So’nggi yangiliklar

00:07Игорь Сергеев: "Бундай жамоалар ҳеч қачон 90 дақиқа тўлиқ борини бериб ўйнамайди"  2 23:36Отабек Шукуров: "Шундай ўйинлар орқали Жаҳон чемпионатини ҳис қилиб оламиз"  9 23:21Кабо-Верде терма жамоаси тарихда илк бор Жаҳон чемпионатига йўл олди  10 22:35Абдувоҳид Неъматов: "Янги мураббийнинг талабларини бажаришга ҳаракат қиляпмиз"  13 22:10Элдор Шомуродов: "Умуман олганда ёмон ўйнамадик"  3 22:10Ушбу ФИФА кунлари охиргиси...   5 22:05"Динамо" назорат учрашувида "Машъал"ни таслим қилди  0 21:21Фабио Каннаваро: "Бизда буни ўнглаш учун яна 8 ой вақт бор"  52 21:21Рустам Ашурматов: "Ўйин томонлама кучайтирадиган жиҳатларимиз бор экан"  4 20:24Ўзбекистон терма жамоасининг 11 ўйинлик мағлубиятсиз серияси якунига етди  25 20:08Русланбек Жиянов: "Уругвай каби кучли жамоаларга қарши учрашувларда катта тажриба оламиз"  21 20:00Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон – Уругвай 1:2  10 19:52"Манчестер Юнайтед" собиқ бош мураббийи "Рейнжерс" билан музокаралар ўтказмоқда  0 19:38Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон Уругвайга кичик ҳисобда мағлуб бўлди  431 19:13МЮни сотиб олишга даъвогар тадбиркор клубга "Олтин тўп" соҳибини олиб келмоқчи  3

Superliga. 14-turdan qoldirilgan o'yinlardagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

Superliga. 14-turdan qoldirilgan o'yinlardagi bahsli vaziyatlar yuzasidan Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Teglar :  SuperligaO'zFHM
Joriy yilning 22 avgust sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 14-turidan qoldirilgan 3 ta uchrashuv yakuniga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 5 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.  

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat: «Olimpik» - «Nasaf» o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi.


«Olimpik» - «Nasaf» uchrashuvining 59-daqiqasida mehmonlarning 10-raqamli futbolchisi raqib jarima maydonida himoyachi bilan to'p uchun kurashda maydonga yiqildi. Bosh hakam Xushnud Suyunboev VAR orqali holatni o'rgangach, qarshiliklarning 77-raqamli vakili sal oldinroq to'pni qo'l bilan o'ynaganini qayd etdi.
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Dastlab mehmonlar futbolchisi to'pni qo'li bilan o'ynagan. Bu kabi hollarda qo'l bilan o'yin qayd etilishi lozim. O'z-o'zidan penalti belgilash uchun asos etarli emas. Komissiya hakamlarning qarorini to'g'ri, deb topdi.


2-vaziyat. «Olimpik» - «Nasaf» to'qnashuvi: mehmonlarning goli.


«Olimpik» - «Nasaf» uchrashuvining 66-daqiqasida mehmonlar burchak zarbasidan so'ng qulay vaziyatga ega bo'ldi va 10-raqamli futbolchi bosh bilan to'pni maydon egalari darvozasiga kiritdi. Bosh hakam Xushnud Suyunboev gol urilgunga qadar mehmonlarning 6-raqamli futbolchisi fol qayd etmagan, deya baholadi. VAR orqali holatni o'rgangan referi golni inobatga oldi.
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Hujumchi raqibining ortidan zarba bergan. Bu kabi hollarda gol inobatga olinmasligi va jarima zarbasi belgilanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan bosh hakamning qarori noto'g'ri, deb topildi.


3-vaziyat. «Paxtakor» - «Surxon» qarama-qarshiligi: bahsli penalti.


«Paxtakor» - «Surxon» uchrashuvining 21-daqiqasida mehmonlar qulay vaziyatga ega bo'ldi. To'pni o'ziga bo'ysundirmoqchi bo'lgan termiziklarning 3-raqamli futbolchisiga nominal mezbonlarning 23-raqamli vakili qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam Akmal Rahimov nuqtaga ishora qildi, VAR ham uning qarorini maqulladi.
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibiga nisbatan o'yin qoidasini buzgan. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.


4-vaziyat. «Paxtakor» - «Surxon» qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.


«Paxtakor» - «Surxon» uchrashuvining 28-daqiqasida mehmonlarning 11-raqamli futbolchisi qulay imkoniyatga chiqib borayotgan paytda poytaxtliklar posboni qo'pollik ishlatib uni to'xtatib qoldi. Bosh hakam Akmal Rahimov darvozabonga sariq kartochka ko'rsatdi, VAR ham uning qarorini maqulladi.
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda posbon qulay vaziyatga chiqib borayotgan raqibiga nisbatan  fol qayd etgan, ammo hujumchi raqib darvozasiga nisbatan o'tkir burchakka qarab ketayotgani bois vaziyat qizil kartochka berishga arzimaydi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarorini to'g'ri, deb hisoblaydi.


5-vaziyat. «Paxtakor» - «Surxon» qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka.


«Paxtakor» - «Surxon» uchrashuvining 51-daqiqasida mehmonlarning 10-raqamli futbolchisi toshkentliklarning 23-raqamli azosi bilan to'qnashib ketdi. Garchi u to'pga birinchi tekkan bo'lsada, o'zini to'xtata olmagani bois raqibining oyog'iga zarba berdi. Bosh hakam Akmal Rahimov futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi.
 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi raqibiga nisbatan o'yin qoidasini buzgan, ammo birinchi to'pga tekkani uchun vaziyat qizil kartochka berishga arzimaydi. Bu kabi hollarda futbolchi ehtiyotsizligi uchun sariq kartochka bilan jazolanishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.




→ Hakamlar "Nasaf"ga yordam beradimi? Ular "Surxon"ga qarshi o'yinda "Paxtakor"ni o'ldirishdimi? 14 va 16-tur uchun hakamlik tahlili

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика