So’nggi yangiliklar

05:20Футзал. Футбол бўйича Европа чемпионлари иштирок этган илк жаҳон чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  4 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  3 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  8 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  1 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  6 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  1 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  24 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  13 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  10

​Superliga: 20-tur laureatlari aniqlandi FOTO Yangiliklar

​Superliga: 20-tur laureatlari aniqlandi FOTO

Ananamizga muvofiq Superliga 20-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur o'yini - "Buxoro" - "Metallurg"

Superliganing 20-turidagi eng qiziqarli bahs Buxoroda bo'lib o'tdi.

Mazkur o'yin "Buxoro" va "Metallurg" kuchli-oltilikka kirish uchun kurashayotgani tufayli ham har ikkala jamoa uchun yanada ahamiyatli edi. O'yin esa kutilganidek keskin va shiddatli kechdi. Dastlab Sanat SHixovning ajoyib goli evaziga hisobga oldinga o'tib olgan "Buxoro", keyinchalik Islom Isoqjonovdan chiroyli javob oldi. Ammo mezbonlar javob goliga ham tezkor reakciya bildirishni uddasidan chiqishdi. Natijada "Buxoro" muhim o'yinda kerakli g'alabani tantana qildi.


Tur muxlislari - Toshkentda

Superliganing 20-tur doirasidagi Toshkent derbisi "Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvida 16280 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

"Paxtakor" stadionidagi ajoyib muhit ostida o'tgan bahsda g'olib nomi aniqlanmadi. Uchrashuv davomida esa har ikkala jamoa muxlislari o'z suyuklilarini faol tarzda qo'llab-quvvatlab turishdi.


Tur hakami - SHerzod Qosimov

Hakamlar ko'plab xatolarga yo'l qo'yishda davom etishmoqda. Xorijdan taklif etilgan Alirizo Fag'oni ham markaziy bahsda natijaga tasir ko'rsatgan xatolarga yo'l qo'ydi. Mazkur turda Jizzaxda ishlagan SHerzod Qosimov qolganlarga nisbatan yaxshi ishladi. O'yin natijasiga tasir qiladigan xatolar uchramadi. SHu boisdan aynan SHerzod Qosimov tur hakami sifatida etirof etildi.


Tur matbuot xizmati - "Paxtakor"

Matbuot xizmatlari ichida ayni kunda O'zbekistonda birinchi raqam bo'lib turgan "Paxtakor" barqaror va professional ishlashda davom etmoqda. Muhimi, har bir turni barqaror, operativ va professional tarzda yoritib borishmoqda. O'yin atrofidagi tadbirlar va uchrashuvdan keyingi tafsilotlarni yoritib borishda "Paxtakor" rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalari birdek faol va tezkor ishlamoqda. SHu boisdan ham ushbu turda eng yaxshi va faol ishlagan matbuot xizmati sifatida yana "Paxtakor" etirof etildi.


Tur iqtibosi: "Hakamlarga insof bersin"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov yana bir bor hakamlarni insofga chaqirdi.

Hakamlar? Ha, o'yin davomida ko'p marotaba hakamga etiroz bildirdim. Bu faqat bugungi bahsda emas, balki ko'p bora takrorlanmoqda. Nima ham derdim, hakamlarga insof bersin. Hakamlarga qaraydigan qo'mita bor, ular o'zlari tegishli choralarni ko'rishsa kerak. Biz esa futbolimizni o'ynashimiz lozim. Hakamlar ham xato qiladi. Lekin shuni aytish kerakki, hakam xushtagi bilan juda ko'p marotaba o'yin tempini buzishga urindi. SHu asabga tegdi. Yana bir vaziyatda to'p raqib futbolchisini qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. Buni videotasmada ko'rish kerak. O'ylaymanki, "Referi-taym"da bu vaziyat bo'yicha mutaxassislar izoh berishadi. Biz ham shu orqali penalti bormidi yoki yo'qligini bilib olamiz.

Qurada Ravshan Ermatov bilan bo'lar-bo'lmasga xushtak chalib o'yinni to'xtavermaslikni gaplashib olingandi. Ermatovni o'zi Superligada endi evropa o'yinlari singari elkama-elka kurashlarga qo'yib berish, futbolchilarni har bir yiqilganiga xushtakni chalavermaslikni aytgandi. Bugun esa teskari holat kuzatildi. Bu esa o'yin tempiga ham bevosita tasir ko'rsatadi. Nafaqat bizni, balki bu narsa futbol ko'rish uchun kelgan muxlislarni ham g'ashiga tegadi. Evropada elkama-elka kurashlarga qo'yib beriladi. Futbol bu kontaktlarga boy o'yin. Buni murabbiylar ham futbolchilarga tushuntirib, o'z klublarida targ'ib qilishlari kerak. Simulyaciya, sal teginsa ham yiqilaverish futbol sifatiga tasir qiladi. Muxlislarga jangovor kurash, keskinlik qiziq. Hakam esa xushtagini chalaverib o'yin tempini tushirib yubordi. Elkama-elka urilish bu normal holat futbolda. Biz Superligada kurashlarga boy, jangovor futbol bo'lishini aytgandik. Futbolni kurashsiz o'ynab bo'lmaydi. Bu narsa bora-bora terma jamoaga ham boradi, - dedi Mirjalol Qosimov.


Tur goli - Sanat SHixov

"Buxoro"ning universal qanot futbolchisi, yani vingeri Sanat SHixov "Metallurg" darvozasiga qoyilmaqom  gol urishni uddasidan chiqdi.

Sanat SHixovning chamasi 28 metrlardan masofadan tepgan kuchli zarbasi ajoyib traektoriya xosil qilib golga aylandi. Bu gol esa so'zsiz turning eng chiroyli goli sifatida etirof etildi.


Tur darvozaboni - Roman Abdulov

AGMK darvozaboni mazkur turda ham o'z darvozasini juda yaxshi qo'riqlay oldi. "Qizilqum"ga qarshi bahsda Roman Abdulov bir necha vaziyatda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi va darvozasi dahlsizligini saqlashga erishdi.

Abdulov jamoaning asosiy kiperi Pavel Matyashning yo'qligini umuman bildirmayapti. SHu tariqa mazkur turda ham Roman Abdulov turning eng yaxshi darvozaboni deya etirofga loyiq ko'rildi.


Tur murabbiyi - No'mon Hasanov

"Qo'qon-1912"ning Toshkentda "Bunyodkor" ustidan qozongan g'alabasida albatta No'mon Hasanovning hissasi katta bo'ldi.

Tur sensaciyasini qayd etgan uchrashuvda "Qo'qon-1912" "Bunyodkor"ga nisbatan ancha yorqin futbol ko'rsatdi va haqli ravishda g'alabani tantana qildi. Bu g'alabada esa No'mon Hasanovning uchrashuvga tayyorlagan taktikasi to'liq ish berdi. SHu boisdan ham tur murabbiyi sifatida No'mon Hasanov etirof etildi.


Tur futbolchisi - Javohir Sidiqov

"Qo'qon-1912" pleymekri Javohir Sidiqov mazkur turda eng yaxshi futbolchi sifatida tan olindi.

"Bunyodkor" bilan bo'lgan bahsda Javohir Sidiqov o'zining ajoyib harakatlari evaziga raqib himoyachilari doim bosimda ushlab turishga erishdi. "Qo'qon-1912" ko'plab hujumlari ham aynan Sidiqov orqali rivojlantirildi. Uchrashuvdagi dastlabki golni urgan Hakimovni aynan Sidiqov to'p bilan taminladi hamda o'yinga "nuqta" qo'ygan gol muallifiga aylandi. Sidiqov  butun uchrashuvni bir maromda, yuqori darajada o'tkazishni uddasidan chiqdi. SHu boisdan ham Javohir Sidiqov tur futbolchi sifatida etirofga loyiq ko'rildi.


Ramziy terma jamoa (4-4-2):

Darvozabon: Roman Abdulov (AGMK)

Himoyachilar: Oleg Zoteev ("Lokomotiv"), Igor Yelich ("Lokomotiv"), G'iyos Komilov ("Qo'qon-1912"), Saydullo Rahmatov ("Nasaf")

Yarim himoyachilar: Iqbol Malikjonov (Qo'qon-1912), Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912"), Jasur Hasanov (AGMK), Sanat SHixov ("Buxoro")

Hujumchilar: Zafar Polvonov (AGMK), Jasur Hakimov ("Qo'qon-1912")


To'purarlar:
1. Tiago Bezerra ("Paxtakor) - 10
2. Marat Bikmaev ("Lokomotiv") - 9 (3 penalti)
2. Ismoil Gonsalvesh ("Paxtakor") - 9 (6 penalti)
2. Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor") - 9 (2 penalti)


Assistentlar: 

1.Sardor Sobirxo'jaev ("Bunyodkor") - 8
2.Jasur Hasanov (AGMK) - 7
3.Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") - 5
3.Oleg Zoteev ("Lokomotiv") - 5
3.Murodjon Toshmatov ("Bunyodkor") - 5
3.Azizbek Turg'unboev ("Navbahor") - 5
4.Salamat Qutibaev ("Buxoro") - 4
4.Sardor Sulaymonov ("Navbahor") - 4
4.Dragan CHeran ("Paxtakor") - 4
4.Arslonmurot Amonov ("Buxoro") - 4

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика