So’nggi yangiliklar

13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  2 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  1 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  5 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  7 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  3 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  10 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1

Superliga: 15-tur laureatlari aniqlandi FOTO Yangiliklar

Superliga: 15-tur laureatlari aniqlandi FOTO

Ananamizga muvofiq Superliga 15-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.

"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi


Tur o'yini - "Buxoro" - "Bunyodkor" (2:2)

Uchrashuv 15-turning markaziy o'yini maqomiga mutlaqo mos tushdi. Keskin kurashlar, to'qnashuvlar, gollar, jarohatlar, xullas muxlislar aslo zerikishmadi.

Avvaliga mehmonlar safida jamoa sardori Javlon Ibrohimov jarohat olib maydonni tark etdi. Etakchisiz qolgan "qaldirg'ochlar" o'yini keskin o'zgargan bo'lsada, Qosimov shogirdlari birinchi bo'lib hisobni ochishdi. 5 daqiqa o'tgach buxoroliklar vaziyatni o'nglashdi. Bu vaziyatda Ulug'bek Baqoevning topqirligini alohida takidlagan bo'lardik. Mezbonlar hisobni tenglashtirishidan bir daqiqa oldin Baqoev Arslonmurot Amonov va SHahboz Erkinov o'rniga Sanat SHixov va Bahodir Nasimovni maydonga tushirdi. 37-daqiqada ularning biri pas berdi, ikkinchisi esa gol urdi. Ikkinchi bo'limda ham keskinlik kamaymadi, avvaliga "Buxoro" Aziz Ibragimovning penaltidan urgan golidan so'ng oldinga o'tib oldi. Sal o'tib esa yana o'sha Toshmatov pas berdi va yana o'sha Nurmatov gol urdi - 2:2.


Tur muxlislari - Buxoroda

Buxorodagi "Buxoro" - "Bunyodkor" uchrashuvini tomosha qilish uchun stadionga 18891 nafar muxlis tashrif buyurdi. Ishqibozlar stadionda o'zgacha muhitni yaratishdi. SHu bois tur muxlislari nominaciyasida "Buxoro" ishqibozlari g'olib deb topildi.


Tur hakami - Aziz Asimov

Superliga 15-turida ishlagan hakamlar orasida Namangandagi "Navbahor" - "Qo'qon-1912" bahsini boshqarib borgan Aziz Asimovni alohida ajratib ko'rsatishni lozim topdik. Vodiy derbisini bir tekisda boshqarib borgan Asimov uchrashuvda bitta ham sariq kartochka ko'rsatmadi.


Tur matbuot xizmati - "Nasaf"

Bu turda "Nasaf" matbuot xizmati eng yaxshi bo'ldi. "Ajdarlar" matbuot xizmati xodimlari o'rinbosarlar va asosiy jamoa o'yinlarini birdek yaxshi saviyada yoritishdi. Suratlar, o'yinga prevyu, uchrashuv tugaganidan so'ng murabbiylar fikrlari o'z vaqtida chop etildi. SHu boisdan "Nasaf" matbuot xizmati bu turda eng yaxshi deb etirof etildi.


Tur iqtibosi: "Tanaffusda yigitlar bilan erkakcha gaplashib oldik"

"Metallurg" bosh murabbiy Andrey SHipilov "Nasaf" bilan uyda qayd etilgan durang (2:2)dan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi. Eslatib o'tamiz, bellashuvda "Nasaf" 2:0 hisobida oldinda borayotganiga qaramay ikkinchi bo'limda bekobodliklar ikkita gol urishga muvaffaq bo'lishdi.
"Birinchi bo'limda juda qo'rqib o'ynadik. Bunaqa o'yinni o'tkazganimizni eslay olmayman. Tanaffusda yigitlar bilan erkakcha gaplashib oldik. Ularga muvaffaqiyatga erishgan o'yinlarimizni misol keltirdim. Menimcha bu futbolchilarimizga ijobiy tasir qildi va ular ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qilishdi. Ikkinchi bo'limdagi o'yinimiz uchun jamoamizga etirozim yo'q. Birinchi bo'limda "Nasaf" bizga nisbatan o'zi hohlagancha o'ynadi. Afsuski, bunga o'zimiz qo'yib berdik." (c) Andrey SHipilov.


Tur goli - SHahzodbek Nurmatov

"Bunyodkor" hujumchisi SHahzodbek Nurmatov bu turda ikkita gol urdi. Uning "Buxoro" darvozasiga yo'llagan birinchi golini eng chiroyli gol deb topdik. CHap qanotdan Murod Toshmatovning havolatib etkazib bergan to'pini Nurmatov to'xtatmasdan Akmal Tursunboev darvozasiga joylab qo'ydi.




Tur darvozaboni - Abdumavlon Abdujalilov

"Neftchi" jamoasi 15-turda peshqadam "Paxtakor"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang o'ynadi. Biz farg'onaliklar kiperi Abdumavlon Abdujalilovni tur darvozaboni deb topdik. Aytish mumkinki, shu kuni "Neftchi" uchun kuchli raqibdan 1 ochkoni aynan u olib berdi. Abdumavlon bahs davomida Ismoil Gonsalvesh, Jamshid Iskanderov, Akmal SHorahmedov va Tiago Bezerralarning zarbalarini bartaraf etdi va bu turda eng zo'ri bo'lishga haqli ekanini isbotladi.


Tur murabbiyi - Ilhom Mo'minjonov

"Navbahor" bu turda "Qo'qon-1912"ni qabul qildi va 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Namanganliklar oxirgi uchrashuvlarni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishmoqda. Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi "Navbahor" oxirgi beshta o'yinda umuman gol o'tkazmasdan g'alab qozonmoqda. Bu haqda oldinroq xabar bergan edik. Mana shunday ishonchli natijalar sabab Mo'minjonov eng yaxshi deb topildi.


Tur futbolchisi - SHahzodbek Nurmatov

Buxoroda o'tgan qiyin o'yinda aynan Nurmatovning gollari "Bunyodkor"ga 1 ochko taqdim etdi. Dastlab SHahzodbek hisobni ochgan bo'lsa, 69-daqiqadagi ikkinchi goli bilan jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. SHu tariqa, SHahzodbek Nurmatov 15-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Ramziy terma jamoa 3-4-3

Darvozabon: Abdumavlon Abdujalilov ("Neftchi")

Himoyachilar: Sanat SHixov ("Buxoro"), Fayzulla Qambarov ("Qizilqum"), Davron Hoshimov ("Navbahor")

Yarim himoyachilar: Erkin Boydullaev ("Qizilqum"), Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv"), Azam Aliev ("Navbahor"), Murod Toshmatov ("Bunyodkor")

Hujumchilar: SHahzod Nurmatov ("Bunyodkor"), Anvar Berdiev ("Neftchi"), Bobir Abdixoliqov ("Nasaf")

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика