QO'QON-1912 |
2 | 1 | 50 % | METALLURG |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar