So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  2 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  5 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  14 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  95 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  847 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

Superagent polaponi Yangiliklar

Superagent polaponi

Agentlar olamining yirik namoyandalaridan bo'lgan Mino Rayola bir qator futbol yulduzlari faoliyatini mohirona boshqarib kelmoqda.

Daly Mail sayti muxbiriga bergan intervyusida ta­niqli mutaxassis o'z mijozlari bilan ishlash uslubi, Pol Pogbaning MYUga qaytishi va yaqin kelajakda yorqin yulduzga aylanishi mumkin bo'lgan yosh iqtidor sohiblari haqida hikoya qildi.

Futbol tarixidagi rekord transferni amalga oshirish uchun otning kallasidek yurak kerak. Joze Mourino nisbatan shunday xususiyata ega shaxs, - Mino Rayola dangal gapirishni xush ko'radi. - Ham­ma gap shundaki, pulni sanab berishning o'zi bilan ish bitmaydi. Ulkan xarajat masuliyati kishiga kuchli bosim o'tkazadi. Har qanday vaziyatda o'z mijozidan tonmasligi shart: Ha, bu mening odatim!. Ana, Arsenal­da ham etarli mablag' bor. Ammo otning kallasidek yurak-chi? Albatta, Arsen Vengerni hurmat qilaman. O'z falsafasidan voz kechmaydigan murabbiy. Uning fikricha, bunday sarf-xarajatlar mantiqqa zid. Mayli, bu Vengerning fikri. Real­mi? Polning jamoa safidan joy olishini Zidan ham juda xohlagandi. Biroq klubning aynan shunday fikrda ekanligiga ishonchimiz komil emasdi.

*** O'ylashimcha, MYU erishgan yutuqlari bilan kifoyalanib qolmasligi, doimo dunyoning eng kuchli klubi bo'lish istagini yozgi transfer mavsumida yaqqol namoyish etdi. Bunga hech qanday shubha yo'q!

Ko'plab yorqin yulduzlarni jilovlab olgan taniqli agent bilan so'ng­gi transfer mavsumi natijalarini muhokama qilamiz. U Mino Rayo­la uchun o'ta shiddatli kechdi. Yozgi mavsumda Pol Pogbani Yuventusdan MYUga eksport qilish or­qali yangi transfer rekordini (89 mln. funt) qayd etdi. Bundan tashqari, Zlatan Ibragimovich, Mario Balotelli va Geynrix Mxitaryan savdosidan 30 mln. funt daromad oldi.

Doimo o'z mijozlarimga faqat bizga ehtiyoji bor jamoalarga o'tishimizni takidlayman. MYU hamisha moliyaviy va sportdagi nufuzi jihatidan etakchi o'rinlarda turgan. Anchadan buyon chempion bo'lolmayotgan, ECHLda qatnashmayotgan bo'lsada, mijozlarimga boshqa jamoalardan ko'ra ko'proq qiziqish bildirdi.

Yunaytedda avval ham mening mijozim - Serxio Romero to'p surgan. MYUning Polga qiziqayotgani bizga malum edi. SHu bois, Yuventus bilan gaplashdim. Jamoa CHLga jiddiy tayyorgarlik ko'rib, Pogbani 10 raqami bilan siylagandi. SHu sabab biz yana bir yilga Turinda qolishga qaror qildik. Keyin men ketish rejasi ustida ishga kirishdim. Ixtiyorimizda APLdan ikkita, boshqa chempionatlardan ham shuncha taklif bor edi.

*** MYU - Polning yuragidan joy olgan klub. Vudvord uni bir yil avval, Mourino esa 2 yil avval, CHelsini qabul qilganida o'z jamoasiga qo'shib olmoqchi bo'lgandi. Endi ularning yo'llari tutashdi. Ishonchim komilki, bu to'g'ri qaror. Futbolchining o'zi uchun Realda o'ynash osonroq kechardi. Biroq murakkabroq yo'l tanlandi.

*** Mxitaryan masalasi ancha jiddiy edi. APLning boshqa bir klubi bilan kelishib bo'lgandik. Ammo Dort­mund uni qo'yib yubormadi. Keyin MYU xaridor bo'ldi va savdoni shiddat bilan olib bordi.

*** Zlatan MYUga juda mos tushadi. Unda jasurlik, g'oliblik ruhiyati mavjud. Qo'shimchasiga, u - yuksak mahorat sohibi. Yoshi 34ga chiqqan bo'lsada, APLdagi eng qiziq bahslar unga tegishli. Ibraning Mou bilan birlashgani Mana, biz MYUmiz, bellashadigan bormi?, qabilidagi hayqiriqni eslatadi.

To'g'ri, Mino o'zining xushmuomalaligi bilan  maqtana olmaydi. Aksariyat gollandiyaliklar kabi o'ta cho'rtkesar shaxs. Lekin quvligi ham chakki emas.

Inglizlarning o'zaro hol-ahvol so'rashlarini yoqtiraman. Agar siz ishlar qalay?, deb so'rasangiz, e-e, unchalik yomon emas, bundan battar ham bo'lishi mumkin edi, deya javob qaytarishadi. Xo'sh, ular nimani nazarda tutishadi? Gollandiyada esa qisqagina yaxshi yoki yomon bilan cheklanishadi. Men - gollandman.

Mino Italiyada tug'ilgan, lekin bolaligida oilasi bilan Gollandiya­ga ko'chib o'tgan. Aslida mexanik bo'lgan otasi buvisining ko'magida restoran ochib, shaxsiy biznesini yo'lga qo'ygandi.

Men kun bo'yi tinim bilmay ishlardim. Idish-tovoqlarni yuvish, mijozlarga xizmat ko'rsatish, barmenlik - hammasi mening zimmamda edi. Lekin hech qachon picca pishirgan emasman.

Minoning italiyaliklarga xos xislatlari oilaga mehribon bo'lishini taminlagan. Forbes jurnali tomonidan dunyoning eng nufuzli agentlari qatorida etirof etilgan Rayola chindan ham ko'proq o'z oilasi davrasida bo'lishga intiladi, mijozlardan xabar olib turadi. Bugun ham o'z o'g'li - Mario bilan birga.

Farzandim yonida bo'lish yoqimli. Bolalik payti Mario Zlatanga qandaydir hayrat, qo'rquv bilan boqardi. Bir paytlari Ibra uni Ferrarida sayr qildirardi. Hozir Mario bilan avvalgidan ko'ra ko'proq ko'rishib turamiz. Ilgari safarlar tufayli yonida bo'lolmaganman.

*** Hayot shunaqa, undan ortda qolmaslik uchun tinmay oldinga intilishga to'g'ri keladi. Klublar bilan muzokara olib borish, barcha kerakli kishilar bilan uchrashish uchun parvoz qilish menga juda yoqadi.

*** Pogba hozircha bor mahoratini ko'rsata olmayapti. Yangi muhitga moslashish uchun vaqt kerak. Muxlislar umumiy manzarani tasavvur qilolmaydilar. Keyingi 10 yil ichida Pol MYU etakchisi sifatida to'p suradi.

*** Oxirgi ikki mavsum Mxitaryan Germaniyaning kuchli futbolchisi bo'ldi. Yaxshi sport formasiga erishgach, MYUning muhim o'yinchisiga aylanadi.

Pol Pogba xususida Aleks Fergyuson va Mino Rayola o'rtasida ayrim ziddiyatlar bo'lganligi rost. Ularning ikkovi ham futbolchining MYUga qaytishiga qarshilik qilishmagan.

O'zaro munosabatlarimiz Polning qaytishiga monelik qilgan emas. 2012 yilda o'z mahoratini oshirish uchun jamoani tark etgandi. Fao­liyatim davomida Fergyuson bilan ikki bor uchrashganman. Ilk suhbatimiz yoqimli taassurot qoldirgan. Ikkinchisi esa... Eh, hayotimda hali bunchalik xursandchilik bo'lmagandi! Mister Fergyusonning nuqtai nazari menikiga zid bo'lsada, uni juda hurmat qilaman. Ser Aleks - buyuk murabbiy! Biroq Polning bugungi bahosi o'sha paytda to'g'ri yo'l tutganligimni isbotlaydi, deb hisoblayman.

*** Aslida, Pogbani Yuventus­ga o'tish noto'g'ri yo'l ekanligiga ishontirishga uringandim. Buni ko'pchilik bilmaydi. CHunki Italiya klublari so'nggi paytlarda yosh iqtidorlarni tarbiyalash borasida maqtana olishmaydi. Ijobiy misol sifatida faqat Paolo Maldinini ko'rsatish mumkin. SHu bois, Yuventusga o'tishni to'g'ri qaror, deb hisoblamaganman.

*** Pol baribir, Turinga yo'l oldi. Keyinchalik munosabatlarimizga sovuqchilik tushdi. Axir mening maslahatimga quloq solmagandi. Ammo o'z qarorini shunday izohladi: Bu - sening nuqtai nazaringni pisand qilmaganimdan emas, Mino - shunchaki, engil yo'lni tanladim. Jiddiy sinovlarda toblanmoqchiman. Uning MYUga qaytishiga ham shu sabab bo'ldi. ECHLdan chetda qolishi Polga avvaldan malum edi. Biroq u murakkab vaziyatda o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega edi. Fergyuson ser unvoniga loyiq ko'rilgan. Balki meni ham Pogbani MYUga qaytarganim uchun shunday unvon bilan siylashar!?

Mario Balotelliga Man Sitini tark etishga izn berganini Rayola o'ta jiddiy xato, deb baholaydi.

Uning Sitidan ketishiga yo'l qo'ymasligim kerak edi. Mario baxtsizligidan noligan payt unga dalda berishim, Hovliqma, o'zingni qo'lga ol deyishim lozim edi. Qattiqqo'llik talab etilgan holda mehribonlik ko'rsatdim. To'g'ri, Mario mehrga muhtoj bo'lgan. Ammo futbolchi har qanday vaziyatda faqat futbol haqida o'ylashi kerak. Boshqa hech narsani emas. Top darajada o'ynash uchun butun kuch-etiborni futbolga sarflashi lozim. 10-12 yil o'zini ayamay to'p surganidan so'ng qanday istasa shunday yashayveradi.

*** Ilk mijozlarimdan biri Pavel Nedved butun etiborini futboldagi muvaffaqiyatga qaratdi. SHu bilan birga o'z oilasiga ham sadoqatli edi. Balotelli esa to'g'ri yo'lni tanlay olmadi, obro'-etiboridan judo bo'ldi.

Liverpuldagi achinarli faoliyatdan so'ng Niccadan qo'nim topgan italiyalik hujumchi boy berilgan nufuzni qayta tiklash yo'lida astoydil bel bog'lagan ko'rinadi. Har holda, Mario yangi jamoada o'z o'rnini topa oldi va to'purarga aylandi. Jamoa esa turnir jadvalini bosh­qarib bormoqda.

Muxlislarning salbiy munosabati tufayli Mario Italiya klublarida erkin harakatlana olmadi. Niccada o'zini ko'rsatsa, ingliz jamoalari uchun mazali pirogga aylanishi aniq. Yozda Mario erkin agent maqomida bo'ladi. Franciyaga esa Balotelli kabilar juda kerak. Tez orada baribir, u APLga qaytadi.

*** Romelu Lukaku borasida muzokaralar olib borilmoqda. Uning Evertonda ushlanib qolish ehtimoli ko'proq. Futbolchi bu jamoadagi mavqeidan mamnun. Sanderlend bilan bo'lgan o'yinda xet-trikka erishgach, telefon orqali bog'landim va... yomon o'ynaganini, 3ta emas, 6ta gol urishi kerakligini takidladim. Yuventus xususida gap bo'lgandi, lekin hozir Italiyaning hech bir klubi Lukakuni xarid qilishga qodir emas. Angliya tashqarisida PSJ, Bavariya, Barselona va Realgina bu ishni uddalashlari mumkin.

Mino Rayola shuningdek, hozircha ko'pchilikka tanish bo'lmagan, lekin yaqin yillar ichida barchani lol qoldirishi kutilayotgan iqtidorli polaponlar haqida ham malumot berdi.


Maqolaning to'liq qismini "InterFutbol" saytida o'qish mumkin.
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика