So’nggi yangiliklar

16:42"Астон Вилла" - "Манчестер Сити". Таркиблар эълон қилинди  0 16:21Эшитдик-да! "Металлург"нинг Суперлигадаги ўрнини "Олимпик" эгаллайди  2 16:06"Металлург" янги мавсумни Суперлигада ўтказмайди  5 15:43"Бунёдкор" 2025 йилги мавсумни ўз стадионида бошлайдими?  0 15:30Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   24 15:12"Барселона" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 14:59Погбанинг "Сити"га ўтиши ростми?  3 14:30Клублар қишки трансфер ойнасига тайёрланишмоқда  1 13:58Раҳмат сенга, "Энергетик-БГУ"  5 13:26РФИ бош котиби: "Кўпчилик Россиянинг қайтишига рози"  4 13:15Шаҳбоз Жўрабеков: "Жароҳатлар сабаб "Бунёдкор"да тўлиқ ўзимни кўрсата олмадим, 2025 йилдан эса умидим катта"  3 12:41Сане ўз келажагини қаерда кўряпти?  3 12:37"Барселона" афсоналари "Реал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди. Вильяда хет-трик, Оуэнда дубль  29 12:25ПСЖ Осимхен билан боғланди ва уни ижарага олиши мумкин, аммо...  1 12:13"Динамо" 8 нафар футболчи билан хайрлашди   9

Superliga 16talik formatga majburmi? Yangiliklar

Superliga 16talik formatga majburmi?

Superliga kelasi yil 16ta jamoa ishtirokida o'tkaziladi.

Ammo kimlar qatnashishi to'liq yuz foizga malum emas. Superligada o'z o'rnini saqlab qolgan jamoalar: "Nasaf", OKMK, "Navbahor", "So'g'diyona", "Neftchi", "Paxtakor", "Surxon", "Dinamo", "Andijon", "Bunyodkor", "Qizilqum". Demak, 11ta jamoa.

"Olimpik" o'tish o'yinida yutqazib Proligaga tushib ketdi. "Metallurg" o'tish o'yinida g'alaba qozonib, o'rnini saqlab qola oldi, biroq kelasi yil Superligada o'ynashi mavhum. Klubning hatto Prroligada ishtirok etishi ham so'roq ostida. "Lokomotiv" oxirgi o'rinni egallab Proligaga tushib ketdi.

PFL 2025 yilgi Superliga 16ta jamoa ishtirokida o'tkazilishini aytgan. Yuqorida 11ta jamoani sanab o'tdik. "Mashal" bilan "Buxoro" Proligada 1-2 o'rinlarni egallab, to'g'ridan to'g'ri Superliga yo'llanmasiga ega chiqdi. "Qo'qon-1912" bilan "SHo'rtan" pley-off orqali Superligaga chiqdi. "Metallurg" ham pley-offda g'alaba qozonib, 16-jamoa bo'ldi.

Agar "Metallurg" Superligadan voz kechsa, unda 15ta jamoa qoladi. SHuningdek, bu jamoa 24 dekabrga qadar o'z taqdiriga oydinlik kiritishi lozim. Aytaylik, "Metallurg" har qanaqasiga Superligada o'ynamaydigan bo'ldi, unda nima bo'ladi? Unda PFL o'tish o'yinida "Metallurg"ga yutqazgan "Olimpik"ka yuzlanadi. Lekin hozirgi paytda "Olimpik" klubining ham keyingi taqdiri mavhum bo'lib turibdi. Jamoa hatto Proligada ishtirok etmasligi mumkin.

Aytaylik, "Olimpik"dan ham rad javobi keldi va unda PFL Proligada 5-o'rinni olgan "Aral"ga murojaat qilishi lozim bo'ladi. CHunki Proliganing dastlabki to'rtta klubi Superligaga chiqib bo'ldi. Lekin "Aral"da OFK licenziyasini yo'qligini hisobga olsak, 6-o'rindagi "Xorazm"ga navbat keladi. "Xorazm"da licenziya bor, faqat Superligaga tayyormi degan savol yuzaga keladi. Mabodo "Xorazm" ham Superligada o'ynamaydigan bo'lsa, unda oxirgi variant sifatida "Lokomotiv" qoladi. CHunki Proligada 7-8 o'rinlarni band etgan "Olimpik Mobiuz" bilan "Do'stlik"da ham licenziya mavjud emas.


