So’nggi yangiliklar

22:33Карло Анчелотти: "Атлетико" кучлироқ бўлди, улар "Реал" ва "Барселона" билан чемпионлик учун курашишади"  0 22:00Лига 1. "Ланс" ўз майдонида "Ницца" билан дуранг қайд этди, Ҳусанов доимгидек ўйиннинг энг яхши ўйинчиси бўлди  12 21:34Илёс Зейтуллаев: “Дуранг биз учун жуда қониқарли натижа эмас”  4 21:26Рўзиқул Бердиев: “Биринчи голдан сўнг эътиборсизликка йўл қўйдик”  12 21:14АПЛ. "Арсенал" "Лестер"га қарши ўйинда 90+2 ва 90+9 дақиқаларда урган голлари эвазига ғалабага эришди  6 21:09"Ростов" — "Акрон". Шерзод Эсанов захирада   1 20:37"Бавария" — "Байер". Марказий ўйин учун таркиблар маълум  3 20:34"Вулверхэмптон" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  2 20:24"Женоа" — "Ювентус". Таркиблар маълум  0 20:11"Аланяспор" — "Ризеспор". Алиқулов асосий таркибда  1 19:59Палмер рекорд ўрнатди  12 19:39"Реал" собиқ ҳужумчиси: "Ямаль келажакда буюк футболчилардан бирига айланиши мумкин"  7 19:05"Ланс" - "Ницца". Ҳусанов асосий таркибда  2 19:03Суперлига. 0:2 ҳисобида олдинда борган "Насаф" Тошкентда "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  90 18:35АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда очко йўқотди  5

"Suonsi" MYUni birinchi turdayoq jazoladi Yangiliklar

"Suonsi" MYUni birinchi turdayoq jazoladi

Angliya premer-ligasining 1-turidan o'rin olgan "Manchester Yunayted" - "Suonsi" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin.
"Manchester Yunayted" – "Suonsi" 1:2
16 avgust, 16.45, Old Trafford

Gollar
: Ki Son En (28), Runi (53), Sugardsson (73).

"Manchester Yunayted"
– De Xea, Jons, Smolling, Blekkett, Fletcher, Lingard (Yanuzay, 24), Eshli Yang, Ander Errera (Fellayni, 57), Mata, Runi, X. Ernandes (Nani, 46).

"Suonsi"
– Fabianski, N. Teylor, Ranxel, Jordi Amat, Uilyams, Sigurdsson, SHelvi, Dayer (Montero, 57), Ki Son En, Rautlej, Boni (Gomis, 77).

Ogohlantirishlar
: Dayer (26), Teylor (48), SHelvi (54), Ki Son En (82), Blekkett (83), Yang (86).

                            MATNLI TRANSLYACIYA
                                      
YANGILASH


Etiboringiz uchun rahmat! MYU muxlislarini esa kelajakda albatta g'alabali odimlar kutib turibdi. Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari!

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Suonsi" mavsumni g'alaba bilan boshlamoqda!

Hakam belgilangan vaqt o'tib ketgan bo'lsada MYU uchun qo'yib bermoqda.

Tan olib aytish kerak, bugun Lui van Gal jamoasi mag'lubiyat loyiq o'yin ko'rsatmoqda va natija adolatli bo'lmoqda.

90+3`
Lui van Gal o'yin davomida biror marta ham o'rnidan turganicha yo'q.

90+1`
MYU muxlislari boshlari ushlagancha o'yinni tomosha qilishmoqda. Kayfiyatlarini taxmin qilish qiyin emas.

90`
Uchrashuvga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

89`
Yanuzayning oshirib bergan to'pini Fabianski egallab olmoqda.

88`
Zerikarli o'tayotgan bahsning 88 daqiqasi boshlandi.

86`
Eshli Yang hakam tomonidan ogohlantirildi.

83`
"Qizil iblislar"ning hujumlari samara keltirmayapti. "Suonsi" himoyachilari ularga imkoniyat berishmayapti.

81`
Gomis oldinga qarab intildi. Lekin himoyachilar uni to'xtatib qolishga ershishdi.

79`
MYU o'tkazib yuborilgan goldan so'ng hech qanday vaziyat yarata olganicha yo'q.

77`
"Suonsi" tarkibida navbatdagi o'zgarish. Boni o'rniga Gomis maydonga tushirildi. Mehmonlar hujum chizig'i yangilandi.

76`
"Suonsi" bugun o'zining aqlli va sodda futboli bilan raqibini engmoqda, hozircha.

75`
Lui van Gal Rayan Giggz bilan nimanidir muhokama qilishga kirishib ketdi. Maydonda esa ularning jamoasi mag'lubiyatga uchramoqda.

73` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SUGURDSSON! Ajoyib hujum va chiroyli gol! Sigursson to'pni va De Xeani darvoza chizig'ini kesib o'tishlariga majburladi, 1:2.

71`
MYU hujumlarida tezlik va ijodkorlik pasroqdek tuyulmoqda.

69`
Uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga 75349 muxlis tashrif buyuribdi. O'zimizning Oliy ligamizdagi ko'rsatkich bilan deyarli farqi yo'q ekan:-)

68`
"Manchester Yunayted" safida ham o'zgarish. Errera o'z o'rnini Fellayniga bo'shatib berdi.

67`
"Suonsi" tarkibida o'zgarish. Dayer o'rniga Montero maydonga tushdi.

66` ZARBISHE! Darvoza tusini va ustuniga kesishgan joyga tegib, to'p maydonni tark etmoqda. Ajoyib zarba!

65`
Ueyn Runi xavfli nuqtadan jarima zarbasini amalga oshiradi.

63` To'p nazorati mezbonlarda. Hujum qilishmoqchi. Lekin raqib ularni bu xohishlariga qarshi chiqmoqda.

61`
"Suonsi" himoyada ancha ehtiyotkorlik bilan o'ynamoqda.

59`
O'yin biroz tinchlangandek.

57`
Runi yana bir yaxshi vaziyatga chiqib bordi. Lekin himoyachi so'nggi pallada jonbozlik ko'rsatdi va Ueynning oyog'i ostidan to'pni olib qo'ydi.

56`
"Manchester Yunayted" vaziyatni o'ngladi. Buyog'iga yanada hujumkorroq o'yin tomosha qilsak kerak.

54`
SHelvi raqibiga nisbatan qo'pol o'ynadi. Sarik kartochka bilan jazolandi.

53GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! UEYN RUNI! Jonsning uzatib bergan to'pini Runi chalqancha uslubda darvozaga joylamoqda va hisobni tenglashtirmoqda.

52`
Yanuzay jamoasi foydasiga burchak to'pi ishlab oldi.

51`
Bonining kuchsiz zarbasi De Xea uchun qiyinchilik tug'dirmadi.

50` 
Jarima zarbasidan samara chiqmadi.

49`
Yanuzay qanot bo'ylab jarima maydonchasiga kirib borayotgan bir pallada uni yiqitishdi. Jarima to'pi.

"Manchester Yunayted" tarkibida o'zgarish. Xaver Ernandez o'rniga Luish Nani maydonga tushdi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!


Birinchi bo'lim qahramoni - Ki Son En

Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!

45+2`
"Suonsi" raqibini to'psiz yugurtirmoqda.

45`
Birinchi bo'limga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi. Hakam jamoalarga iltifot ko'rsatib yuborgandek.

44`
Birinchi bo'limdagi MYU bilan Devid Moyesning MYUsi o'rtasida qanday farq bor? Bazi jihatlarni inobatga oladigan bo'lsak, deyarli o'sha-o'sha.

42`
"Suonsi" himoyachilari Mataga deyarli imkoniyat qoldirishmayapti.

41`
To'g'ri, mavsum boshlanishi hali. Lekin "Suonsi"da ham shu holat.

40`
Lui van Gal jamoasi navbatdagi standart vaziyatini yo'qqa chiqarmoqda. aftidan Robin van Persining yo'qligi sezilmoqda. SHuningdek, jamoani tark etgan Vidich, Ferdinandlar ham ikkinchi qavatda MYUga foyda keltirishar edi.

38`
MYU burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin bundan ham naf chiqmadi.

37`
"Suonsi" bugun qarshi hujum taktikasida o'ynamoqda. Ular bu ishni hozircha juda yaxshi uddalashmoqda.

36`
"Manchester Yunayted"ning hujumlari samarasiz tugamoqda.

Lui van Gal va Rayan Giggz nimanidir muhokama qilishmoqda...

32`
Xuan Mata ko'rinmaydi. Yanuzay ham maydonga tushganidan so'ng aytarli hech narsa yaratganicha yo'q. Runi qo'lidan kelgancha harakat qilmoqda. Hozircha bori shu...

30`
Lui van Gal o'yin scenariysi bu darajada bo'lishini kutmagan shekilli. Hozircha maydon egalari o'zlari istagan rejani amalga oshira olishmayapti. Mehmonlar esa aksincha.

28` GOOOOOOOOOOOOOOOL! Ki Son En! Ana senga "Suonsi"! Mana senga MYU! Mehmonlarning tashkil etgan hujumi samarali tarzda yakun topmoqda. Ki Sun En jarima maydonchasi oldidan yo'llagan zarbasini De Xea bartaraf etishga ulgurmadi. "Manchester Yunayted" - "Suonsi" 0:1!

27`
Mavsumdagi ilk ogohlantirish: Dayer.

26`
Xuan Mata jarima to'pini amalga oshirdi. Uning yo'llagan kuchli zarbasini "Suonsi" posboni bartaraf etdi.

25`
Sekinroq! "Manchester Yunayted" jamoasining o'ng qanotdan tashkil etgan hujumi xavfli chiqdi. Hujumni kimsan Fill Jons uyushtirdi. Fabianski bu vaziyatda jamoasi joniga oro kirdi.

24` Majburiy o'zgarish.
Lingard baribir o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga Adnan Yanuzay maydonga tushirildi.

22`
Orada Lingard jarohat olishga ham ulguribdi. Hozir u maydonda, demak hammasi yaxshi.

20`
"NTV PLYUS Futbol" kanali ko'rsatib ketdi. Molodec:-) Demak o'yinga qaytamiz!

18` "NTV PLYUS Futbol" kanali "kalla qo'ydi"! Ko'rsatmay qoldiyu-a?

17`
Runi faolligini ishga solgandi. Lekin raqib himoyachilari uni o'z vaqtida to'xtatishga erishishdi. Hujum yakuniga etmay qoldi.

To'g'risini aytganda, o'yin kutilgan jozibani taqdim etmayapti. Umid qilamizki, keyingi daqiqalarda biz maftunkorroq futbol tomosha qilamiz.

15`
"Suonsi" jamoasi maydon markazi oldidan jarima to'pini amalga oshirdi. Lekin bu vaziyatda "Manchester Yunayted" jamoasi himoyachilari ishonchliroq harakat qilishdi.

14`
Ueyn Runining zarbasini Lukash Fabianski egallab oldi.

13`
So'nggi besh daqiqa "Suonsi"ning kichik tashabbusi bilan o'tmoqda.

12`
Darvoza tomon ilk zarba. "Suonsi" futbolchisi Sigurdsson De Xeaning ehtiyotkorligini ko'zdan kechirdi.

10`
"Suonsi" hujumga o'tayotganda to'xtatildi. Sal tezkorlik kerak edi. Bu futbol, shaxmat emas.

9`
Lui van Galning yangi kashfiyoti bo'lishi mumkin bo'lgan Lingardning uzatib bergan to'pini Fabianski ushlab oldi.

8`
O'yin tempi yuqori emas. Lui van Galning debyutida tezkor gol ko'ramizmi?

6`
"Suonsi" hujum uyushtirishga urinib ko'rdi. Rautlej to'pni qabul qilishda xatolikka yo'l qo'ydi.

5`
Xavfli vaziyatlarni sodir etishda jamoalar shoshilishmayapti.

4`
"Suonsi" hozircha asosiy etiborini himoyaga qaratishga majbur.

3`
MYU himoyachilari to'pni bir-birlariga oshirib, to'pni nazorat qilishmoqda.

2`
Lui van Gal jamoasi uchrashuvni tezkor hujum bilan boshlamoqda.

1` O'YIN BOSHLANDI! Demak biz ham boshladik...


Bugun Lui van Gal o'zining odatiy uch himoyachi uslubi bilan o'ynaydi.

Demak sekin boshlaymiz. Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

"FIFA.UZ"
virtual futbol olamidagi jamoangizda "Manchester Yunayted" safidan kimlar bor? "Suonsi"danchi? Bu ham bugungi o'yinni diqqat bilan kuzatishingiz uchun sabab bo'la oladi.

Angliya futbolining o'tmishdagi yorqin yulduzlari "Old Trafford"da

"Manchester Yunayted" muxlislari Lui van Galdan qanday debyut kutishmoqda?

Lui van Gal Yanuzayni zaxira o'rindig'ida qoldirdi


Ha aytgancha, bugun Sizning xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari, APL muxlislari! Barchangizni yangi futbol mavsumi bilan chin yurakdan tabriklayman! Bugun APl 1-tur o'yinlarini "Manchester Yunayted" - "Suonsi" o'rtasidagi bellashuv ochib beradi. Demak diqqat qilamiz!

- O'yin soat 16:45da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика