So’nggi yangiliklar

19:22Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  1 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  1 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  2 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг "Чертаново"га қарши ўйин учун таркиби маълум  5 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0 17:31Иккинчи даврадан водийдаги ўйинлар ПФЛ сотиб олган янги камераларда трансляция қилинади  6 17:07Отабек Шукуров: "Персеполис" менга таклиф билан чиқди, лекин..."  4 16:42"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  17 16:20Ўзбекистон U-18 селекция йиғини учун футболчиларнинг иккинчи қисмини танлаб олди  0 15:53"Қўқон-1912" ва "Нефтчи"да ҳам қарздорлик бор  8 15:29Аброр Исмоиловнинг агенти "Навбаҳор" устидан ОФКга арз қилди  20 14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  6 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  2 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0

Superliga 1-turiga stadionlarda chiptalar narxi qancha? Eng qimmat va eng arzoni qaerda? Yangiliklar

Superliga 1-turiga stadionlarda chiptalar narxi qancha? Eng qimmat va eng arzoni qaerda?

Mamlakatimizda futbol bahori start olishiga oz qoldi.

Oradan ko'p kutirmay Superliga ham qishki uyqudan chiqmoqda. Odamlar katta futbolni sog'ingan. Tabiiyki, dastlabki turlarda barcha ishqibozlar arenalar tomon oshiqishadi. Xo'sh, stadionlarda mavsumning ilk uchrashuviga chiptalar qanday narxda sotilmoqda? Quyida bu haqda malumot berishga harakat qilamiz. 


3 mart, juma

"Paxtakor" - "Olimpik" 

Toshkentda shu kuni 2023 yilgi mavsumning rasman ochilish o'yini bo'lib o'tadi. Unda "Paxtakor" o'z maydonida Timur Kapadze boshchiligidagi "Olimpik"ni qabul qiladi. Ayni paytda uchrashuvga chiqarilgan chiptalar narxi 10 000 so'm, 20 000 so'm, VIP sektorlar 50 000 so'mdan sotilmoqda. 


"Metallurg" - "Neftchi"

Poytaxtdagi bahs bilan parallel ravishda "Neftchi" "Metallurg" mehmoni bo'ladi. Bekoboddagi o'yingohga tashrif buyuruvchilar uchun barcha sektorlarda 12 000 so'mdan chiptalar chiqarilgan. 


4 mart, shanba 

"So'g'diyona" - "Bunyodkor"

SHanba kuni Superliganing navbatdagi 3 ta uchrashuvi davom ettiriladi. "So'g'diyona" o'z maydonidagi tamirlash ishlari sababli uydagi raqiblarni "Zomin"da qarshi oladi. "So'g'diyona" - "Bunyodkor" uchrashuviga barcha tipdagi chiptalar 10-15 000 so'm atrofida sotilayotgani haqida malumotlar oldik. 


"Nasaf" - "Andijon" 

Qarshidagi mavsumning ochilish uchrashuviga CIP chiptalar - 50 000 so'm

1,2,6,7,8 o'rindiqlar - 25 000 so'm

Qolgan joylar - 20 000 so'mdan sotilmoqda. 



"Navbahor" - "Qizilqum"

Birinchi turda eng ko'p muxlis shubhasiz Namanganda bo'lishini taxmin qilish qiyin emas. "Navbahor" yangi mavsumni uyda "Qizilqum"ga qarshi boshlaydi. SHunday ekan, arena to'ladi. "Markaziy" stadionga kirish uchun muxlislar barcha tipdagi chiptalarni 50 000 so'mdan harid qilishlari mumkin. Malumotlarga qaraganda, 2 va 21-sektor uchun chiqarilgan chiptalar sotib bo'lingan. 


"Surxon" - OKMK 

Mazkur o'yin neytral maydon – "Paxtakor"da bo'lib o'tadi. Termiz va Olmaliqdan keladigan ishqibozlar uchun uchrashuvga kirish bepul.


"Turon" - "Buxoro"

Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida Pro ligadan chiqqan ikki klub  "Turon" - "Buxoro" to'qnashuvi bo'lib o'tadi. Aniqlagan malumotlarimizga ko'ra, barcha sektorlar uchun chiptalar standart 20 000 so'm etib belgilangan. Yillik abonementlar esa 220 000 so'mni tashkil qilmoqda.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика