Superliga. 11-tur laureatlari
29 iyu 2021 14:06
Yangiliklar
Championat.asia tur bahslari asosida tur laureatlarini aniqladi.
Qarshining "Nasaf" klubi bu tur safarda "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ldi va g'alabaga erishdi. "Nasaf" ajoyib o'yin ko'rsatdi va Yaypandan uch ochko bilan qaytdi. SHu tufayli Ro'ziqul Berdiev championat.asia sayti talqiniga ko'ra 11-turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
"Nasaf" "Qo'qon-1912" ustidan g'alaba qozonishida mehmonlar posboni Umidjon Ergashevning xizmati katta bo'ldi. U bellashuv davomida jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan saqlab qoldi. Bundan tashqari o'yin so'nggida Ergashev raqib futbolisi bilan to'qnashib ketdi va xushini yo'qotdi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 11-turning eng yaxshi darvozaboni Umidjon Ergashev bo'ldi. Championat.asia sayti Umidjonga tezroq safga qaytishiga tilakdosh!
Bu turda "Qizilqum" yarim himoyachisi Erkin Baydullaev "Bunyodkor" darvozasiga chiroyli gol urdi va u championat.asia talqiniga ko'ra tur goli deb topildi.
"Paxtakor" bu tur "Surxon" bilan Toshkentda o'ynadi va 4:0 hisobida g'alaba qozondi. SHu kuni "sherlar" safida Turg'unboev dublga erishdi va juda faol o'ynadi. SHu tariqa, Azizbek Turg'unboev championat.asia talqiniga ko'ra 11-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga
Fikrlar