SHu o'rinda Superliga ishtirokchilari 16taga etkazilib to'g'ri qilindimi degan savol yuzaga keladi. Negaki bu o'rinda Liga rahbariyati faqat Superligani emas, balki unga raqobatchi Proligani ham o'ylashi lozim bo'ladi. Masalan, bu yil Proligada 8ta jamoa qatnashgan bo'lsa, shundan uchtasida OFK licenziyasi yo'q. Bu esa shu jamoalarning to'liq professional emasligini anglatadi.

Agar Superligada 16ta jamoa o'ynaydigan bo'lsa, unda Proliga nechta jamoa ishtirokida o'tkaziladi? 11 dekabr kuni bo'lib o'tgan ochiq muloqotda PFL rahbari Diyor Imomxo'jaev bu savolga aniq javob hozircha yo'qligini va katta ehtimol bilan Proliga kelasi yil ham 8ta klub bilan o'tishini aytib o'tdi. Unday bo'lsa, shu 8ta klub kimlar degan savol yuzaga keladi.

Proligadan to'rtta klub Superligaga chiqdi. Demak, buyoqda yana to'rtta qoldi. Agar "Olimpik" bilan "Lokomotiv"ni qo'shadigan bo'lsak, jamoalar soni 6ta bo'ladi. Yana ikkita jamoa kerak. SHunda Birinchi ligaga yuzlanamiz. SHu o'rinda bir narsani etiborga olaylik, yani Birinchi liga to'liq professional liga hisoblanmaydi.

Birinchi liganing bu mavsumi jamoalarni ikki mintaqaga bo'lib o'tkazildi. Keyin har ikki mintaqadan 4tadan jamoa final bosqichga yo'l oldi. Toshkentda o'tkazilgan final bosqich o'yinlarida "Nasaf farm" chempion, "Qiziriq", "FarDU" va "Bunyodkor farm" mos ravishda 2-3-4 o'rinlarni egalladi. Aytaylik, chempion "Nasaf farm" bilan finalchi "Qiziriq" Proligaga qo'shildi. SHunda ishtirokchilar 8taga etadi. Lekin bu ham bazi savollarni keltirib chiqarishi mumkin.

Masalan, "Nasaf farm" "Nasaf"ning farm klubi bo'lgani uchun Proligada qatnashmasligi mumkin. Negaki Proliga Birinchi ligaga nisbatan ko'proq xarajat talab etadi va "Nasaf farm" bunga tayyormi degan savol yuzaga keladi. "Qiziriq" borasida ham shu savolni berish mumkin. Mabodo "Olimpik" Proligada ham o'ynamaydigan bo'lsa, PFL navbati bilan "FarDU"ga, agar "Yo'q" javobini olsa so'ngra "Bunyodkor farm"ga murojaat qilishi bo'ladi. Lekin "Bunyodkor farm" ham "Bunyodkor"ning farm klubi ekanini unutmaylik.

Hozir nima yo'l qolyapti? 11 dekabr kungi yig'ilishda PFL rahbari orzusidagi chempionat 12ta jamoalik Superliga va 12ta jamoalik Proliga ekanini aytib o'tdi. Bir tomondan hozirgi sharoitda eng to'g'ri yo'l bo'lishi mumkin. CHunki Superliga 16ta klub qatnashgani bilan buyoqda Proliga yamoq ishtonga o'xshab qoladi. Qolaversa, hozirgi sharoitda Superliga 16talik formatga umuman tayyor emas. Superliga talablarini to'liq bajarish va sifatli ishtirok savoli hali "Mashal", "Buxoro", "SHo'rtan" va "Qo'qon-1912"da ham paydo bo'lishi mumkin.

Superliga o'z nomiga mos ravishda super bo'lishi kerak. Eng kuchli futbolchilar shu erda o'ynashi kerak. Jamoalar sonini oshirish orqali o'yinlar soni oshishiga ega bo'lamiz. Lekin bu bilan sifat oshib qoladimi? Agar D.Imomxo'jaev aytganidek, Superliga va Proligada teng 12tadan jamoa qatnashsa, ikkita ajoyib Ligaga ega bo'lamiz. Keyin bemalol uchta chiqib, uchtani tushirsa bo'ladi.


X.Xoliqov.

Reyting: -7   

Fikrlar

+4   
18 dek 20:36:26
Kuvondik Hotamov
Энг яхши вариант суперлига учун 12 клуб. Диёр тугри йулдан кетаётганди, уни амаллаб кундиришди. Энди про лига халта. 1 лигани хам географик жойлашувига караб 4 та худудга булиб утказиш керак.
+3   
18 dek 19:34:26
Дилмурод
Нега 16та булиши керак .энди сифати сал яхшиланайотган эди .бизга нари борса 10та каманда етади.бари шунчаки туп тепиб пул ишлаб йотибди.пролигага хам 10та команда етади..йигиштирларинг карам шурвани..энди стадионга борайотган эдик.яна эски вакт футболи буларканда .майнавозчиликка уйнаш..
+2   
18 dek 19:36:22
Toir Muratovich
10 ta jamoa 4 davra uynash kerak xuddi shotlandiya chempionat singari
+1   
18 dek 20:21:12
Grand Grand
Абрамов билан Бабаянга яхши булдида 16 та жамоа булгани.Улар бемалол уйинларни сотиб билганини килади Динамо мухлислари хафа булмайсизлар Локога (бабаян деган валомат келаябди жамоани сеперлигада нима килиб булса хам колдирмокчи булди) Абрамов атайлаб юткизган Диёрга хам уйин кам булаябди деб босим уюштирди. 14-булгани яхши эди камида 6-5 жамоа суперлига учун курашарди уйин ким сотса расво чикиб суперлигадан чикиб кетаётганди.
   
19 dek 02:41:03
PFK HAQIQAT
Mashʼal oʻzi kerakmi ? 4 marotaba pro ligaga uloqtirilgan yana bir marta uloqtirilsa xech narsa qilmaydi. (Kesatish)
   
19 dek 00:58:29
Arsenal_21_
12 ta jamoa yetardi bizga babayan abramovlar 16 bölsin deb Diyorga bosim qilişdi rosa ana ol senga 16 jamoa son bor sifat nima böladi endi
   
18 dek 21:05:39
Akrom Tuychiyev
Botir Saidov foydalanuvchining fikriga javob berish
8 jamoa 4 davralik tizimda òynaşi kerak...
Juda zor buladi borku. Bir mavsumda 4 marta Nasaf - Paxtakor oʻyini buladi. Bu shiddatli buladi juda
   
18 dek 19:28:33
Sodiq Nazarov
Ҳар қандай ҳолатда ҳам локомотивни суперлигада ўйнашга ҳаққи йўқ
   
18 dek 19:24:20
Haqqul
Бу масала хозир уйланмайди ХХоликов. Регламент ташлабини бажариб суперлигага чиккан жамоаларни сизни савиясиз маколангиз билан пролигага кайтариб керакми? Улар хам жамоа, унда хам одамлар футбол уйнайди. Уларни айби нима?
   
18 dek 19:23:12
Mirshohid
14 ta yahshi edi
   
18 dek 19:21:34
Botir Saidov
8 jamoa 4 davralik tizimda òynaşi kerak...
   
18 dek 19:17:14
Haqqul
Шу хам маколада энди.
   
18 dek 19:15:55
Мирзохон
Otsiz Chavandoz foydalanuvchining fikriga javob berish
Qanaqa ekspirment. 16 ta kamanda qilishga super liga klublarini o'zi ovoz bergan. G'oyayam kamandalani o'zidan chiqqan. Diyor har doim 12 tali super liga qilish kere dib kegan
Ман Про лига ҳақида ёздим, суперлигаси форматини эмас.
   
18 dek 19:14:25
Мирзохон
Otsiz Chavandoz foydalanuvchining fikriga javob berish
Qanaqa ekspirment. 16 ta kamanda qilishga super liga klublarini o'zi ovoz bergan. G'oyayam kamandalani o'zidan chiqqan. Diyor har doim 12 tali super liga qilish kere dib kegan
Янги раҳбар бўлиб тайинланган йили қилган экспериментларни. Машъални ноҳақ пролигага туширган стадион важи билан, ваҳоланки стадиони буткул йўқ клублар ҳам олий лигада ўйнаб юрди.
Молиявий эксперимент қилди, хусусий клублар кўтаролмай йўқ бўлиб кетди. Фақат хусусий эмас, бошқалари ҳам.
   
18 dek 19:14:19
Lochin Lochin
nima kere 16 ta klub bu shunchaki kuchmanchi futbolchilar uchun boshpana futbolchilar oylik uchun uynashadi buldi usish yuq umuman har 2-3 yilda uzgartirishadi 14-16 ta deb qandaydir manfaatlar tuqnashuvi borda bir gap bor aniq pul yuvish totalizator orqali soqqa qilishadi UFA bulsa klublardan oladigan pullar evaziga yashab yuribti yaxshilab tekshirishsa kuplarni kuti ochilib qoladi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика