So’nggi yangiliklar

14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  2 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   3 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7

Super futbolchilarning super mashinalari. TOP-10 Yangiliklar

Super futbolchilarning super mashinalari. TOP-10

Bir necha hafta oldin "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Bugatti Veyron mashinasiga ega bo'lgani malum bo'lgan edi.

Boshqa futbol yulduzlari qanday mashinalardan foydalanishini bilasizmi?

10. Zlatan Ibragimovich

Volvo C30 T5 RDesign (44 ming evro)

Zlatan Volvo kompaniyasining yuzi hisoblanadi. Kompaniya hujumchiga bor-yo'g'i 400 dona ishlab chiqarilgan "Volvo C30 T5 RDesign"dan birini sovg'a qildi.



9. Mario Balotelli

Audi R8 (140 ming evro)


Turli nashrlar ko'proq Balotellining Audi R8 mashinasini yodga oladi. Hujumchi "Manchester Siti"ga o'tganidan 2 hafta o'tib ushbu avtomobilini urib olgan edi. Balotelli urilgan mashinani o'sha joyda qoldirib, mashg'ulotga piyoda yo'l oladi. Mario bu falokatni chap tomondagi rulga o'rganib qolgani bilan tushintirdi.


8. Luish Nani

Lamborghini Gallardo (190 ming evro)


Bu superkar Angliya chempionati futbolchilari orasida juda mashhur. Lamborghini Gallardo Nanidan tashqari Rio Ferdinand va David de Xeada ham bor.


7. Ueyn Runi

Aston Martin Vanquish S (200 ming evro)


Angliyada ko'pchilik Runi mashina haydashdan ko'ra futbolni yaxshiroq o'ynashi haqida hazillashadi. "Manchester Yunayted" hujumchisi bu mashinasi bilan yana uchta qimmat avtomobilni urib olgan edi.


6. Frenk Lempard

Ferrari 458 Italia (230 ming evro)


"CHelsi" sobiq yarim himoyachisi futbolchilar orasida mashhur bo'lgan  Ferrari 458 Italia mashinasini tanlagan. Bu kabi avtomobillar Rezvan Rac, Mesut Ozil va Martin Kaseresda mavjud.


5. Lionel Messi

Ferrari Spider (250 ming evro)


Sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi (yoki eng yaxshilaridan biri) bir haftada ikkita bunday Ferrari xarid qilishi mumkin. Bu mashina 4 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi.


4. Per-Emerik Obameyyang

GOLD Lamborghini Gallardo (313 ming evro)


So'nggi bir necha yil davomida Evropaning top-klublari Obameyyangni o'z safiga qo'shib olmoqchi, ammo futbolchi "Borussiya"da qolishni maqul ko'rmoqda. Hujumchining mashinasi ham sariq rangda. Aniqrog'i - tilla. Dortmundda GOLD Lamborghini Gallardo paydo bo'lsa u kimniki ekanligini tezda bilish mumkin.


3. Aleksandr Kokorin

Lamborghini Aventador LP720-4 50° Anniversario (385 ming evro)


Bu superkar afsonaviy Italiya koncernining 50 yillik yubileyiga (2013 yilda) atab cheklangan miqdorda chiqarilgan edi. Kokorindagi kabi mashinalar er yuzida yuzta.


2. Devid Bekxem

Rolls-Royce Phantom (410 ming evro)


Bekxem "Los-Anjeles Gelaksi"da o'ynayotgan paytida ushbu Rolls-Royce avtomobilini sotib olgan edi. Bir necha yil o'tib Devid mashinani pullab yubordi.


1. Krishtianu Ronaldu

Bugatti Veyron (2 mln evro)


Bu esa Ronalduning yangi o'yinchog'i. Ushbu superkar Evro-2016dagi g'alabadan so'ng xarid qilingan. Bugatti Veyron bu ro'yxatdagi har qanday mashinadan qimmat turadi. Veyron 16.4 Grand Sport modeli 2 mln. evroga baholanmoqda. Bunday mashinalar dunyoda 450 ta.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика