So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  1 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  2 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  2 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  2 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  6 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  55

Superliga-2019 yakunlari. Darvozabonlar statistikasi Yangiliklar

Superliga-2019 yakunlari. Darvozabonlar statistikasi

Yakuniga etgan mavsum haqidagi malumotlarni berishda davom etamiz. Bu safar jamoalarning darvozabonlari haqida so'z yuritamiz.

2019 yilgi mavsumda Superligada jami 35 nafar darvozabon maydonga tushdi.

"Qo'qon-1912" safida eng ko'p, to'rt nafar posbon maydonga tushdi. "Surxon", "Buxoro", "Dinamo", "Andijon" va AGMK jamoalarida uch nafardan darvozabonlar o'yinlarda ishtirok etishdi. Bu mavsum hech qaysi posbon mavsumni to'liq, o'zgarishlarsiz o'tkazgani yo'q.

"Navbahor" posboni O'tkir Yusupov 24ta o'yinda maydonga tushib, 2019 yilgi Superligada eng ko'p uchrashuv o'tkazgan darvozabon bo'ldi. Undan keyingi o'rinni 23ta o'yin o'tkazgan "So'g'diyona" vakili Milan Mitroich egalladi. Asilbek Amonov ("Surxon") va Botirali Ergashev ("Dinamo") 22tadan o'yinda ishtirok etishdi. Azamat Ahmedov ("Surxon"), Akmal Ortiqov ("Andijon") va Nodirjon Ashurmatov ("Buxoro") bu mavsum bittadan o'yinda maydonga tushishdi xolos.



Maydonga tushgan eng yosh darvozabon 2001 yilda tug'ilgan Abduvohid Nematov ("Nasaf") bo'ldi. 1983 yilda tavallud topgan Murodjon Zuhurov ("Bunyodkor") bu mavsum chempionatimizning eng faxriy darvozaboniga aylandi.

O'tkir Yusupov va Abduvohid Nematov bu mavsum ikkitadan penaltini qaytarishdi. Besh darvozabon mavsum davomida bittadan penalti qaytarishdi. Bular Murodjon Zuhurov ("Bunyodkor"), Aleksandr Lobanov ("Metallurg"), Artyom Makosin ("Qizilqum"), Milan Mitrovich ("So'g'diyona") va Botirali Ergashev ("Dinamo").



Eng ko'p "quruq o'yin"ni Asilbek Amonov o'tkazdi. Termizliklar posboni 22ta o'yinning 11tasida o'z darvozasidan gol o'tkazmadi. "So'g'diyona" posboni (23ta o'yinda maydonga tushgan) Milan Mitrovich va "Lokomotiv" darvozaboni (21ta o'yinda maydonga tushgan) Javohir Ilyosov 9tadan uchrashuvda o'z darvozalariga "qulf solib qo'yishdi". O'tkir Yusupov ("Navbahor", 24ta o'yin) va Eldorbek Suyunov ("Paxtakor", 11ta o'yin) 8tadan bahsda gol o'tkazishmadi.

Sakkiz nafar posbon bu mavsum umuman "quruq o'yin" o'tkazishmadi. Bular Sardor Qobuljonov ("Surxon", 5ta o'yinda maydonga tushgan), Akbar To'raev (AGMK, 5), SHirinboy Abdullaev ("So'g'diyona"), Sarvar Karimov ("Qo'qon-1912"), SHohruh Raimov ("Dinamo", 3), SHohruh Eshbo'taev ("Dinamo", 3), Dilshod Hamroev ("Navbahor", 2) va Nodir Ashurmatov ("Buxoro", 1).



2019 yil Superligada eng ko'p golni "Dinamo" darvozaboni Botirali Ergashev o'tkazib yubordi. U 22ta uchrashuvda jami 38 marta o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'ldi. "Andijon" posboni Vitaliy Mirniy 18ta o'yinda 30ta gol o'tkazdi. Evgeniy CHeremisinni raqiblar 17 uchrashuvda 28 bor ranjitishdi.

Bu mavsum ikki posbon umuman gol o'tkazgani yo'q: "Surxon" vakili Azamat Ahmedov (1ta o'yinda 45 daqiqaga maydonga tushgan) va "Andijon" darvozaboni Akmal Ortiqov (1ta o'yinda 90 daqiqaga maydonga tushgan).



O'rtacha gol o'tkazish borasida "Qo'qon-1912" darvozabonlari "peshqadam" bo'lishdi. Boyan Knejevich 6ta uchrashuvda maydonga tushib 14ta gol o'tkazdi (o'rtacha bitta o'yinda 2,33tadan gol to'g'ri keldi). SHu klub posboni Sarvar Karimov esa 3ta bahsda 7ta gol o'tkazdi (o'rtacha 2,33). "Qizilqum" vakili Artyom Makosin 9ta o'yinda 20ta gol o'tkazdi (o'rtacha 2,22).

Ignatiy Nesterov 5ta urashuvda 1ta gol o'tkazdi (o'rtacha har bir o'yinda 0,2ta gol). 11ta o'yin o'tkazgan va 3ta gol o'tkazgan "Paxtakor" posboni Eldorbek Suyunovda bu ko'rsatkich 0,27ga teng bo'ldi.
Daqiqalar bo'yicha olsak ham Nesterov va Suyunov boshqalardan ustunlik qilishdi. "Lokomotiv" darvozaboni har 450 daqiqada, "Paxtakor" vakili esa har 330 daqiqada o'z darvozasidan to'p olib chiqishdi.

Boyan Knejevich, Sarvar Karimov va SHohruh Raimov har 39 daqiqada o'z darvozasidan gol o'tkazishgan. Artyom Makosinda bu ko'rsatkich 40 daqiqa, Akbar To'raevda 41 daqiqaga teng bo'ldi.



Vitaliy Mirniy, Evgeniy CHeremisin va O'tkir Yusupov qo'riqlagan darvozaga eng ko'p 5 martadan penalti belgilandi. Yusupov ikki marta penaltidan yo'llangan zarbalarni qaytargan bo'lsa, Mirniy va CHeremisin bironta penaltini qaytara olishmadi.

Bu yil Superligada maydonga tushgan legioner darvozabonlar: Milan Mitrovich (Serbiya, "So'g'diyona"), Vitaliy Mirniy (Ukraina, "Andijon"), Evgeniy CHeremisin (Rossiya, "Qizilqum") va Boyan Knejevich (Serbiya, "Qo'qon-1912").

2019 yilgi mavsumda ro'yxatdan o'tgan lekin umuman maydonga tushmagan mashhur darvozabonlar: Mamur Ikromov ("Lokomotiv"), Roman Abdulov (AGMK), Akmal Tursunboev ("Metallurg"), SHohjahon Nasimov ("Buxoro"), Mashhurjon Muhammadjonov ("Nasaf"), Umid Hamroev ("Paxtakor").




Darvozabon

Klub

1

2

3

4

5

6

7

8

Yusupov O'tkir

Navbahor

24

2160

8

19

0,79

114

5

2

Mitrovich Milan

So'g'diyona

23

2070

9

25

1,09

83

3

1

Omonov Asilbek

Surxon

22

1929

11

25

1,14

77

0

0

Ergashev Botirali

Dinamo

22

1902

4

38

1,73

50

4

1

Ilyosov Javohir

Lokomotiv

21

1890

9

16

0,76

118

4

0

Lobanov Aleksandr

Metallurg

20

1800

6

18

0,9

100

3

1

Mirniy Vitaliy

Andijon

18

1620

3

30

1,67

54

5

0

Sultonov Suhrobjon

AGMK

18

1620

3

23

1,28

70

3

0

Davronov Rahimjon

Buxoro

17

1530

4

21

1,24

73

2

0

Nematov Abduvohid

Nasaf

17

1530

4

18

1,06

85

2

2

CHeremisin Evgeniy

Qizilqum

17

1530

2

28

1,65

55

5

0

Quvvatov Sanjar

Paxtakor

15

1350

3

15

1

90

1

0

Abdujalilov Abdumavlon

Bunyodkor

14

1215

3

17

1,21

71

2

0

Zuhurov Murodjon

Bunyodkor

13

1125

4

16

1,23

70

3

1

Abdullaev Islomjon

Qo'qon-1912

12

1080

4

17

1,42

64

2

0

Suyunov Eldorbek

Paxtakor

11

990

8

3

0,27

330

0

0

Makosin Artyom

Qizilqum

9

810

1

20

2,22

40

3

1

Ergashev Umidjon

Nasaf

9

810

3

9

1

90

2

0

Xodjaev Xurshid

Buxoro

8

720

2

14

1,75

51

2

0

Matniyazov Ruslan

Andijon

7

630

3

7

1

90

1

0

Knejevich Boyan

Qo'qon-1912

6

540

1

14

2,33

39

3

0

Safaev Zafar

Metallurg

6

540

1

8

1,33

68

0

0

Abdullaev Muzaffar

Qo'qon-1912

5

450

1

7

1,4

64

0

0

Nesterov Ignatiy

Lokomotiv

5

450

4

1

0,2

450

0

0

To'raev Akbar

AGMK

5

450

0

11

2,2

41

1

0

Qobuljonov Sardor

Surxon

5

366

0

8

1,6

46

0

0

Abdullaev SHirinboy

So'g'diyona

3

270

0

4

1,33

68

1

0

Ziyovuddinov Nizomiddin

AGMK

3

270

1

3

1

90

0

0

Karimov Sarvar

Qo'qon-1912

3

270

0

7

2,33

39

2

0

Eshbo'taev SHohruh

Dinamo

3

242

0

4

1,33

60

0

0

Raimov SHohruh

Dinamo

3

196

0

5

1,67

39

0

0

Hamroev Dilshod

Navbahor

2

180

0

4

2

45

2

0

Ashurmatov Nodirjon

Buxoro

1

90

0

2

2

45

0

0

Ortiqov Akmal

Andijon

1

90

1

0

0

0

0

0

Ahmedov Azamat

Surxon

1

45

1

0

0

0

0

0



Izoh: 1 - o'yinlar soni, 2 - daqiqa, 3 - "quruq o'yin"lar soni, 4 - o'tkazilgan gol, 5 - o'rtacha o'tkazilgan gol, 6 - o'rtacha nechi daqiqada gol o'tkazgan, 7 - penalti belgilangan, 8 - qaytarilgan penalti.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика