So’nggi yangiliklar

16:12Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Доҳада "Aspire" академиясига қарши назорат баҳсларида қатнашади  0 15:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичига қачон қуръа ташланади?  0 15:32УEФА президенти: "Албатта, Родри "Олтин тўп"га лойиқ эди"  17 15:10"Машъал" 2 нафар тажрибали футболчи билан шартнома тузди  0 14:51"Сурхон" "ФарДУ"га имкониятни бой берди  1 14:35"Контега қарши битта ўйин бир йиллик тажрибага тенг"  0 14:08Гвардиола олдида катта танлов: "Сити"да қолиш ёки янги чақирувни қабул қилиш  30 13:39"Челси" "Барселона" аъзоси учун 30 млн евро тўлашга тайёр  2 13:12Ўзбекистон U-20 терма жамоаси устози: "Пенальтилардан фойдаланишни кўп маротаба машқ қилгандик"  25 12:58Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси "Бунёдкор"да иш бошлади  0 12:30"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Ҳусановни мақтади  17 12:03Слот – Гвардиолани АПЛнинг бир мавсумида икки марта мағлуб этган "Ливерпул"нинг биринчи мураббийи!  7 11:37"Барселона" 80 млн еврога баҳоланаётган туркиялик футболчига қизиқмоқда  6 11:09Хаби Алонсо – рекордчи!  1 10:41А Серия тўпурарларидан бирига «Арсенал» ва «Ливерпуль» асосий даъвогар  0

Superkubokdan oldin. "Dinamo", "Olimpik" va "Lokomotiv" matbuot kotiblari qanday fikrda? Yangiliklar

Superkubokdan oldin. "Dinamo", "Olimpik" va "Lokomotiv" matbuot kotiblari qanday fikrda?

Bugun "Paxtakor" va "Nasaf" o'rtasida O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin bo'lib o'tadi.

Ushbu uchrashuvdan oldin Superliga klublarida ishlayotgan matbuot kotiblarining fikrlari bilan qiziqdik.

"Dinamo" jamoasi Superliga so'nggi ikki turida Superkubok o'yini ishtirokchilari – "Paxtakor" va "Nasaf"ga qarshi o'ynadi va har ikki bahsda ham 1:1 hisobi qayd etildi. Ro'ziqul Berdiev va Maksim SHackix Superkubokdagi to'qnashuvga shu o'yinlarni ham o'rganib, tayyorgarlik ko'rishi tabiiy. Qayd etish lozim, "Paxtakor" "Dinamo"dan o'yin taraflama ham, boshqa jihatdan ham ustunlik qila olmadi. Durangdan ehtimol, amaldagi chempion xursand bo'lgandir. "Nasaf" - "Dinamo" o'yinida ham Berdiev shogirdlari bir kishi kam qolgach, ustunlikni raqibga topshirib qo'yishdi. SHunga qaramay, G'olib G'aybullaevsiz bir kishi kamchilikda himoyada tartibli o'yin namoyish etish evaziga durangga erishdi. Ushbu o'yinlardan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, "Nasaf" Superkubokda favorit. Berdiev o'yindan keyin "Paxtakor"ga qarshi markaziy himoyada muammoga duch kelishi mumkinligini aytgan bo'lsa-da, tarkib va zaxira jihatdan ham Qarshi jamoasi Toshkent klubidan ancha kuchlidek gavdalanmoqda.

Superkubokda "Nasaf" mag'lub bo'lgan taqdirda, Berdievga nisbatan savollar yog'ilishi aniq, SHackix esa hozirgi vaziyati uchun maksimumiga erishgan bo'ladi. "Nasaf"ning g'alabasini esa kutilgan natijadek qabul qilaman, har holda Ro'ziqul Berdiev bosh murabbiy sifatida hali bugungidek nisbatan kuchsiz "Paxtakor"ga duch kelmagan", - dedi "Dinamo" matbuot kotibi Usmon Ibodov.



"Tarkib, zaxiraning uzunligi bo'yicha "Nasaf" ustun. "Paxtakor" himoyasida juda ko'p xatolar ko'zga tashlanmoqda. Ikkala jamoada ham yo'qotishlar etarlicha.

O'rtada sovrin yutish imkoni bo'lgani bois ikkala tomon ham ehtiyotkorlikka urg'u qaratishi mumkin. Fikrimcha, "Nasaf" ko'proq ikkinchi raqam bo'lib o'ynashga intiladi. "Paxtakor" esa birinchi raqam bo'lib harakatlansa kerak.

Kecha R.Berdiev matbuot anjumanida "Paxtakor" qay paytda va qay holatda bo'lishidan qati nazar "Nasaf"ga qarshi motivaciya va "nastroy" topa oladi", - deganda juda to'g'ri fikrni aytdi. Xuddi shu narsa "Nasaf"ga ham taalluqli. Ular ham bugungi raqibga qarshi istalgan payt motivaciya topa olishadi. Uchrashuvda penaltilar seriyasi ko'rsak kerak", - dedi "Olimpik" matbuot kotibi Tolibjon Qosimov.



"Avvallari mavsum Superkubok uchun kechadigan bahs bilan boshlanib, shundan so'ng milliy chempionatga start berilardi. O'shanda Superkubokdan bahoriy futbol nafasi ufurib turardi. Odamlar qish bo'yi futbolsiz qolib, Superkubok sanasi yaqinlashar chog'da yangi ochilgan kurtak kabi stadion tomon bo'yi cho'zishardi.

Bugungi kunga kelib, OFK chempionlar Ligasi taqvimi hamda FIFAning xalqaro taqvimi o'zgarishi sabab PFL milliy chempionatni birinchi boshlashga to'g'ri keldi. Lekin hozir muhimi bu emas, eng asosiysi, bitta o'yindan iborat bu to'qnashuvga jamoalarning o'zi qanchalik qiziqayotganida.

O'yin oldidan imkoniyatlarni teng deb baholgan bo'lardim. Lekin g'olib bitta bo'ladi. Xo'sh, kim yutadi? Menimcha, qaysi jamoada individual mahorat bobida yaxshi o'yinchilar ko'p bo'lsa, shu jamoa g'alaba qozonadi va Superkubok sohibiga aylanadi.

Superkubok bahsining birinchi davra ayni qizigan paytga qo'yilishi ham "Paxtakor"ni, ham "Nasaf"ni birmuncha ehtiyot bo'lib o'ynashga undaydi. Asosiysi bu o'yinni jarohatlarsiz o'tkazib olish. CHunki har ikki jamoa ko'proq Superligadagi o'z o'rni borasida bosh qotiryapti degan fikrdaman", - dedi "Lokomotiv" matbuot kotibi Xayrulla Xoliqov.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика