So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  7 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

​Super o'yin taqdirini hal etadigan asosiy faktor - murabbiy imzosi Yangiliklar

​Super o'yin taqdirini hal etadigan asosiy faktor - murabbiy imzosi

Qarshida Superliganing 11-turi doirasidagi super o'yin "Nasaf" hamda "Paxtakor" o'rtasida kechadi.

Ushbu bahs juda ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otmoqda. Garchi "Nasaf" ayni paytda turnir jadvalida pastki o'rinlarda borayotgan bo'lsada, "Paxtakor"ga qarshi bahsda o'zgacha ishtiyoq bilan o'ynashiga shubha yo'q. "Nasaf" ushbu noxush to'rt o'yinlik g'alabasiz seriyasiga "Paxtakor" bilan bahsda nuqta qo'yishga harakat qilishi aniq. Aynan shu orqali jamoa o'ziga bo'lgan ishonchni qaytarib olishi mumkin.

"Paxtakor" esa safarda hozircha faqatgina "Metallurg"ni mag'lub etishni uddasidan chiqdi. Qolgan bahslarda jamoa mag'lubiyatga uchradi yoki durang qayd etdi. "Paxtakor" hozircha kuchli jamoalarga qarshi mehmondagi bellashuvda g'alaba qozona olmayapti. SHota Arveladze nihoyat top jamoalarga qarshi safardagi bellashuvlarda jamoaga kerakli xarakterni shakllantira oldimi yoki yo'q, degan savolga bugungi bahsda qisman javob olishimiz mumkin bo'ladi.

Fakt: "Nasaf"ning g'alabasiz seriyasi 4 uchrashuvdan buyon, "Paxtakor"da esa ketma-ket ikkinchi o'yindirki g'alaba qozona olmayapti. Bugun qaysi jamoaning g'alabasiz seriyasiga nuqta qo'yiladi yoki bu seriya yana cho'ziliyu durang qayd etiladimi?

Superliganing ushbu super bahsi aynan shu savolga ham javob topib beradi.

"Nasaf"ning bugungi uchrashuvdagi asosiy ustunligi - muxlislar va qaynoq muhitdagi kuchli ishtiyoqli o'yin. "Nasaf" o'zining principial raqibiga qarshi kuchli ishtiyoq bilan o'ynashini inobatga olsak, "Paxtkor"ga bugungi bellashuvda oson bo'lmasligi aniq. Bugungi uchrashuvda jamoadagi moliyaviy holat tufayli yuzaga kelgan muammolar ikkinchi darajaga tushadi.

"Paxtakor"ning ustun jihati - tajriba. "SHerlar" "Nasaf"ning hozirgi tarkibiga nisbatan ancha yuqori tajribaga va malakaga ega futbolchilardan iborat. "Nasaf" sharafini himoya qilgan sobiq "ajdarlar" qarshilik futbolchilarning kuchli va ojiz nuqtalarini yaxshiroq bilishlari ham ularga bugun qo'l kelishi mumkin. "Paxtakor" bugun nafaqat 3 ochko uchun, balki o'tgan yilgi yirik va alamli mag'lubiyat alamini olish uchun ham astoydil kurashadi. SHuningdek, jamoaning ruhiy holati "Nasaf"nikidan ancha durust. "Paxtakor"ning ustun jihatlaridan yana biri - zaxira juda uzun va kuchli. Jamoa ayni paytda jismoniy holat bo'yicha ham "ajdarlar"dan dadil.



Bahs taqdirini hal etadigan asosiy faktor

Bu kabi yuqori statusga ega markaziy uchrashuvlarda har bir kichik detal ham muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin yuqorida aytib o'tilgan vajlar, jihatlardan farqli o'laroq, katta o'yinlarda murabbiy imzosi ko'p narsani hal etadi. Bunday bahslarda murabbiylarning taktik yurishi, ayyorligi va jamoalarning imkoniyatlaridan kelib chiqib tayyorlagan to'g'ri taktikalari natijaga eltuvchi yo'lni qisqartiradi.

O'tgan yili Berdiev Arveladze bilan bo'lgan bahsni to'liqligicha yutgandi. Bugun esa o'sha ishini takrorlashi ancha qiyinlashadi. Arveladze esa katta ehtimol bilan o'tgan yilgi xatolaridan to'g'ri xulosa chiqargan. Ammo hozircha "sherlar"ning gruziyalik bosh murabbiyi katta o'yinlarni o'z foydasiga hal eta olmayapti. Aynan shu jihat ushbu mutaxassisga baho berishda ko'pchilikni ikkilantirib qo'ymoqda. Arveladze uchun bugungi bahs juda muhim ahamiyatga ega. SHota Arveladze nafaqat "Paxtakor"ga 3 ochko olib berish yo'llarini qidiradi, balki o'zining murabbiy sifatida salohiyatini namoyish etishga ham urinadi. Murabbiy sifatidagi chizgilari borligini amalda isbotlashga qattiq kirishishi aniq.
Bunday o'yinlarda murabbiylarning salohiyati birinchi o'ringa chiqadi. Berdiev mavjud tarkib bilan ham yana "Paxtakor" to'sig'ini enga oladimi yoki Arveladze Berdievning ojiz nuqtalarini topishga muvaffaq bo'ladimi?

Hammasi Qarshidagi "Markaziy" stadionda soat 18:30da boshlanajak bellashuvda hal bo'ladi.

Natija qanday bo'ladi, Qarshi sobiq futbolchilarini qay tariqa kutib oladi, buni bilmadim-u, ammo biz shiddatli va keskin kurashlarga boy futbol ko'rishimizga shubha yo'q.

Bugun murabbiylar bir-birlariga nafaqat taktik kurash, balki tajovuzkor futbol taklif etishlarini taxmin qilish mumkin.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика