Superliga, 14-tur sharhi: Hakamlik qurboniga aylangan AGMK, CHeranning antiqa ko'rsatkichi yoxud tur laureatlari
29 iyu 2019 14:44
Yangiliklar


Superliga, 14-tur sharhi: Hakamlik qurboniga aylangan AGMK, CHeranning antiqa ko'rsatkichi yoxud tur laureatlari
Superligada ikkinchi davra o'yinlariga ham start berildi. O'tgan bo'lib o'tgan 14-tur doirasida jami 7 uchrashuv o'tkazildi.
Toshkentda peshqadam "Paxtakor" "Qo'qon-1912"ni mehmon qildi. Turnir jadvalining quyi hududida joylashgan Aziz To'xtaboev shogirdlari peshqadamga munosib qarshilik qilishga urinishdi. Biroq mazkur qarshilik yakunda yirik hisobdagi mag'lubiyatdan qutilib qolishga etdi. Natijada Masharipov, CHeran va Simichning gollariga qo'qonliklardan Muhammadanas Hasanov javob berdi.
Paxtakor Jaloliddin Masharipov - 22', Dragan CHeran - 48', Marko Simich - 51' |
Superliga. 14-tur 26/07/2019, 20:00 1
:
3
Tugadi
|
Qo’qon-1912 Muhammadanas Hasanov - 77' |
Jizzaxda esa peshqadam "Paxtakor" uzoqdan poylab kelayotgan "Lokomotiv" Babayan qo'l ostida Baqoev qurayotgan "So'g'diyona" bilan bellashdi. Qizg'in o'tgan bahsda o'yin taqdiri oxirgi daqiqalarda hal etildi. "So'g'diyona" safini yozgi transfer oynasi paytida to'ldirgan Jasur Hasanovning uzatmasidan SHohruz Norxonov unumli foydalanib, "So'g'diyona"ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. "Lokomotiv" esa Babayan qo'l ostida navbatdagi, ketma-ket uchinchi mag'lubiyatni tan oldi.
So'g'diyona Shohruz Norxonov - 90' |
Superliga. 14-tur 26/07/2019, 20:00 0
:
1
Tugadi
|
Lokomotiv |
Namanganda mehmon bo'lgan va tarkibi butkul o'zgargan "Qizilqum" Deyan Jurjevich boshqarayotgan "Navbahor"ni taslim etishga erishdi. Legionerlar bilan boyigan tarkib ikkinchi davradagi dastlabki bellashuvdayoq o'z samarasini berdi. Mate Vatsadze tomonidan kiritilgan gol uchrashuv yakuniga qadar yagonaligicha qoldi va "Qizilqum" avval ham qilib yurgan ishini takrorladi. Yani "Navbahor"ni safarda mag'lub etdi.
Navbahor |
Superliga. 14-tur 26/07/2019, 19:30 1
:
0
Tugadi
|
Qizilqum Mate Vatsadze - 7' |
Tur o'yinlarining ikkinchi kunida dastlabki o'yin Toshkent va Termizda o'tdi. Uchinchi o'rindagi jamoalar to'qnashuvida "Nasaf" Termizda "Surxon"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. G'olib G'aybullaevning uzoqdan yo'llagan zarbasi, to'purar hujumchi Murtazoevning navbatdagi goliga mezbonlardan Abdul Aziz Yusupov javob berishi bilanoq "Nasaf" safida zaxiradan o'yinga qo'shilgan Doniyor Narzullaev hakam xushtagiga qadar endi uyg'ongan intrigaga barham berdi. Natijada "Nasaf" ketma-ket ikkinchi bor "Surxon"dan ustun keldi.
Surxon Abdulaziz Yusupov - 85' |
Superliga. 14-tur 27/07/2019, 18:00 3
:
1
Tugadi
|
Nasaf G'olib G'aybullaev - 1', Humoyun Murtozaev - 60', Doniyor Narzullayev - 89' |
Toshkentda esa yana bir uchinchi o'rin egasi "Bunyodkor" birinchi davradagi eng quvnoq jamoa "Dinamo"ni mehmon qildi. Jo'shqin va quvnoq futbolni xush ko'ruvchi jamoa darvozasiga "qaldirg'ochlar" to'rtta gol yo'llashdi. "Dinamo"dan esa Ixtiyor Toshpo'latov o'z dubli bilan mezbonlarning to'rttala goliga javob qaytardi. Etiborlisi, mazkur o'yindagi 6ta gol 3 nafar futbolchiga yozildi. Xurshid G'iyosov, Mirjahon Mirahmadov va Ixtiyor Toshpo'latov o'z dubllarini rasmiylashtirishdi.
Bunyodkor Mirzhahon Mirahmadov - 26', Xurshid G’iyosov - 40', Xurshid G’iyosov - 45', Mirzhahon Mirahmadov - 56' |
Superliga. 14-tur 27/07/2019, 18:00 2
:
4
Tugadi
|
Dinamo Ixtiyor Toshpo’latov - 43', Ixtiyor Toshpo’latov - 76' |
Andijonda esa shu kuni Xomyakov jamoasi "Buxoro"ni qabul qildi. Mezbonlarning to'liq tashabbusi va ustunligi ostida o'tgan bellashuvda Oybek Qilichevning jarima zarbasidagi goli va Farhod Bekmurodovning uchrashuv yakunida kiritgan to'pi "Andijon"ning joriy mavsumdagi ikkinchi g'alabasini rasmiylashtirdi. Aleksandr Xomyakov esa yangi jamoasi rulida ilk g'alabasini nishonladi.
Andijon Oybek Qilichev - 76', Farhod Bekmurodov - 90' |
Superliga. 14-tur 27/07/2019, 20:00 0
:
2
Tugadi
|
Buxoro |
Bekobodda esa turning eng shov-shuvli hamda qator tortishuv va bahslarga sababchi bo'lgan Toshkent viloyati derbisi bo'lib o'tdi. "Metallurg" AGMKni mehmon qilgan uchrashuvda dastlab mezbonlar SHavkat Mullajonovning goli evaziga tanaffusga g'olib sifatida chiqib ketgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda zaxiradan o'yinga qo'shilgan Zafar Polvonov AGMKning o'yinda muvozanatni tiklashiga hissa qo'shdi. So'ngra "Metallurg" belgilangan penaltidan g'alaba to'pini kiritib, o'zining noxush seriyasiga chek qo'ydi.
Metallurg SHavkat Mullazhonov - 31', Bahodir Pardayev - 77' |
Superliga. 14-tur 27/07/2019, 20:00 1
:
2
Tugadi
|
OKMK Zafar Polvonov - 66' |
Biroq mazkur o'yindagi hakamlik, SHavkat Nasibullaevning penalti borasidagi qarorlari, uchrashuvning 72-daqiqasida "Metallurg" jarima maydonchasi ichida Sanat SHixovning yiqilishini qoidabuzarlik deya hisoblamagani ko'plab bahslarga sababchi bo'ldi. Qo'shimchasiga "Metallurg" foydasiga belgilangan penalti bo'lgan vaziyatda Bobur Yuldoshev Isoqjonovning oyog'iga zarba bermagani takroriy lavhada yaqqol ko'ringan. Yani, kontakt bo'lmagan. SHuningdek, 82-daqiqada Islom Isoqjonovning Sardor Rahmonovga ishlatgan sportchilarga xos bo'lmagan harakati, yani qo'li bilan yuziga zarba berish holatini Nasibullaev sariq kartochka bilan jazoladi. Qisqa qilib aytganda, Nasibullaev mazkur derbi haroratiga dosh bera olmadi. O'yinni izdan chiqib ketishiga sharoit yaratib berdi. "Metallurg" - AGMK uchrashuvidagi hakamlik bo'yicha hozircha O'FA hakamlar qo'mitasi hozircha rasmiy izoh bergani yo'q. Kutamiz.
SHu tariqa Superliganing ikkinchi davrasi doirasidagi ilk tur yakunlandi.
Turnir jadvalida keskin o'zgarishlar kuzatilmadi. Faqatgina peshqadam "Paxtakor" Babayan boshqaruviga o'tgan "Loko"dan sezilarli darajada o'tib ketdi va chempionlik intrigasi keskin pasaydi. Uchinchi uchun o'rin kurashayotgan "Bunyodkor" va "Nasaf" esa mazkur o'yinda ishonchli g'alabalarni rasmiylashtirishdi va "Loko" bilan oradagi farqni 3 ochkoga qadar qisqartirdi. Xavfli hududdagi "Qo'qon-1912" va "Buxoro" esa yana mag'lub bo'lishdi va 14-o'rin bilan farq yana 3 ochkoga oshdi.
Faktlar:
- "Lokomotiv" Samvel Babayan boshchiligidagi ketma-ket uchinchi (Liga Kubogi: "Qo'qon-1912", "Paxtakor", Superliga: "So'g'diyona") rasmiy o'yinda mag'lub bo'ldi.
- "Qizilqum" safarda ilk bor g'alaba qozondi.
- Dragan CHeran (16 gol) Superligada "Surxon" (15), "Qizilqum" (15), "Andijon" (12), "Buxoro" (8) va "Qo'qon-1912" (15) jamoalaridan ko'proq gol urdi.
- "Dinamo"ning mehmondagi o'yinlardagi g'alabasiz seriyasi davom etdi.
- AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov yangi qoidalar bo'yicha o'tkazilayotgan chempionatimizning ikkinchi davrasidagi ilk turdayoq tarixda birinchi marta qizil kartochka ko'rsatilib maydondan chetlatilgan dastlabki murabbiyga aylandi.
Tur darvozaboni - Milan Mitrovich
"So'g'diyona" kiperi amaldagi chempion "Lokomotiv"ga qarshi o'yinni munosib o'tkazdi. Mitrovich darvozasi oldida ruy bergan xavfli vaziyatlarni, zarbalarni bartaraf etishda ishonchli o'ynab, darvozasi dahlsizligini saqlagan holda haqli ravishda turning eng yaxshi darvozaboni nominaciyasida g'olibga aylandi.
Tur murabbiyi - Hamid Aktamov
"Qizilqum" bosh murabbiyi Hamid Aktamov jamoasi tarkibi butkul o'zgarib ketganiga qaramasdan ikkinchi davraning ilk o'yini, Namanganda "Navbahor"ga qarshi kechgan bahsda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Namanganda raqib jamoa g'alabasi doim ham kuzatilmasligini inobatga olsak, bu borada Hamid Aktamovning ishini etirof etish o'rinli. SHu boisdan ham turning eng yaxshi murabbiyi deya "Qizilqum" ustozi Hamid Aktamov etirof etildi.
Tur futbolchisi - Xurshid G'iyosov
"Bunyodkor" futbolchisi Xurshid G'iyosov mazkur turda chinakamiga porladi. Birinchidan, G'iyosov "Dinamo" darvozasiga ikkita gol urib, dublini rasmiylashtirdi. Ikkinchidan, jamoasi g'alabasiga munosib hissa qo'shdi. Uchinchidan, jamoasi kiritgan har to'rttala golda ishtirok etdi. Yani, dubl qayd etishdan tashqarida, Mirjahon Mirahmadovga ikkita gol urishiga ko'maklashdi. Yani qolgan ikkita golga assistentlik qildi. SHu boisdan ham turning eng yaxshi futbolchisi deya Xurshid G'iyosov topildi.
Tur ramziy terma jamoasi (3-5-2)
Darvozabon: Milan Mitrovich ("So'g'diyona")
Himoyachilar: Tatadze ("Qizilqum"), Anvar G'ofurov ("Bunyodkor"), G'olib G'aybullaev ("Nasaf")
Yarim himoyachilar: Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Oybek Qilichev ("Andijon") Akbar Ismatullaev ("Metallurg"), Xurshid G'iyosov ("Bunyodkor"), Doston Ibragimov ("Qizilqum")
Hujumchilar: Mirjahon Mirahmadov ("Bunyodkor") SHohruz Norxonov ("So'g'diyona")
Navbatdagi tur
15-tur
30 iyul, seshanba
18:00 QO'QON-1912 — SO'G'DIYONA (Cport telekanali LIVE)
19:00 LOKOMOTIV — DINAMO (Mahalla kanali)
20:00 QIZILQUM — PAXTAKOR (Cport telekanali LIVE)
31 iyul, chorshanba
18:00 BUNYODKOR — SURXON (Cport telekanali LIVE)
19:00 AGMK — ANDIJON
20:00 BUXORO — NAVBAHOR (Mahalla kanali LIVE)
20:00 NASAF — METALLURG (Cport telekanali LIVE)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar