Superkompyuter "Arsenal" chempionligiga ishonmoqda
25 jan 2023 12:45
Yangiliklar
Superkompyuter "Arsenal" chempionligiga ishonmoqda
FiveThirtyEight tizimi APLdagi 2022/2023 yilgi mavsum yakunlari bo'yicha o'z nuqtai nazarini qayta ko'rib chiqdi.
Bunga 22 yanvar kungi "Arsenal"ning "Manchester Yunayted" ustidan qozongan g'alabasi sabab bo'ldi. Superkompyuter "kanonirlar" 89 ochko bilan chempionlikni qo'lga kiritishiga ishonmoqda. "Manchester Siti" esa 4 ochkoga ortda qolgan holda ikkinchi bo'ladi.
SHuningdek, kuchli to'rtlikdan "Manchester Yunayted" (71 ochko) va "Nyukasl" (69 ochko) joy oladi. "Liverpul" (65 ochko) va "Tottenxem" (64 ochko) Evropa Ligasiga, "Brayton" (63 ochko) Konferenciya Ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
"CHelsi" sakkizinchi o'rinni egallaydi va evrokuboklarga chiqa olmaydi.
Fikrlar