So’nggi yangiliklar

07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0 06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0 06:45Европа лигаси. "Аталанта" - "Ливерпуль" 0:1   0 06:40Европа лигаси. "Вест Хэм" - "Байер" 1:1   0 03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  2 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  15 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   12 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  3 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  7 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан илгари ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  3 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   2

Superliga-2019. Yil ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Ushbu ramziy terma jamoaga "Paxtakor"dan etti nafar futbolchi kiritildi. SHuningdek ramziy terma jamoadan "Bunyodkor", "Navbahor", AGMK va "Lokomotiv" klublaridan bir nafardan futbolchi joy oldi.  



O'tkir Yusupov ("Navbahor")
2019 yilgi mavsumni Namangan klubida o'tkazgan O'tkir Yusupov Superligada 24ta o'yin o'tkazdi. SHundan 8tasida posbon o'z darvozasidan gol o'tkazgani yo'q. 24ta bahsda Yusupov atigi 19ta gol o'tkazdi xolos. Bu O'tkir har 114 daqiqada gol o'tkazdi deganidir. Yakuniga etgan mavsumda Yusupov qo'riqlayotgan darvoza tomon hakamlar jami 5ta penalti belgilashdi va darvozabon ikkita penaltini qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 2019 yilgi mavsumda qolgan hech bir posbon ikkita penaltini qaytargani yo'q.

Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor")
Mavsum kashfiyotlaridan biri bo'lgan o'ng qanot himoyachisi bu yilgi Superligada 21ta o'yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi. Alijonov himoyadagi ishonchli harakatlari bilan "sherlar"ning chempion bo'lishiga katta hissa qo'shdi.

Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv")
Tajribali markaziy himoyachi bu mavsum ishonchli harakat qildi. 24ta bahsda ishtirok etgan To'xtaxo'jaev 4ta gol urishga erishdi. Bundan tashqari ikki marta sheriklariga samarali to'p uzatdi.

Egor Krimec ("Paxtakor")
"Paxtakor" klubi sardori mavsum davomida stabil o'ynadi. CHempionat davomida 21ta o'yinda maydonga tushgan Krimec 3ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.

Farruh Sayfiev ("Paxtakor")
Faoliyati davomida ilk bor O'zbekiston chempioni bo'lgan chap qanot himoyachisi. Superligada 24ta o'yinda ishtirok etgan Sayfiev sheriklariga 4ta golli pas berdi.

Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor")
Bu yilgi Superligadagi eng tartibli o'ynagan tayanch yarim himoyachisi. Raqib hujumlarini buzadigan futbolchi 20ta o'yinda maydonga tushdi va atigi 1ta sariq kartochka oldi. Bundan tashqari Hamrobekov 3ta golga hammualliflik qildi.

Nurillo To'xtasinov ("Bunyodkor")

"Qaldirg'ochlar" safida ayniqsa mavsumning hal qiluvchi pallasida ajoyib o'yin ko'rsatgan yarim himoyachi. To'xtasinov chempionat davomida 24ta bahsda ishtirok etdi va 6ta gol urishning uddasidan chiqdi. SHu bilan birga yana 5ta gol urilishida qatnashdi. Nurillo Superliganing oxirgi 4ta turida eng muhim gollarni urishga erishdi va "Bunyodkor"ning bronza medallarini qo'lga kiritilshida muhim o'rin tutdi.

Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")

2019 yilgi Superligada eng ko'p golli pas bergan futbolchi. Masharipov chempionatda 25ta o'yinda qatnashib raqib darvozasiga 4ta gol urdi. Bundan tashqari sheriklariga 16ta golli pas berib bu borada rekordchiga aylandi. Gol+pas tizimida Masharipov chempionatda ikkinchi bo'ldi. Birinchi o'rin egasi haqida pastroqda malumot beriladi.

Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor")
Faoliyatida birinchi marta O'zbekiston chempioni bo'lgan yarim himoyachi. Bu mavsumda 22ta o'yinda maydonga tushgan yarim himoyachi raqiblari davrozasiga 7ta to'p kiritishga erishdi va sheriklariga 2ta golli pas berdi.

Dragan CHeran ("Paxtakor")
Bu mavsum Superliganing eng yaxshi to'purari. Serbiyalik futbolchi 24ta o'yinda maydonga tushdi va 23ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. CHeran 5ta gol urilishida sheriklariga yordam berdi va gol+pas tizimida 28 ochko to'plab bu borada ham birinchi bo'ldi.

Zafar Polvonov (AGMK)
34 yoshli hujumchi faoliyatidagi eng sermahsul mavsumini 2019 yilda o'tkazdi. Superliga doirasida 19ta uchrashuvda maydonga tushgan Polvonov raqiblari darvozasiga jami 15ta gol urdi. Hujumchi 2019 yilgi Superligada bitta uchrashuvda 5ta gol urgan yagona futbolchiga aylandi. Yil so'nggida Polvonov umumiy gollari sonini 100tadan oshirdi va "Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubi" azosiga aylandi.




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика